Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet69/89
Sana14.10.2023
Hajmi
#1703218
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   89
Dostonning asosiy obrazlari. «A lpom ish» d o sto n in in g bosh 
qahram oni sahroyi bahodir, q o ‘ng‘irot urug‘ining umidi va ishonchi 
Hakimbek — Alpomishdir. U m ehnatkash xalqning qahram onlik 
kuchlarini o ‘zida mujassamlashtirgan, yovuzlik va yom onlikning 
ashaddiy dushm ani, el-yurt farovonligi yo'lida m ardliklar ko‘rsata 
olgan bahodir, xalq eposining quym a obrazidir.
Qadimgi davrlar va o‘rta asrlarda inson beqiyos kuch-qudrat egasi 
hisoblangan, chunki o ‘sha sharoitda odam larning ijtimoiy hayoti va 
tabiat hodisalariga qarshi kurashlarida jism oniy kuch hal qiluvchi rol 
o ‘ynagan. Shuning uchun ham barcha xalqlarning qahram onlik 
eposlarida har ishga qodir pahlavonlar, yakkama-yakka olishuvlarda 
g‘olib chiqqan bahodirlar, vahim ali ajdar va devlarni m ahv eta 
oladigan botirlar, tish-tim og‘igacha qurollangan, lak-lak dushm an 
qo‘shinini yolg‘iz o ‘zi yenggan alplar obrazlari yaratilgan. Alpomish 
ham xuddi shunday jismoniy jih atd an b aq u w at, m a’naviy yetuk 
ideal qahramondir.
D ostonda Alpomishning kuch-qudrati, bahodirlik salohiyatini 
tasvirlashga alo h id a e ’tib o r b erilg an . U yetti y o sh id a bobosi 
Alpinbiydan qolgan o‘n to ‘rt botm onlik sari yoydan otib, Asqar 
tog‘ining ch o ‘qqisini uchirib yuborganligi uchun ham alp ataladi. 
Yakkama-yakka olishuvda Qultoy va Q orajondan g‘olib chiqadi. 
Alpomishning kuch-qudrati Barchin shartlarini g‘olibona bajarishida, 
unga talabgor qalm oq alplari bilan olishuvlarida, ayniqsa, yaqqol 
nam oyon bo‘ladi. Dostonda qalm oq alplari grotesk usuli yordamida 
o ‘ta m ubolag‘ali tasvirlangan, grotesk usuli — obrazning tashqi 
qiyofasini kuchli mubolag‘alar bilan o ‘ta xunuk, g'ayritabiiy, kulgili 
qilib ko‘rsatish — qahramon qarshisida turgan yovuz kuchni bo‘rttirib, 
vahimali vajohatda gavdalantirish im konini bergan. Masalan, ularning 
tashqi qiyofasi quyidagicha tasvirlanadi:
Shomurti yoqalab h ar yoqqa ketgan.


Ichida sichqonlar bolalab yotgan,
Izidan tushgan pishak olti oyda yetgan.
O dam tushm as uning aytgan tiliga,
Besh yuz quloch arqon yetm as beliga.
Bu qalm oqdir qalmoqlarning ravishi,
Oh ursa olam ni buzar tovushi,
T o ‘qson m olning terisidan kovushi.
Q ahrlansa toshni yorar qahari,
T o‘qson qo m in g go‘shti b o'lm as nahori,
H ar iziga ketar ancha bahori.
Oltmish qari olachadan qalpog‘i,
T o ‘qson q o ‘yning terisidan telpagi 
T o‘rt yuz to ‘qson quloch q o id a hassasi, 
Sarhovuzdan katta edi kosasi,
Shuni bilan o ‘n sakkizta nashasi,
T o ‘qson qari b o ‘zdan bo‘lgan kissasi.
D ostonda Alpomish va Qorajon ana shunday vajohatdagi kishilarga 
qarshi kurashadi. D o sto n ch i alplarning beso ‘naqay, ayni holda 
zabard ast qiyofalarini tasvirlash orqali, bir to m o n d an , ularning 
B archinga loyiq em asliklarini t a ’kidlasa, ikkinchidan, Alpomish va 
Q orajonning jism oniy kuch-qudratini yaqqol ko‘rsatadi.
Alpom ish kimga qarshi va nim a maqsadda kurashayotganligini 
ju d a a n iq bilgan, g u n o h sizd an g u n o h k o rn i farq qila oladigan 
qahram ondir. Uning olijanobligi ham shundadir. Bu narsa o ‘z yurtiga 
tin c h ko‘chib ketayotgan q o ‘ng‘irotliklarning ustiga qalm oq shohi 
T oychixon lashkar tortib kelganda, uning Qorajonga aytgan so‘zlari 
tasvirida yaqqol ko‘zga tashlanadi:
Xayolingga boshqa gaplar kelmasin,
Bu so‘zim sha’ningga nom ard bo‘lmasin,
Q asd qilma, bek d o ‘stim, qalm oq o ‘lmasin...
Bular em as bizga kelib gunohkor,
Q alm oqshoh am rini tutgan ko‘p askar.
S hunday olijanob, sadoqatli, zukko, m ard va bahodir yigit, o ‘ta 
zabardast to ‘qson alpning qarshiligini sindira olgan pahlavon kuch- 
qudratda o'zidan ju d a past, m a'naviy tuban Surxayil m astonning 
nayrangi bilan yetti yillik tutqunlikda qolib ketadi. Bunda Alpomish 
xarakterining yana bir qirrasi nam oyon bo‘ladi. U — g‘ururli, boladek 
sodda, o ‘ta ishonuvchan va so f ko‘ngil yigit.


D ostonning ikkinchi qismi maishiy hayot detallariga boyiigi, real 
epizodlarni keng qamrab olganligi bilan ajralib turadi. Dostonchi 
yetti yillik tutqunlikdan keyin Alpomishning o ‘z yurtiga qaytishida 
uni qarindoshlari. cho‘ponlar, yilqichilar. karvonlar, turli toifadagi 
kishilar bilan uchrashtirish orqali yurtidagi ahvol bilan tanishtiradi, 
odam larning qahramonga va uning raqibi U ltontozga munosabatini 
yaqqol gavdalantiradi. Bu epizodlar Alpomishni ideal qahram on va 
«tabiiy inson» sifatida h ar jih atd an xarakterlab beradi. Yo‘ldagi 
uchrashuvlarda U ltontozning zo'rlik bilan Barchinni olish uchun 
to ‘y qilayotganligini bilgan Alpomish tarbiyachisi Q ultoy qiyofasida 
to ‘yxonaga keladi. Zolim raqib tom onidan kamsitilgan va o ‘g‘li hajrida 
alam tortayotgan ota-onasiga ham dardlik qiladi, xo‘rlangan, o ‘lim 
bilan q o ‘rqitilgan o ‘g‘li Y odgorning boshini silaydi, U ltontozga 
xushom adgo'y bakovul va oshpazlarning ta ’zirini beradi. o ‘lan 
aytishadi va o ‘zining k uch-qudratini, Barchinga ham da oilasiga 
sodiqligini yana bir bor namoyish qiladi.
Alpomishning tutqunlikdan keyingi xatti-harakatlaridan shu narsa 
m a’lum bo‘ladiki, uning U ltontozga qarshi kurashi qahram onning 
uzoq muddatli tutqunlik davrida o ‘z vatanida hokim iyatini zo‘rlik 
bilan tortib olib, xotini Barchinni olm oqchi b o ‘lgan zo ‘ravon — 
uzurpator shohga qarshi o ‘z hokim iyati, o ‘z oilasi uchun olib borgan 
qahram onlik kurashidir.
Alpomishning yori Barchin, singlisi Qaldirg‘o ch, d o ‘sti Qorajon. 
ota-onasi va qaynatasiga nisbatan iliq m unosabatlarida, m ashhur 
yilqichi, qadrdoni va tarbiyachisi Qultoy bilan ota-bola, cho‘pon 
Qayqubod bilan d o ‘st tutinishi tasvirida uning chin insoniy sifatlari 
yaqqol nam oyon bo‘lgan.
D ostonning yetakchi obrazlaridan yana biri Barchindir. Barchin 
o ‘zbek eposida har tom onlam a mukam m al ishlangan ayol obrazi 
hisoblanadi. Vatan va oilani sevish, xalqqa va qarindoshlariga hurmat, 
mustaqillik va jasorat bu obrazning ichki m azm unini tashkil qiladi. 
U oqila, tadbirli ayol sifatida ijtimoiy hayotda erkak bilan ayolni 
teng deb biladi. Shuning uchun ham qalmoq eliga ko‘chishga ahd 
qilgan otasi Boysariga nasihat qilmaganligi uchun onasidan o'pkalaydi: 
Xo‘ja kelsa chiqar murid naziri.
Xotin bo‘lm asmikan erning vaziri?!
Er deganning aqlin olmas b o ‘lurmi,
Aldab-suldab yo‘lga solmas b o ‘lurmi?!


Boy otam m an biy bobomga ne b o ‘ldi?!
D ushm anlam ing «Qirq m ingini bir deb sanab qirishga» tayyor 
turgan jasur Barchin obrazida qahram onlik eposlariga xos botir qiz 
(«alp qiz») haqidagi a n ’anaviy tushuncha ham o ‘z ifodasini topgan. 
Undagi jasurlik, mardlik va dovyuraklik, o‘z kuch-qudratiga ishonish 
Toychixon alplari zo'rlik bilan olib ketmoqchi bo‘lgan epizodlarda 
yaqqol gavdalanadi. «M unglug‘ dem a, men kesarman boshingni» 
tezisi b u tu n epik biografiyasini belgilagan B archinning quyidagi 
so‘zlarini to ‘lqinlanm asdan eshitish mum kin emas:
Xabar yetsa, er Alpomish kelmasmi,
Qalm oqlarga qiyom at kun solmasmi,
A rm on bilan senday alplar o ‘lmasmi.
Holing bilib to ‘g ‘ri yursang boMmasmi?!
So‘z aytuvchi senga menday m ushtipar,
Bilsang m en ham , qalmoq, senga barobar.
Bu m isralarda B archinning o ‘z kuchiga naqadar ishonganligi 
yorqin ifodalangan. U ning jism oniy salohiyati qalm oq pahlavoni 
K.o‘kam an bilan yakkam a-yakka olishuv lavhasida m ahorat bilan 
kuylanadi.
Barchin faqat jasur va dovyurak bo‘lib qolmay, q o llini tutmoqchi 
bo‘lgan yigitdan ham salohiyat va bahodirlikni talab qiladi. Bu jihatdan 
uning Alpomish va to ‘qson alp oldiga to ‘rt shart (yoy tortishish, ming 
qadam dan tanga pulni urish, poyga, kurashda to ‘qson alpni yiqish) 
qo‘yishi xarakterlidir. Q ahram onlik va mardlikni tarannum etuvchi 
Barchinning shartlari dostonda nihoyatda badiiy tasvirlangan.
Bu shartlaming bajarilishida Barchin bevosita bo‘lmasa-da, bilvosita 
ishtirok etadi. U kurashda Ko‘kaldoshni yiqitishga qiynalgan Alpomishni 
mardliklarga undaydi. U ning qur, hayt deb qichqirishini eshitgan 
Boychibor poygada o ‘zib, birinchi bo‘lib marraga yetib keladi.
lliq lirizm , chuqur ichki hayajon, Alpomishga va uning jangovar 
yo‘ldoshi B oychiborga sam im iyat bilan to ‘lib -to sh g an Barchin 
m onologi dostonda yuksak badiiy kuch bilan jaranglaydi.
B archin obrazi uzoq o ‘tm ish da o ‘zining real ildizlariga ega. 
Patriarxal-urug‘chilikjam iyatida, chorvador-ko‘chm anchilik hayotida 
xotin-qizlaming oila va turm ushda nisbatan mustaqil o ‘rinda bo‘lishlari, 
ularning dastlab erkaklar bilan barobar urushlar va jang-u jadallarda 
ishtirok etishlari bahodir qizlarning epik obrazi yaratilishidagi real 
shart-sharoitlar hisoblanadi. Bunda «Alpomish» dostonidagi Barchinning


jangovarligi tasvirlangan lavhalar, bahodirlik tortishuvlari (Barchin 
shartlari) shu asar yaratilgan va kuylanib kelgan davrlarda ham real 
n ik o h urf-odatlari, turm ush hodisasi ekan, degan xulosa kelib 
chiqmasligi kerak. Bu — uzoq kechmishda o ‘zining real ildizlariga, 
tarixiy zaminiga ega bo‘lgan, keyinchalik an'anaga aylangan eposdagi 
poetik motiv bo‘lib, u xalq qahramonini ideallashtirish va uning jismoniy 
kuch-qudratini sinash vositasi sifatida xizmat qiladi.
B archin jangovar, alp qiz, Alpomishga sadoqatli yor, oila va 
urug‘ nomusi uchun faol kurashuvchi ona obrazidir. Bu obrazda 
m ehnatkash xalqning xotin-qizlarga nisbatan samimiy m unosabati, 
ju d a katta e’zoz va hurmati mujassamlashgan, ayollar yuksak insoniy 
q u drat va shon-sharafga ega ekanligi baralla kuylangan.
D ostonda Barchin obrazini yanada to ‘ldirib keluvchi obrazlardan 
b iri Q a ld irg ‘o c h d ir. Q a ld irg 'o c h B o y b o ‘ri y ash irib q o ‘ygan 
Barchinning xatini topib, akasiga ma'lum qilish epizodi bilan dostonga 
kirib keladi. Shu epizoddayoq uzoq safarga otlanishga uncha bo‘yni 
yor berm agan Alpomishni qahramonliklarga undagan Qaldirg‘och 
obrazida uning Barchinga nisbatan hurmati, chuqur m a’naviy dunyosi, 
oqko‘ngil va sof dilligi, akasiga, qarindosh-urug‘lariga m ehr-u shafqati 
yorqin ifodalangan. Dostonda qalmoqlam ing qo‘lida talashda qolgan 
Barchinni qutqazish uchun safarga otlangan Alpomishga nasihat ham 
Q aldirg‘och tilidan berilishi bejiz emas:
Bir nechuk nomardga ko‘ngil bermagin,
N odon ko‘ngling har xayolga bo'lm agin,
Ko‘p yashagin, ko‘p yilgacha o ‘lmagin,
Yo‘lda nom ardlarni ham roh qilmagin. 
Qaldirg‘ochning ichki olami, uning yangasi Barchin, jiyani Yodgor, 
akasi Alpomishga mehribonchiligi dostonning ikkinchi qismida yanada 
yorqin jaranglaydi. U ltontoz tom onidan tuyaboqar qilib qo‘yilgan 
Qaldirg'och tutqunlikdagi akasini katta umid bilan kutadi, haqsizlikka, 
o ‘z urug ‘doshlarining kamsitilishiga qarshi keskin norozilik bildiradi. 
U n in g alami, kamsitilishi tasvirida o ‘tm ish zam ondan, falakdan 
shikoyat ohanglari jaranglaydi:
«Hala» deyman, manglayimdan kun o ‘tdi,
M en i taqdir shunday kulfatga eltdi,
Badbaxt qullar meni ch o ‘lda xor etdi,
«Hala» deyman, tovonim dan yer o ‘tdi,
F alak jabri mening bag'rim nn yirtdi.


B archin va q ald irg ‘o ch obrazlari «Alpomish» d o sto n id a har 
jihatdan mukammal ishlangan. Bu S.P.Tolstovning xotin-qizlar o ‘zbek 
xalq eposida asosiy o ‘rin tutadi, degan fikrini yana bir bor tasdiqlaydi.
D ostonda o ‘zbek Alpomish bilan qalm oq Qorajonning d o ‘stligini 
tasvirlash m uhim o ‘rin tutadi. Bu do'stlik qahram onona d o ‘stlik 
darajasiga ko‘tarilgan. Alpomish qalmoq yerida paydo b o ‘lar ekan, 
Qorajon «bilan birinchi marta uchrashuvida ular o ‘rtasida achchiq 
aytishuvlar — xiyla qadimiy, shu bilan birga chorvador-ko‘chm anchilik 
hayoti uchun g‘oyatda xarakterli b o ‘lgan, xalq poeziyasida ijobiy 
m a’noda ko‘p q o ‘llaniladigan ramziy m a’nodagi topishm oqli savol- 
javoblar bo‘lib o ‘tadi. Bu dialoglarda pahlavonlar uchrashuviga xos 
b o ‘lgan d o ‘q -p o ‘pisa, bir-biriga dahshat solish, bir-birini q o ‘rqitishga 
urinish kabi holatlar yorqin tasvirlangan:
— K o‘kqam nsh ko'lidan suqsur uchirdim,
Suqsurni izlagan lochin b o ‘laman.
Bog‘larim zum ratdan, changalim po‘lat,
Boysindan quyilgan shunqor b o ‘laman.
Boyligidan bedov otni boylagan,
Tangqa taylab O latog'ni yoylagan,
K am bag‘ali qirq ming gala haydagan,
Shul galada bizning bir moya kelgan,
M oyaning yo‘qchisi, nori b o ‘laman.
— U chirgan suqsuring Oyko‘l q o ‘nibdi,
T o ‘qson g‘ajir o ‘rtaga olib turibdi.
Yosh o ‘g‘lonsan, bekor halak b o ‘lasan,
G ‘ajirlar ilojin qanday qilasan?!
L of urib sen ham menga qarading,
M oyacham deb so‘ngra m endan so‘rading, 
S o‘rading, m oyangdan darak berayin,
M ing besh yuz tillali ovsar boshida,
K o‘rdim to ‘qson alpning toy-taloshida...
Xalqimizning qadimiy tushunchalariga borib taqaladigan bunday 
ko‘chm a m a’nodagi iboralaming ishlatilishi dostonchining o ‘zi yashab 
turgan m uhitni atroflicha ochishiga imkon beigan. Bu poetik obrazlar 
bevosita hayotdan, ko‘chmanchi-chorvador xalqning turmush sharoitidan 
olingan. Zotan, qahramonlik eposida bahodirni norga, lochinga; bahodir 
qizni suqsur, moyaga; qahramonning raqibini esa g‘ajirga o ‘xshatish 
xarakterli bir hoi bo'lib, muhim poetik belgi sifatida xizmat qiladi.


A lp o m ish va Q o rajo n d o ‘stlig i b u tu n d o s to n d a v o m id a
chuqurlashib boradi. Dostondagi turli-tum an yorqin va takrorlanm as 
epizodlarda Q orajon obrazi har tom onlam a ochiladi. Alpomishdagi 
chinakam insoniy fazilatlar, zulm va razolatga qarshi kurash Qorajonni 
tobora unga yaqinlashtiradi. U adolatsiz va zolim Toychixonga xizmat 
qilishdan voz kechadi, qalmoq pahlavonlari bilan bo‘lgan kurashda 
Alpomish tom onida turadi, Barchinni olm oqchi boMgan alplarga, 
jum ladan, o ‘z akalariga qarshi kurashadi. Qorajon har qanday balo 
va ofatlarga qaram ay, qo‘ng‘irotliklarni, bahodir do‘sti A lpom ishni 
himoya qiladi. Adolat va haqiqat, ozodlik va tenglik, inson huquqi 
va nomusi uchun kurashadi.
Z ulm va adolatsizlikka qarshi kurash A lpom ish va Q orajon 
d o ‘stligini yanada mustahkamlaydi. Epik a n ’ana bo‘yicha Qorajon 
q o ‘ng‘irotliklar bilan birga qahram onning yurtiga keladi. U yerda 
qizg‘in va samimiy kutib olinadn.
Alpomishning ota-onasi Qorajonni o ‘g‘lim, deya m eh r-u shafqat 
bilan qarshilaydi.
M a’lumki, qadimgi zam onlarda aka-uka, d o ‘st tu tin ish o ‘sha 
oilaga a’zo bo‘lishni bildirar va oila orqali urug‘ga qabul qilinar edi. 
D ostonda Alpomish va Qorajon do‘stligi orqali uzoq kechmishdagi 
an a shu turm u sh haqiqatining poetiklashgan holatini k o ‘ram iz. 
C hindan ham dostonda Alpomish bilan Qorajon o ‘rtasidagi d o ‘stlik 
h aq q o n iy va hayajonln epizodlarda s a n ’atk o ro n a 
kuch bilan 
tasvirlangan, katta insoniy do‘stlik darajasiga ko‘tarilgan. Shunday 
qilib. Qorajon obrazida turli el-elatlar orasidagi do‘stlik va qardoshlik 
kuylangan, olijanob insoniy fazilatlar — d o ‘stga sadoqat, va’daga 
vafo va q at’iylik ulug‘langan.
Alpomishning sodiq yordamchilari va m aslahatgo‘ylari Qultoy, 
K ayqubodlar dostonda m uhim o ‘rin tutgan. Bu obrazlar orqali 
dostonning dem okratik va realistik asoslari yanada kengaytirilgan.
Q ultoy Boybo‘ri xonadonining teng huquqli a ’zosi, m ashhur 
otboqar. Alpomishning tarbiyachisi va qadrdonidir. Shuning uchun 
ham Alpomish unga «bobo», «ota» deb murojaat etadi.
Alpomish yetti yillik tutqunlikdan keyin «farzandimdan ayrildim» 
deb yigllab turgan Qultoyga duch keladi va o ‘zini tanitmay, yig‘isining 
sa b a b in i s o 'ra g a n d a , Q ultoy sh u n d a y ja v o b b eradi: «M en in g
yig‘laganim — o ‘g ‘lim emas edi, Boybo‘rining o ‘g‘!i edi. Ikkovimiz 
q ad rd o n edik, bilm aganlar Alpom ish Q ultoyning o ‘g‘li d er edi,


bilganlar Qultoy A lpom ishning quli der edi... Shu esimga tushib 
yig‘lab turib edim». D ostonda butun qo‘ng‘irot urug‘i kutayotgan 
xushxabar — A lpom ishning eliga qaytish xursandchiligi xuddi shu 
Q ultoy tilidan bayon etiladi:
Bu kun qad r kechalari,
Bog‘da ochilar g‘unchalari,
Q o ‘ng‘irot elning bachchalari,
C huvulla, Alpomish keldi...
Bulaming barchasi qultoyning Boybo‘ri xonadonida katta mavqega 
eg a b o ‘lgan o q s o q o l, d o n o m a s la h a tg o ‘y, q iy in p a y tla r d a
qahram onning munosib yordam chisi ekanligini ko‘rsatadi.
K ayqubod q ah ram o n n in g o q k o‘ngil, sodda, shu bilan birga, 
q o ‘lidan har ish kela oladigan, o ‘ta topqir yordamchisidir. Barchin 
uchu n qalmoq yurtiga borayotgan Alpomish birinchi marta u bilan 
uchrashadi. C ho‘pon Kayqubod o ‘zini Boysari oilasining teng huquqli 
a ’zosi va uning eng yaqin kishisi, deb hisoblaydi. Shuning uchun 
h am A lpom ishni «yeznam » deb yaxshi kutib oladi. D o sto n d a 
K ayqubod bilan bog‘liq epizodlar o ‘ta hayotiy, samimiy yum or bilan 
sug‘orilgan. Kayqubod Toychixonning qizi Tovkaning «Qalini» sifatida 
o ‘zi boqib yurgan q o ‘ylardan Alpomishga ovqat uchun tashlab turadi, 
chunki qahram on zin d on d an chiqqach, shoh qizini olib berishga 
v a ’d a q iladi. Bu e p iz o d la r shu d arajad a k o m ik v aziy atlard a 
k o ‘rsatiladiki, bunda K ayqubod ustidan kulish emas, balki uning 
soddaligi, olijanobligi, vijdonliligi xayrixohlik bilan ta ’kidlanadi. Bu 
jihatdan Kayqubodning o ‘g‘irlikka borish epizodi xarakterlidir. Bunda 
um rida hech m ahal o ‘g‘irlik qilmagan sofdil Kayqubodga samimiyat, 
uning holiga achinish tuyg‘ulari ifodalanadi;
K o‘zidan to ‘ktirib selob nurini,
U kasini yiqay Jaltang pirini!
O h urganda xasta ko‘nglin xushladi,
G ‘anim ga duch bo‘lmay, sirim foshladi,
Jaltang dedim , bu quduqqa tashladi.
M u nd an b o ‘lak o ‘g‘irlikka kelmayman,
Jaltang pirni sira pirim dem ayman.
K ayqubod qiyin p ay td a A lpom ishga yordam ga kelib, uning 
asirlikdan qutulishida m uhim rol o'ynaydi. 0 ‘z navbatida A lpom ish 
zindondan chiqqach. zolim va adolatsiz Toychixon h am d a uning 
q o ‘shinini to r-m or keltirib, d o ‘sti cho‘pon Kayqubodni qalm oq yurtiga


xon qilib ko‘taradi, ilgari sevgani - Toychixonning qizi Tovkaga 
uylantiradi. Qayqubod obrazida xalqimizning adolatli shoh haqidagi 
orzulari, dem okratik va gumanistik o ‘y-fikrlari mujassamlashgan.
«Alpomish» dostonidaToychixon, Surxayil, U ltontoz, Ko‘kaldosh, 
to ‘qson alp kabi yomonlik olam ini o ‘zida mujassamlashtirgan salbiy 
obrazlar ham mavjud.
Toychixon ~ qalmoq shohi, o ‘taketgan zolim va zo'ravon, shu 
bilan birga, Surxayil va to ‘qson alp qo‘lida q o ‘g‘irchoq. U to ‘qson 
alpga Barchinni tortib olish uchun izn beradi, ochiq maydondagi 
teng kurashda yengilgach, tin c h lik bilan o ‘z yurtlarig a qaytib 
ketayotgan qo‘ng‘irotliklar ustiga lashkar tortadi. U ning aybi bilan 
ikki mart a qonli urush bo‘ladi va har gal A lpom ishdan yengiladi. 
Toychixonning mahv etilishi yomonlik olam ining m ahv etilishidir. 
Shuning uchun ham dostonda uning xatti-harakati keskin qoralanadi.
Dostondagi salbiy tiplardan yana biri Surxayildir. U — tinchlik va 
osoyishtalikni buzuvchn, kishilarga doim yomonlik istovchi shaxs. 
Qalmoqlar bilan qo‘ng‘irotlikJar o ‘rtasidagi qonli urushlarga shu kampir 
sababchidir. Uning hiylasi bilan asir tushgan Alpomishning qirq bir yigiti 
o‘lib ketadi. Alpomish esa yetti yillik tutqunlik azobini tortadi. Surxayil 
obrazida hukmron tabaqannng manfaati uchun xizmat qiluvchi ayyor, 
hiylagar, yaramas xulqli kishilar fosh etiladi. «Alpomish» dostonida muhim 
o‘rinni zolim Ultontoz va uning qahramonga bo‘lgan munosabati egallaydi. 
Ultontoz Alpomishning o‘gay ukasi, Boybo'rining Bodom cho‘ridan 
bo'lgan o‘g‘lidir. Shu nuqtayi nazardan u Boybo‘ri mol-mulkida muayyan 
huquqlarga ham ega. Shuning uchu n ham A lpom ish uni ilgari 
tahqirlamagan, Boybo‘ri oilasining a’zosi sifatida hurmat qilgan. Qahramon 
zindondaligida Ultontozni Boysinni idora qilishga, urug1 boshlig‘i bo‘lishga 
haqli, deb o‘ylaydi. Shuning uchun ham Alpomish g‘oz orqali Ultontozga 
ham salom yo‘llaydi, Kashalga izlab borgan Qorajondan u haqda so‘raydi. 
Ammo Ultontoz qahramon o‘ylagancha bo‘lib chiqmaydi. U zo‘ravon 
bo‘lib, qonuniy hukmdor —Alpomishning hokimiyatini tortib oluvchi, 
o‘zini o‘zi biy saylagan zolim. Alpomish yo‘qligida Boysin — qo‘ng‘irotga 
o‘zini xon e ’lon qilib, iflos ishlami amalga oshiradi, qahramonning 
qarindoshlarini, urug‘ini xo‘rlaydi, xotini Barchinni tortib olmoqchi 
boiadi. Ultontoz hukmronligi davrida mamlakatning qonuniy asoslariga 
putur yetadi, urug‘ning hayotiy manfaatlariga zarar yetkaziladi, kishilar 
o‘rtasidagi axloq normalari buziladi.
D ostonda patriarxai-urug‘chilik jam iyati sharoitida urug‘ boshlig‘i


keksa B oybo‘ri va uning qarindoshlarining U ltontoz to m o n id an
xo‘rlanishi, kamsitilishi butun q o ‘ng‘irot urug‘iga qarshi qaratilgan 
haqorat, urug‘chilnk urf-odatlariga xilof ravishda qilingan zo ‘ravonlik 
tarzida talqin qilinadi.
U ltontoz — um um m anfaati uchun qayg‘urmaydigan, q o ‘ng‘irot 
urug‘i haqida g‘am xo‘rlik qilm aydigan zolim shaxs. U h ar qanday 
yaram as va iflos ishlarni qilishga tayyor. Shuning u ch u n ham
Q aldirg‘o ch o ‘zini tanitm ay kelgan akasi Alpomishga:
N or o ‘lgan so‘ng to ‘kar ko‘zdan yoshimni,
U lton kesar zulm bilan boshimni,
YigMatadi qavm -u qarindoshimni,
Quzg‘unlarga yem ish qilar go‘shimni, — 
deya oh chekadi. Yilqichilar, ch o ‘ponlar notanish kishi — Alpomishga 
U ltontoz zulm idan bezganliklarini, elga bekning qadri ju d a ham 
o ‘tgan]igini alam bilan hikoya qiladilar. Qo‘ng‘irotliklaming bir qismi 
turli joylarga ko‘chib ketishga m ajburboladilar, natijada Alpomishning 
harakati bilan birlashgan q o ‘ng‘irot urug‘i yana tarqab ketadi.
D ostonda U ltontoz va uning atrofidagi kishilar nojo‘ya va yaramas 
ishlari, m a’naviy tubanliklari uch u n qattiq qoralanadi. Alpomishning 
bahodirlik nom usi urug‘ini, qarindoshlari, ota-onasi, singlisi, xotini 
va o ‘g‘lini azoblagan, xo'rlagan, xalq bilan hisoblashmagan zolimga 
jazo berishni talab qilar edi. U ltontoz shunday jazoga m ahkum etiladi. 
U m a'naviy tuban shaxs sifatida xalq nafratiga duchor b o kladi.
«Alpomish» dostoni — badiiy barkam ol asar. U nda o ‘zbek xalqi 
she’riy dahosining buyuk q u d rati nam oyon b o ‘lgan. «Alpomish» 
dostonida boshqa dostonlarga nisbatan mubolaglaviy uslub ustunlik 
qiladi. Bu asar xarakteridan, unda kuyiangan voqealar k o ‘lamidan 
kelib chiqqandir. D ostonda A lpom ish tilidan shunday bir chiroyli 
m ubolag‘a beriladi:
Tikilsam quriydi daryoning gumi,
N a ’ra tortsam qular q o ‘rg‘onning timi.
Bunday mubolag‘aviy tasvir changallasa tog‘ni talqon qila oladigan, 
k u ch -qudratda «kallasi kapaday, tanasi tepaday» qalm oq alplaridan 
ustun turgan A lpom ishning azam atligini sifatlab bera oladi.
T og‘ tepasida turgan A lpom ishning ko‘rinishi ajoyib o ‘xshatishlar 
yordam ida Q orajon tilidan shunday ta ’riflanadi:
O stingda bedoving halloslar qushday,


Achchig‘ing chillali muzlagan qishday,
Norkalla kelgansan chuyda qo‘shmushday.
Norkalla polvonim, qaydin bo‘lasan?..
D o sto n d a a sa r ru h ig a m os, fav q u lo d d a y aratilg a n ajo y ib
k o 'c h im la rn i, asarga g o ‘zal bir bezak b o ‘lib tushgan ch iro y li 
parallelizmlarni («Kechani munavvar qilar to ‘lgan oy, Savashli kun 
tortiladi parli yoy...»), misralami jilvalantiruvchi quyma badiiy vazifa 
bajarib keluvchi tovushlarni («Suvda bo‘lar suluv o ‘tning suyrug‘i») 
istagancha topish mumkin. Asarda she’riy satrlar badiiy jihatdan shu 
darajada mukammal ishlanganki, ularning ko‘plari asrlar tajribasini 
o ‘zida mujassamlashtirgan aforizmlar darajasiga ko‘tarilgan. Masalan: 
Davlat q o ‘nsa bir chivinning boshiga,
Semurg* qushlar salom berar qoshiga.
G ul ketar bo‘lsa, guliston em ranar,
Shahar vayron bo‘lsa, sulton tebranar,
Mol borida ham ma odam d o ‘st edi,
Boshdan davlat qaytsa. tuqqan emranar.
«Alpomish» «ozod, erkin, m ag'rur va go‘zal odam lar haqida 
to ‘qilgan, shulami maqtab ko‘klarga ko‘targan, shu bilan odam lam ing 
yuragiga yaqinlashgan» (H am id O lim jon) dostondir. U o ‘zbek 
xalqining ko‘p asrlik badiiy yodgorligi sifatida jah o n m adaniyati 
tarixida muhim o ‘rin tutadi.

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling