Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet26/89
Sana05.10.2023
Hajmi
#1693006
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   89
q o ‘shiqlar; b) muallifi aniq b o ‘Igan, y a ’ni professional ijodkorlar — 
xalq baxshilari tomonidan yaratilgan va ijro etilgan tarixiy qo ‘shiqlar.
Birinchi tipdagi tarixiy q o ‘shiqlar m azm unan bir tarixiy voqea- 
hodisa yoki real shaxsga bag‘ishlangan bo‘ladi. Shaklan esa b ir necha 
m ustaqil to ‘rtliklardan tashkil topadi. U lar xalq o ‘rtasida kengroq 
tarqalgandir. Bu tipga kiruvchi tarixiy q o ‘shiqlar nisbatan qadim iyroq 
b o ‘lib, uning ilk nam unalari M.K.oshg‘ariyning «Devonu lug'otit 
turk» asari orqali bizgacha yetib kelgan. Bu tipga kiruvchi tarixiy 
q o ‘shiqlar izchil sujetga ega b o ‘lmaydi. Lirik q o ‘shiqlarga yaqin 
turadi. U lar ko‘p in ch a yurt ozodligi, xalq va Vatan ravnaqi uchun 
kurashgan el farzandlarini m adh etish yoki ularning halok b o ‘lishi 
m unosabati bilan yaratilgan yo‘qlov xarakterida b o ‘ladi. M asalan, 
M arg‘ilonda yaratilgan Tursunoy, N urxon kabi ozodlik qurbonlari 
haqidagi tarixiy q o ‘shiqlar buning yorqin dalilidir. Bunday q o ‘shiqlar 
davr voqealariga hoziijavobligi, shaklan xalq term a qo‘shiqlariga 
yaqinligi va ommaviyligi bilan e ’tib o m i tortib turadi.
Tarixiy q o ‘shiqlarning ikkinchi tipi faqat professional baxshilar 
(dostonchilar) to m o n id an yaratiladi va ijro etiladi. Ular m uayyan 
sujetga ega b o ‘ladi. Bu tipga mansub tarixiy q o ‘shiqlar izchil, qisqa 
va dram atik sujetga egaligi bois xalq q o ‘shiqlaridan ko‘ra xalq eposiga


(dostonga) yaqinroq turadi. Shakliy jihatdan bu tipga m ansub tarixiy 
q o ‘shiqlar xalq eposidagi epik she’r shaklidan keskin farqlanmaydi. 
Bu tipga kiruvchi tarixiy qo‘shiqlar tarixiy epos taraqqiyotining 
nisbatan keyingi bosqichlarida, ya’ni professional ijodkorlar yetishib 
chiqqandan so'ng yuzaga kelgan. Shu sababli ular om m aviy ijro 
etilmaydi va xalq o ‘rtasida keng tarqalmagan.
0 ‘zbek xalq tarixiy qo‘shiqlarini mavzu yo‘nalishiga ko‘ra quyidagi 
turlarga bo‘lish mumkin:
a) tarixiy-qahram onlik qo'shiqlari;
b) tarixiy inqilobiy qo‘shiqlar;
c) tarixiy vo qea-hodisalar va real shaxslarga b ag ‘ishlangan 
q o ‘shiqlar.
Tarixiy qahramonlik qolshiqlari. Dastlabki nam unalari bizgacha 
M .Qoshg‘ariyning «Devonu lug‘otit turk» asari orqali yetib kelgan 
bo'lsa, keyingilari, asosan, XX asrning boshlarida yaratilgani m a’lum. 
C hunonchi, 1905 - 1907-yUlarda xalqning milliy ozodlik, erk. adolat 
uchun olib borgan kurashiga rahbarlik qilgan Nomoz Pirimqul o ‘g‘liga 
bag'ishlab to ‘qilgan qo‘shiqlar bunga misoldir.
Nomoz Primqulov asli kattaqo‘rg‘onlik bo‘lib, Turkiston general- 
gubematorining mahalliy aholi arzini yetkazuvchi taijim oni b o ‘lib 
ishlagan. Shuning uchun u ko‘pincha gubem atordan adolat kutgan. 
Biroq rus bosqinchilarining mahalliy xalqqa zulmi va nohaqligi oshsa 
oshardiki, ulardan yaxshilik kutib bo‘lmasdi. Shu sabab general- 
gubem ator bilan Nomoz o‘rtasidagi munosabat buzilib, N om oz o ‘z 
atrofiga bir guruh xalq fidoyilarini to ‘plagancha, chorizm va uning 
siyosatiga qarshi kurashga chog‘lanadi. Chorizm siyosatini q o ‘llab- 
quw atlam oqchi bo‘lgan ayrim mahalliy kaltafahm boy-zodagonlardan 
ayovsiz qasos oladi. Tabiiyki, uning bu xatti-harakati Nikolay podshoni 
ham , Buxoro amirini ham jiddiy tashvishga solgan. Ayniqsa, N om oz 
yigitlari orasida turli millat vakillarining b o ‘lganligi bu ozodlik 
harakatining keng tus olib ketishi mumkinligini bildirib turgan. Shu 
bois chor mustamlakachilari N om ozni el orasida «o‘g‘ri», uning 
yigitlarini «bosmachi», «Qaroqchilar to ‘dasi» deb gap tarqatadilar. 
H atto Nomozni tiriklayin tutib kelganga pul mukofoti e ’lon qilinadi. 
N om oz pulga o ‘ch, xudbin bir sotqin tom onidan o ‘ldiriladi. Lekin u 
boshlagan ozodlik harakati to'xtab qolmaydi. Uni Nomozning do‘stlari 
yana davom ettiraveradi. Xalq N om oz o'limiga achinib, m otam tutadi. 
Unga bag‘ishlab qo‘shiqlar, yo‘qlovlar yaratadi. Xalq shoiri N urm on


Abduvoy o ‘g‘lining u haqda yaratgan qo‘shig‘i bizgacha yetib kelgan.
Yozma adabiyotda N om oz Primqul o ‘g‘li xotirasiga bag‘ishlab 
l.Sulton «Noma’lum kishi» dramasini va X.To‘xtaboev «Qasoskoming 
oltin boshi» nomli tarixiy sarguzasht rom anini yaratganlar.
Tarixiy-qahram onlik q o ‘shiqlarining go‘zal nam unalari, xususan, 
1941 — 45-yillardagi urush davrida yaratilgan. Jum ladan. Islom 
shoirning «To‘ychi lbrohim ov», «Ahmad Botir», Fozil Yo‘ldosh 
o ‘g‘lining «Ahmad Aliyevga». «Qo‘chqor Turdiyevga» singari tarixiy- 
qahram onlik qo‘shiqlari shular sirasiga kiradi.
Tarixiy inqilobiy qo‘shiqlar XX asrning boshlarida yuz bergan 
tarixiy o ‘zgarishlar m u n o sab ati bilan yaratilgan. «Xon zulm i», 
«Xonavayron bo‘lsin Xivaning xoni», «Boshing kesilsin-u, qoning 
t o ‘kilsin» kabilar bu xildagi q o ‘shiqlaming eng yaxshi nam unalaridir. 
Bu q o ‘shiqlarda Xiva xoni Isfandiyor ham da u boshliq hukm ron 
tabaqa vakillarining zo ‘ravonligi, maishiy buzuqligi, shafqatsizligi 
va insofsizligi fosh etilib, ularga nisbatan xalqning qahr-g‘azabi, 
cheksiz nafrati ifoda etilgan:
Isfandiyor, zolimliging bildirding,
N o n o ‘rniga kunjarani yedirding,
K am bag‘alni qiynab, boyni kuldirding,
H ad d an oshding, zolim, yoning so‘kilsin,
Boshing kesilsin-u, qoning to ‘kilsin.
Q o‘shiqda xalqning xon zulm idan xo‘rlik chekayotgani, n o ch o r 
tu rm u sh kechirayotgani bayon qilinib, xonga nisbatan q arg ‘ish 
aytilmoqda.
Tarixiy voqea-hodisalar va shaxslarga bag‘ishiangan qo'shiqlarga
xalq hayotida o ‘chm as iz qoldirgan biron-bir tarixiy voqea-hodisalar 
yoki shaxslar faoliyatining ayrim qirralari, tarixda ko‘rsatgan u yoki 
bu darajadagi xizmatlari m adh etiladi. Ijodkorlar bunday qo‘shiqlami 
yaratishda aniq dalil va hujjatlarga asoslanganlar. Q o‘shiq qahram oni 
o ‘z h a y o tiy
p ro to tip ig a ega b o ‘lgan. M asalan , 1916 -y ild ag i 
mardikorlikka olish voqeasi munosabati bilan yaratilgan «Ming la’nat», 
«Nikolay qon jallob» kabi q o ‘shiqlar bunga misol bo‘la oladi. Bu 
q o ‘shiqlarda oq podsho N ikolayning qonxo‘r va zoiimligi, bosqinchi 
va zo ‘ravonligi; Saidahm ad ismli mahalliy am aldor-m ingboshining 
muteligi, poraxo‘rligi, adolatsizligi, o ‘z mansabidan ayrilmaslik uchun 
oqposhshoga yaltoqlanib xizmat ko‘rsatish evaziga mahalladoshlariga 
ozo r yetkazishi ochib tashlangan. Ularning shaxsi xalq tom onidan


qattiq qoralangan.
Saidahmad nom ing baland,
Nomingdan ham tom ing baland.
Yigitlarga qo‘l q o ‘ygan,
Padaringga ming la’nat.
Saidahmad mingboshi. Lekin uning nom i u lu g \ xolos. Xalq uni 
hurmat qilmaydi, balki la’natlaydi, qarg‘aydi. Negaki, u shu mansabini 
saqlab qolish ilinjida. Xalq farzandlarini oqposhsho buyrug'iga 
muvofiq chor Rossiyasi o‘rmonlarida qahraton qishda qarag‘ay kesgani 
mardikorlikka jo ‘natish ishida bosh-qosh b o ‘lgan. Buning evaziga u 
xalq orasida yaxshi nom orttirmasa-da, m o‘maygina darom ad, boylik, 
«baland tom li uy-joy» orttirgani kinoya bilan aytib o ‘tilm oqda.
Tarixiy shaxslarga bag‘ishlangan q o ‘shiqlarda qahram onning nasl- 
nasabi badiiy aks ettirilmaydi, balki ular bajargan ishning ijtimoiy 
mohiyati m adh etiladi. Ularda tasvirlanayotgan shaxsning jism oniy 
kuchi haddan ortiq mubolag‘alashtirib bayon etiladi.
Xalq hayotida o ‘chmas iz qoldirgan tarixiy voqea-hodisalar yoki 
dalillar sodir b o ‘lsa, tarixiy qo‘shiq janri o ‘zining hayotiy faolligini 
ham yaratilish, ham ijro ja ray o n id a kuchaytirgan. Shu zaylda 
m onum ental epos (doston) o ‘m in i egallab, mazkur janrning so‘na 
borishini tezlashtirgan.
Xullas, o ‘zbek folklorining ham ko‘hna, ham navqiron, mustaqil 
janri bo‘lgan tarixiy qo‘shiqlar o ‘z tarixiga va badiiy taraqqiyotiga 
egaligi bilan alohida diqqatga sazovor.
Terma. Term a — o ‘zbek folkloridagi mustaqil janrlardan biri. U, 
asosan, baxshilar tom onidan yaratiladi va ijro qilinadi. Term a 
baxshining individual (yakka) ijod m ahsuli hisoblanadi. U lar sozli 
ijroga m o‘ljallangan. Hajmi 10-12 m isradan 150-200 misragacha, 
b a ’zan undan-da ortiq b o ‘lgani bois liro-epik asar hisoblanadi. 
K o'pincha pand-nasihat, odob-axloq, soz va so‘z haqida yaratilgan 
bo'ladi. Lekin b a’zi termalarda ijtimoiy hayotdagi turli hodisalarga 
m unosabat bildirish, shaxs va jonivorlarning ta ’rifi yoki tanqidi 
yetakchilik qiladi.
«Terma» so‘zi lug‘aviyjihatdan «termoq» m a’nosini anglatsa, istilohiy 
m a’noda terib aytmoq, tanlab termoq m a’nolarida bo‘lib, xalq qo‘shiqlari 
silsilasidagi mavzu mohiyatiga ko‘ra bir-birini to ‘ldiradigan uchlik, 
to ‘rtlik, beshlik va oltilikdan iborat bandlam i kom pozitsion jihatdan 
bir tizimga yaxlitlashtirish asosidagi lirik yoxud xalq dostonlari ijrosi


oldidan baxshining o ‘z repertuariga poetik ekskurs qilishi asnosida 
b ad ih atan tu g ‘ilgan biografik yoki avtobiografik, ayrim hollarda 
didaktik xarakterdagi epik qo'shiq namunasi.
T erm a xarakteridagi lirik q o ‘shiqlardan tashqari term a nomi bilan 
yuritiluvchi xalq kuylari ham borki, uni o ‘zbek musiqiy folklorining 
m ustaqil jan ri sifatida o ‘rganish mumkin. Faqat term alarni ijod va 
ijro etuvchilam i termachi va termakash nomi bilan yuritish an ’anaga 
aylangan. S hunday qilib, 
A .M usaqulovning t a ’rificha: «Xalq 
term alari dostonchi va term achilar tom onidan yaratiladigan, badiha 
tarzida ijro etiladigan, lirik va epik turga mansub, kompozitsion 
jih atd an bir necha tipga b o ‘linadigan, g‘oyaviy-badiiy, tarbiyaviy, 
baxshi tayyorlash, axborot berish, dostonchini doston aytishga, 
tinglovchilarni doston tinglashga hozirlash vazifalariga ega, muzika 
bilan m unosabati barqaror bo'lgan xalq qo‘shiqlari» hisoblanadi.29
Term alam ing janriy xususiyatlari, aw alo, bajaradigan vazifalarida 
nam oyon b o ‘ladiki, bular quyidagilardan iborat:
1. Term alar dostonlarga kirish vazifasini bajaradi. Bunda dostonchi 
doston aytishga kirishm oqdan oldin repertuariga murojaat qilarkan. 
tinglovchilarni doston tinglashga tayyorlash masalasini hal qiladi.
2. Term alar dostonchi-shogird tayyorlash masalasini ham hal qiladi; 
boshda shogirdni u yoki bu term a, u yoki bu dostondan parchani 
yodlab aytish orqali m ahorati va iste’dodini tarbiyalab boradi.
3. Term alam ing axborot beruvchanlik vazifasiga ko‘ra, term a 
dostonchi repertuaridagi asarlar haqida ma’lumot beradi. Tinglovchilar 
esa, dostonlardan qay birini eshitish istagini bildirsalar, baxshi o ‘sha 
asarni ijro etishga kirishm og‘i shart. Term aning doston terish yoki 
doston tanlashdan iborat mohiyati ana shu bilan belgilanib, bu xildagi 
te rm alar «N im a aytay» yoki «Kunlarim» ham da to ‘y maqtoviga 
bag‘ishlovlar shaklidadir.
T e r m a la r y a r a t ili s h d a v rig a h a m d a g ‘o y a v iy -m a v z u v iy
xususiyatlariga ko‘ra qator ichki turlarga bo‘linadi.
Yaratilish tarixi jih atidan term alar ikki xil bo'ladi: an ’anaviy va 

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling