Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet21/89
Sana14.10.2023
Hajmi
#1703218
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89
qo'shiqlari deyiladi. Ularda q o ‘shchi yoki qo‘shga q o ‘shilgan h o ‘kiz 
tilidan og‘ir m ehnatdan qilingan shikoyat yoxud ish hayvoniga 
murojaat motivlari yetakchilik qiladi.
Q o ‘sh q o ‘shiqlarida ko‘pincha uchta a n ’anaviy obraz k o ‘zga 
tashlanadi. Bular — zolim boy, m ehnatkash, qashshoq dehqon ham da 
ezilgan, jabrlangan ho‘kiz obrazlaridir.
Q o‘shchi qo‘shiqlari qadimiy m ehnat qolshiqlari sirasiga kiradi. 
U lar yolg'iz qo‘shchi tom onidan bevosita q o ‘sh haydash paytida 
goh baland ovozda, goh xirgoyi qilib ijro etiladi. U ning asosiy vazifasi 
og‘ir mehnat paytida dehqonning o ‘z ko‘ngil dardlarini aytib, o ‘z- 
o ‘ziga taskin berish, o ‘zini ovutish, ruhini ko‘tarishdan iborat.
U larda kokproq mavzuviy-ruhiy ham da ritm ik-sintaktik paralle- 
lizmlar badiiy-kompozitsion asos vazifasini o‘taydi.
Bo‘ynimda b o r b o ‘yinturuq,
Omochlari taraq-turuq.
Oqshom borsam oxur quruq,
M en qo‘shga qanday yarayin?!
Ishdan toliqib, kechqurun og‘ilxonaga qaytgan h o ‘kizning quruq 
oxurga rubaro* kelishi dehqonning g‘urbatli ruhiy kechinmasiga badiiy 
parallel keltirilmoqda.
H o'kizginam b o ‘yinginang ezildi,
Ko‘zginangdan yoshlar qator tizildi,
Bo‘yinturuq bilan om och tortm asang,
Sening bilan menga go‘rlar qazildi.


Q o‘shiqda q o ‘sh haydash m ehnatining og‘irligi, bundan q o ‘shchi 
ham , h o 'k iz h am jism oniy azob tortishi bildirilyapti. Shu bilan birga 
q o ‘shiq m atn i orqali zam onam iz yoshlari o ‘tm ishda dehqonchilikda 
yerni hozirgiday texnika vositalari yordamida emas, balki b o ‘yniga 
b o ‘y in tu ru q b ila n o m o c h o silg a n h o 'k iz la rn in g k u c h i b ilan
haydalganligini bilib oladilar. Q o‘shiqda shu tarixiy manzara badiiy 
o ‘z ifodasini topgan.
Hozirgi paytda ycrlam ing traktorlar yordamida haydalishi qo‘sh 
q o ‘shiqlaridan foydalanishni bekor qiidi. Shu sababli qo‘sh q o ‘shiqlari 
yaratilishdan va jonli ijroda yashashdan mahrum b o ‘ldi.
O 'rim q o 'sh iq la ri - d e h q o n m ehn atin in g sam arasi yuzaga 
chiqayotgan о ‘rim lahzalarida kuylanadi. Shundan b o ‘lsa kerakki, 
ularni ko‘tarinki ohangda ijro etish a n ’anaviydir.
0 ‘roqchi hasharchilam ing o ‘rim -yig‘im paytida o ‘zlarini ovutish 
u ch u n maxsus to ‘qigan qo‘shiqlari o ‘rim qo‘shiqlari deb yuritildi. 
U lar yakka shaxs yoki jam oa tom onidan ijro etiladi. Bu xil qo‘shiqlarda 
dehqonning bilak kuchi, uning asosiy mehnat quroli-o‘roq maqtaladi. 
A rpa, b u g ‘doyning xalq tirikchiligi uchun naqadar qim matliligi, 
ro ‘zg‘orning qut-barakasini ta ’minlovchi vosita ekanligi tarannum
etiladi. 0 ‘rim qo‘shiqlari dehqonchilik bilan bog‘liq xalq she’riyatining 
kattagina qism ini tashkil etadi. Lekin ularning juda oz qismigina 
bizgacha yetib kelgan:
0 ‘rog‘im olm os,
0 ‘rim dan qolm as,
Sira ham tolm as,
0 ‘rm asam b o ‘lmas, -
deya kuylanadi o ‘rim q o ‘shiqlarida kuchli ishtiyoq va yengil ohang 
bilan. 0 ‘rim q o ‘shiqlari, asosan, 5-8 hijoli barm oq vaznida yaratilib
o -a -a -a ; a -a-b-a ; shaklida qofiyalanib keladi.
0 ‘rim hashari paytida b a’zan o ‘roqchilar o'rtasida dehqonchilik 
ekinlari tilidan dialog tarzidagi q o ‘shiqlar, turli lirik aytim lar yoki 
qiziqarli dostonlar, xususan, «Yozi va Zebo» dostonidan parchalar 
kuylash a n ’anaga aylangan. Bu parchalar «yozixonlik» yoki «yozilar» 
deb atalgan.
H ozirgi paytda donni, asosan, kombaynlar yordamida o ‘rib-yig‘ib 
olish tufayli o ‘rim q o ‘shiqlarini ijro etish deyarli so‘nib, ular unutilib 
borm oqda.
Yanchiq qo shiqlari yoki X o ‘p-m aydalar. Bu turkum ga kiruvchi


mehnat qo‘shiqlari xalq o ‘rtasida «H o‘p q o ‘shiqlari», «Maydalar», 
«Xo‘p maydalar» yoki «Maydagul» deb yuritiladi. U lam i o ‘rilgan 
donni xirmon qilib yanchayotganda, mungli baland ovoz bilan cho‘zib 
ijro qiladilar. Bu xil qo‘shiqlarda dehqonning yoz bo‘yi qilgan og‘ir 
m ehnati natijasida yetishtirilgan hosilni tezroq yanchib olish istagi 
bayon etiladi. Poxolidan ayrilgan don dehqon uchun, poxoli esa ish 
hayvoni uchun qishki ozuqa ekanligi alohida ta'kidlanadi. Ish hayvoni 
tez va sifatli ishlashga da'vat etiladi.
Yanchiq qo‘shiqlari galagov tashkil qilingan maxsus m aydonda 
kuylanadi. Shuning uchun yanchiq q o ‘shiqlarida «galagov» so‘zi 
ko‘p uchraydi:
Mayda dedim, xolp deding, m ayda-yo mayda,
H o‘pga maylim yo‘q deding, m ayda-yo mayda,
Galagovga qo‘shganda, ho m ayda-yo mayda,
Ko‘rgiligim ko‘p deding, m ayda-yo mayda.
Galagov maydonida doni ajratilmagan bug‘doy doira shaklida 
yoyib qo‘yiladi va doira markaziga yo‘g‘on yo‘g‘och ustun o ‘m atilib, 
unga bir necha ishchi hayvonlar: ot, h o ‘kiz, eshak kabilar bir-biriga 
yonm a-yon m atab 
bog‘lanadi. M ana shu m atalib bog‘langan 
hayvonlar to ‘dasi gaiagov deyiladi. G alagovga do nni b ir tekis 
yanchishi uchun tu t, qayrag‘och kabi q attiq daraxt shoxlaridan 
to ‘qilgan chokar bog‘!ab q o ‘yilgan.
Yanchiq qo‘shiqlarining mavzu doirasi chegaralanm agan. U larda 
dehqonning og‘ir hayoti tasviri, qiyin m ehnat sharoiti, h o ‘kizi bilan 
dardlashishi, unga iltijo va d o ‘q -p o ‘pisa qilishi motivlari bilan birga 
ishqiy iztiroblari, lirik ruhiyati bayoni ham o ‘z ifodasini topadi. 
H atto ayrim yanchiq q o ‘shiqlari sho‘x va hajviy ruhda yaratilganligi 
bilan diqqatni tortadi.
Hajviy nihdagi yanchiq q o ‘shiqlarida k o ‘pincha « 0 ‘roqda yo‘q. 
m ashoqda yo‘q, lekin xirm onda hozir» b o ‘ladigan, tayyor oshga 
bakovul, tekinxo‘r boy va am aldorlar keskin tanqid qilinadi.
M ayda q o ‘shiqlarida ko‘pin cha Bobo D ehqon, X o‘jayi X izr 
obraziga murojaat motivi uchraydi. C hunki 0 ‘rta Osiyo aholisi 
o ‘rtasida dehqonchilik va hosildorlik piri sifatida Bobo D ehqon 
kultiga yoki Xo‘jayi Xizrga sig‘inishgan. Bobo D ehqon yoki X o‘jayi 
Xizr ayni sahar chog‘ida ko‘tarilgan xirm onlar boshida paydo b o ‘lib, 
unga qut-baraka bag‘ishlarmish. Shu tasaw ur-tu shu nch alar asosida 
dehqonlar hamisha barvaqt turib ish boshlashga, o ‘z ishiga m ehr va


vijdonan yondashishga odatlanishgan.
M ayda-m ayda morisin, mayda-yo mayda,
D on som onidan arisin, mayda-yo mayda.
Ayni sahar bo‘Iganda, mayda-yo mayda,
Bobo D ehqon dorisin, mayda-yo mayda.
M ayda q o ‘shiqlarining yaratilishi aytuvchining badihago'ylik 
iqtidoriga bog‘Iiq. U iarda dehqonning rang-barang tuyg‘ulari o kz 
ifodasini topgan.
M ayda q o ‘shiqlari barm oq vaznining 7,8 va b a’zan 10 hijoli 
tizim ida yaratiladi ham da ko‘pincha 4 -3 ,3-4-3; 2-2-3; 4 -4 kabi 
shakllarda turoq lan gan b o ‘ladi. U ning har bir misrasi yoki ikki 
misrasidan so‘ng «mayda-yo mayday» birikmasi muttasil takrorlanib 
keladiki, shunga qarab yanchiq q o ‘shiqlari yaqqol ko‘zga tashlanib 
tu rad i. U shbu b irik m anin g takrorlanib kelishi to ‘rtlik shaklida 
yaratilgan yanchiq qo'shiqlari bandlari ritmidagi izchillikni to ‘la 
saqlashga xizm at qiladi.
M a y d a q o ‘s h iq la r i b a d iiy a ti b o s h q a m e h n a t q o ‘s h iq la ri 
badiiyatidan nisbatan ustundir. Ular poetik ishlov berilganligi, badiiy 
tili, g o ‘zal tashbehlarga, nozik istiora va ranizlarga, epitet ham da 
m ubolag‘alarga boyligi bilan ajralib turadi.
G ‘allani o ‘rish va yanchish ishlari texnika yordamida amalga 
oshirila boshlangach, mayda q o ‘shiqlari ham asta-sekin unutilib 
borm oqda.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling