Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I
|
Ertaklarning paydo bo 'lishi. Ertak xalq og'zaki badiiy ijodining
eng qadimiy, ommaviy, hajman yirik. katta-yu kichiklar uchun baravar qiziqarli b o ‘lgan ja n rid ir. U lar ju d a uzoq o ‘tm ish d a ib tid o iy ajdodlarim izning mifologik dunyoqarashi, qadim iy u rf-o d atlari, marosimlari asosida paydo bo'Igan. Ertaklarda, odatda, xalqning maishiy turm ushi va eng olijanob insoniy fazilatlari haqidagi orzu- o‘ylari xayoliy va hayotiy uydirm alar vositasida bayon etiladi. Ertaklar janr sifatida uzoq muddatli shakllanishjarayonini kechirgan. Ular ibtidoiy odamlaming turmushdagi biror voqeani oddiygina hikoya qilishlari asosida yuzaga kelgan. Davrlar o ‘tishi bilan hikoya qilish ham takomillashib borgan. So‘zga sig‘inish, ilohiy kuchlarga siginish, animistik, totemistik, fetishistik e’tiqodlar, gallisunatsiya va tush ta ’sirida fantastik (taxayyuliy) vositalarga to ‘lisha borsa, hayvonlami ovlash, xonakilashtirish, ular inonchlariga ishonish, hayvon mahsulotlaridangina emas, balki kuchidan ham foydalanish jarayonlarida hayvonlar haqidagi ertaklar paydo bo‘la boshladi. Asta-sekin shu xildagi ertaklarda turmush tajribasini om uxtalashtira borish, u yoxud bu xildagi qusur va kamchiliklardan kulish ertakdagi obrazlarga majoziylik (allegorik) xususiyatni baxsh etdi. Natijada hayvonlarga oid ertaklar tarkibida majoziy nam unalar yuzaga kela boshladi. Feodal munosabatlartarkibtopib, unda ijtimoiy jarayon takomillasha borgach, ertaklarda ham shu ijtimoiy munosabatlami ifodalash tamoyili chuqurlasha bordi, natijada hayotiy uydirmalar asosidagi maishiy ertaklar paydo bo‘la boshladi. Shu zaylda ertaklar ijtimoiy-estetik hodisa sifatida xalq epik ijodiyotida mustahkam qaror topdi. Ertaklarni ijro etish tartibi. Ertaklar professional ijrochilikka asoslangan. 0 ‘tm ishda ertaklar yilning m a ’lum davrida, belgilangan paytda ijrochilik salohiyatiga ega b o lg a n yoshi ulug‘, dorio, hurm atli va e’tiborli kishilartom onidan aytilgan. O datda, bunday professional ijrochilar ertakchi deb yuritiladi. Xalq ertak aytmoqqa jiddiy qaragan. Shu haqdagi nuqtayi nazarini «Ertak erm ak emas, ertakchi og‘ziga kelganini demas» m aqolida ifodalagan. Ertak ertakchi tom onidan yo b ir kishiga, yo butun bir jamoaga qarata aytiladi. Bunda aytish mohiyatan ijroga teng. Aytaylik, ertakchi tinglovchilar diqqatini qozonm oq uchun ertak m azm uniga mos ruhiy holatlarga kiradi, ertak sirli olam ini ta ’m inlash uchun ovoz jilosiga, yuz va gavda harakatlariga (mimika va pantom im ikaga) alohida e ’tibor beradi, ertakni baqirib-chaqirib aytmaydi, balki goh shivirlab, goh ovozini ko‘tarib, ko‘zlarini har xil holatga solib, yum shoqlik bilan samimiy hikoya qiladi. Hayvonlarga xos ovozlarni taqlid qilsa, mifologik obrazlar ovozi vahmkor ohangda bo‘lishini ta ’minlaydi. Shu taxlitda butun bir ertakni bir o ‘zi ijro etadi, asardagi ruhiy oiam ni o ‘z kechinm alari bilan to ‘ldiradi va hayajonbaxshligini ta ’minlaydi. Shu ijro xususiyatiga ko‘ra ertak ijrochiligi xalq yakka aktyor teatrini eslatsa-da, aslida har qanday dekoratsiyalardan va boshqa sahnaviy atributlardan xoliligi bilan undan farq qiladi. Ishlab chiqarishning dehqonchilik turi yetakchilik qilgan davrlarda ertak, odatda, dehqonlarning dala yumushlari tugagan paytda — kuz va qish m avsum larida, uzun va zerikarli oqshom larda aytilgan va bu o ‘ziga xos a n ’ana tusini olgan. Ertakchilik oqshomlari shom dan tonggacha davom etgan. Shundandirki, xalqning o ‘zi bu hodisani « D oston kunda aytiiadi, ertak tunda» degan m aqolida maxsus ta ’kidlab q o ‘yishni unutm agan. G archi ertak eng qiziqarli nuqtasiga — kulminatsiyasiga kelib qolganiga qaram ay, to n g otgan zahoti uni aytish to ‘xtatilgan. X ususan, sehrli-fantastik ertaklar ijrochiligida bunga q at’iy am al qilingan. Sababi — sehrli-fantastik ertaklarda mavjud dev, pari, ajina singari qorong‘ulik olam ining mavjudotlari yorug‘lik olamiga chiqib, in s o n la rg a , ay ni p a y td a e rta k tin g lo v ch ilarig a z iy o n -z a h m a t yetkazishlari m um kin, degan e ’tiqod tufayli shunday yo‘l tutilgan. Qolaversa, ertaklarga xos sirlilikning yo‘qolishidan, uning m oddiy hayot qobig‘iga singib ketishidan q o ‘rqilgan. Shom dan boshlanuvchi q orong‘ulik tonggacha hukm ron b o ‘lganligidan ertaklar olam iga xos sirlilikni kuchaytirgan omilga aylangan. Ertakning kechqurun aytilishi a n ’anasi aslida ana shu asosda qaror topgan. Boshida faqat sehrli-fantastik ertaklar ijrosiga xos bu taqiq (tabu) b o ra -b o ra m a ish iy -h ay o tiy erta k lar ijrochiligiga ham q oT lan a boshlangan. Bu fikrni «M ing bir kecha» arab xalq ertaklarining afsonaviy ijrochisi Shahrizoda repertuari sifatida m ashhur ertaklar silsilasi yaqqol tasdiqlaydi. Z ero, Shahrizoda o ‘z repertuaridagi ham s e h rli-fa n ta s tik , h a m m ajo ziy -alleg o rik , h am m a ish iy -h ay o tiy ertaklarni, asosan, kun botgach aytishni boshlab, tong otgach — ertakning qay o ‘rniga kelganidan q at’iy nazar, uni to ‘xtatib q o ‘ygan. E rtaklar og‘izdan og‘izga o ‘tib, sayqal topgan holda avloddan avlodga yetkazilar ekan, bu jarayonda ular sujetidagi ayrim m otivlar, obrazlar tushib qolishi yoki aksincha ko‘payib borishi tabiiy. H atto goho bir xalq ertagiga xos sujet motivlari boshqa bir xalq ertagiga ko‘chib o ‘tishi va buning oqibatida bir necha o'xshash sujetli ertak paydo bo‘lishi mumkin. Folklorshunoslikda bunday ertaklar — sayyor sujetli ertaklar deb yuritiladi. Sayyor sujetli ertak lar k o ‘pincha m azm unan o ‘zaro o ‘xshasalar-da, biroq milliy ruh, milliy urf-odat, milliy dunyoqarash, milliy tilga xos ifodaviy vositalar va geografik m uhit tasviriga ko‘ra farqlanuvchi mustaqil adabiy —og‘zaki hodisa sifatida yashash huquqiga ega. Ertaklarning ayrim qismlari bevosita dram atik harakat yordamida ijro qilinadi. Bunday ijroga amal qilinmasa, ertakning badiiy-estetik qim m ati pasayadi. Ertaklar ijrosi uch xil usulda tashkil etilishi mum kin: a) teatrlashtirilgan shaklda; b) deklamatsion shaklda; c) ohangga solingan shaklda. Ertaklarda va ular ijrochiligida tayyor qolipga aylangan an'anaviy form ulalar bisyor. U lar o 'q u v ch i va tinglovchini qiziqtirishdan tashqari, voqealarni bir-biriga bog‘lashda, uzoqni yaqin qilishda m uhim dir. C hunonchi, «Qirq hujra bor, hujraning qirqinchisiga kirma», «Qilichni bir silkitdi, qilich qirq gaz c h o ‘ziIibdi». «endi so‘zni boshqa tom ondan eshiting», «shohning qahri kelib, ilonday zahri kelib», «oy desa og‘zi bor, kun desa-ko‘zi bor, shirindan shirin so‘zi bor», «suv ichsa tom og‘idan, sabzi esa biqinidan ko‘rinadi», «kulsa — og‘zidan’gullar sochilar, yursa-oyog‘idan tilla sochilar», «yo‘l yurib, yo‘l yursa ham m o ‘l yurib, tog‘-u sahro, ch o ‘l yurib...» kabi an’anaviy qolipshaklidagi ifodalarni istagancha keltirish mumkin. Ertak ijrochiligining o ‘ziga xos tabu — taq iq va irim lari bor. C hunonchi, ertakchi ertak aytayotganda eshikni m ahkam tambalagan, o‘choqqa olov yoqqan, yoniga achchiq va keskir narsalar, shuningdek, non, suv, tosh singari narsalarni q o ‘ygan. 0 ‘zbekistonning turli joylarida ertakchilik m aktablari b o ‘Igan. U larda ustoz ertakchilar o ‘zlariga munosib shogirdlar tayyorlagan. Shogirdini ertak aytish san’atining nozik qirralari bilan tanishtirgan va unga ertak ijrochiligining sir-sinoatlaridan maxsus saboq bergan. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling