Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I
|
Doston kuylash tartibi. 0 ‘zbek dostonchiligida an ’anaviy doston
kuylash tartibi bor. O datda, dostonchilik kech kuzdan erta bahorgacha kechqurunlari uyushtirilgan. Baxshi taklif qilingan m ehm onxonaga barcha eshituvchilar uning devorlari b o ‘ylab qator qo‘r tashlab o ‘tirishgan. Baxshini eng to ‘rga o ‘tqizganlar. D oston kuylash kichik bir ziyofatdan keyin boshlangan. Baxshi dastlab bir yoki b ir necha term a kuylagan. X orazm baxshilari esa, term a sifatida dostonlardan b o ‘laklar, M axtum quli she’rlaridan, pand-nasihatlar bilan bog‘liq turli parchalam i ijro qilganlar. X orazmdan b o ‘lak joylarda esa. ko‘p hollarda «Nima aytay?» («D oston terish») term asi bilan auditoriyaga murojaat etilgan. S o ‘ng tinglovchilarning xohishi yoki baxshining tanlashiga k o ‘ra b iro r doston ijro etiladi. O datda. do sto nchilik o ‘tirishlari tongga ulanadi. 0 ‘zbek xalq dostonlarining k o ‘pchiligi bir kun kuylashga m o ‘ljallangan. «Alpomish»dek m onum ental asarlar ikki va undan ortiq kechalar ijro etilgan.54 Baxshi ijro davom ida dostondagi har bir tasvirga mos s o ‘z va kuy to p ib , avjga c h iq a b o ra d i, o ‘zlarin in g t a ’b iri bilan ay tg a n d a , «qaynaydi». 0 ‘m i-o ‘rni bilan eshituvchilarga murojaat etib, ularning diqqatini o‘zida saqlab turadi. Avj nuqtalarga yetganda, baxshining gavda harakatlari, b o sh in i sarak-sarak qilishi, d o ‘m biraning b ir muvozanatda borib-kelishi kuy va so‘zga qo‘shilib, yaxlit ritm ik holat yuzaga keladi. B unday paytlarda to ‘rdagi baxshi poygakka, to m o sh a- bin esa, to ‘rga chiqib qolganligini hech kim payqamay qoladi. Shu tariqa q o ‘r tash lab o ‘tirg an lar davrani bir necha m arta aylanib ch iq ish lari m u m k in . B axshi qizib va terlab ketganda, ustidagi yaktaklarini b irin -k e tin yecha boradi. Baxshining shogirdi yoki davradagi biror kishi vaqt-vaqti bilan unga qaynatilgan va bir oz sovitilgan suv tutib turadi. Baxshi suvdan bir h o ‘plab, ijroni t o ‘xtovsiz davom ettira beradi. D o ston ni kuylash ju d a ham qiziqarli o ‘ringa, avj pardalarga yetganda, yarim tu n d a dam olish uchun tanaffus e ’lon qilinadi. Buni baxshilar «do‘m bira to.‘ntarm oq» deb aytadilar. B unda baxshi eshituvchilarga yoki o ‘z d o ‘mbirasiga m urojaat tarzida b ir necha qistirm a m isralar t o ‘qib, ijroni to ‘xtatadi: Seni uydan olib chiqdim b o ‘ktarib, Sen yuribsan ulfatingni axtarib, M e n q o ‘yayin seni endi to ‘ntarib, Y arim kecha haddi bo‘ldi, jonivor. Y ig‘ib opsan ulfatingning jam ini, Egang olsin-da b ir oz damini. Damin olib aytib berar kamini, R o‘mo! yozar vaqti b o ‘ldi, jonivor... Shundan keyin baxshi belbog‘ini va d o ‘mbirani to ‘nkarilgan holda qoldirib, tashqariga chiqadi. Bu payt davradagilardan biri baxshi belbog‘ini o ‘rtaga yoyadi. har kim o ‘z imkoniyatiga yarasha pul yoki biror narsa tashlaydi. Baxshi qaytib xonaga kirguncha, yig'iigan pul va narsalar tugib qo‘yiladi. So‘ng dostonning qolgan qism ini kuylash davom ettiriladi. Xorazm baxshilari esa, doston ijrosi tugashi bilan *«To‘yingda qaytsin» kuyini chalib turadi. Davra yoki to ‘y oqsoqollari bu payt m ehm on va mezbonlar o ‘z xohishi bilan bergan pul yoki buyum lam i yig‘ib, baxshiga beradi. Baxshi taklif qilingan qishloq yoki xonadonda dostonchilik kechalari b a’zan bir necha kun davom etadi. Baxshi ketar paytda u ni taklif qilgan sohibi xonadon unga yana q o ‘shim cha sovg‘alar (to ‘n, sarpo, qo‘y, ot va hokazo) berishi mumkin. Shuni aytish kerakki, baxshiga beriladigan sovg‘alar hech qachon majburiy va oldindan kelishilgan holda bo‘lmaydi. Bu to ‘la ixtiyoriy b o ‘lib, haqiqiy xalq baxshilari hech qachon o ‘z san’atlariga daromad manbayi sifatida qaramaganlar. Maxsus dostonchilik kechalaridan tashqari to ‘y-hasham larda, oila tantanalarida, bayramlarda baxshilaming ishtirok etishi odatdagi hoi edi. XX asr boshlaridan boshlab shaharlarda baxshilar xizm atidan foydalanish yo‘qoldi, ularning o ‘rnini hofizlar va ashulachilar oldi. Qishloqlarda esa dostonchilikning jo n li a n ’analari hozir ham , garchi ancha so‘na boshlagan bo‘lsa-da, davom etmoqda. Baxshi tayyorlash o‘zining qat’iy a n ’anaviy tartiblariga ega bo‘lgan. Baxshilar qishloqm a-qishloq dostonchilik qilib yurgan paytlarida m ehnatkashlar orasidagi talantli, qobiliyatli, she’riyatga qiziquvchi yoshlarni tanlaganlar, safar davomida ulam i sinab borganlar, istiqboli borlarini o ‘z yonlariga tortganlar. Shogird tayyorlashda barcha o ‘qitish, o ‘rgatish ishlari, do'm bira mashqi ham og‘zaki ravishda amalga oshirilgan. chunki o ‘tm ishda ustoz o ‘qish-yozishni bilmaganidek, shogird ham savodsiz b o ‘lgan. Ahyon-ahyonda uchrab turadigan baxshilaming savodliligi h am bunga monelik qila olmagan. Negaki, xalq dostonlarini eshitish va kuylash orqali og‘zaki o ‘rganish professional ta ’limning eng birinchi va asosiy sharti bo rg an . Dastlab dostonlardagi an'anaviy m isralar («Xazon urmay bog‘da gullar so‘ldimi, So‘lgan gulga bulbul kelib qo'ndim i» kabi), um um iy o ‘rinlar, ya’ni b a’zi bir ju z 'iy o ‘zgarishlar bilan ko‘pchilik dostonlarda takrorlanadigan parchalar (qahramonga nasihat, uni kuzatuv, otni egarlash va ot ta ’rifi, otda safar va jang tasviri kabilar) yodlatilgan. S o‘ng ayrim olingan bir doston, keyinroq esa, u s to z re p e rtu a rid a g i a s a r la r o ‘rg atilg an . U sto z sh o g ird n in g im provizatsiya qobiliyatini, ya’ni o ‘rganilgan a n ’anaviy misralar, p a rc h a la r asosida y angilarini d o ‘mbira bilan tezda to ‘qiy olish qud ratin i o ‘stirishga alohida e ’tibor bergan. 0 ‘rgatishning keyingi yillarida ustoz shogirdni o ‘zi bilan birga d o sto n c h ilik yig‘inlariga, t o ‘y-hasham larga olib yuradi. Bunday paytlarda shogird ko‘pchilik oldida term alar, dostonlardan parchalar kuylaydi. Shogird ancha pishib qolgach, ustoz auditoriyaning ruxsati bilan o ‘zi kuylayotgan dostonning davomini unga ayttiradi. Shogird ustoz repertuaridagi dostonlarning muayyan qismini va bax sh ilik y o ‘llarini to ‘la o ‘rganib b o lg a c h , ustoz uni el oldida sin o v d an o ‘gkazish u c h u n ziyofat tashkil etadi. Ziyofatga xalq ijodining bilarm onlari. doston shinavandalari taklif qilinadi. Shogird ular oldida biron dostonni mustaqil ijro etib beradi. Shogird sinovdan muvaffaqiyatli o ‘tgach, ustoz unga bosh-oyoq sarpo va to ‘n qilib, b a 'z a n yangi d o ‘mbira yoki d u to r hadya etib, ko‘pchilik oldida oq yo‘l tilaydi.55 Shogird baxshi nom ini olib, mustaqil dostonchi bo‘Isa- da, o ‘z repertuarini yanada kengaytirish maqsadida ustozi va boshqa yirik xalq shoirlaridan o ‘rganishda davom etadi. D em ak, bir mahallar shogird b o ‘lib, ustoz baxshilardan bir necha yillar davom ida ta ’lim olgan, o ‘rgangan dostonlarni badiiy silliqlab, yuksaklikka ko‘tara olgan dostonchilar, o‘z navbatida, yana shogirdlar yetishtiradi. Shu tariqa xalq badiiy ijodida davomiylik yuzaga kelgan b o ‘lib, qachonlardir yaratilgan epik asarlar ustozdan shogirdga, otadan o ‘g‘ilga, avloddan avlodga o ‘tib, og‘zaki ravishda bizgacha yetib kelgan. D o ston ch ilik m ak tab lari. Epik poeziyaning yaratuvchilari va ijrochilari sinfiy mansubiyatlari, repertuarlarinmg g‘oyaviy yo‘nalishlari jih a tid an . professor H odi Zarifov tekshirishlariga ko‘ra, ikkiguruhga b o ‘linadilar. Bunga sabab o ‘tm ishda turli sinflarning manfaatlariga xizm at qiluvchn baxshilar va ularning o ‘zlariga xos repertuari bo‘lgan. «Birinchi guruhga saroy shoirlari, qalandar, darveshsifat baxshilar kiradi. Chingizxon huzurida Ulug‘ jirchi, T o‘xtamishxon saroyida K am olzoda va Jahon Mirza, Xiva xoni M uhamm ad Rahimxon II huzurida Riza baxshi, Buxoro amiri Nasrullo saroyida Emazar kabi baxshilar bo‘lganligi m a’lum. Xuddi shunday saroy baxshilari tononidan xon-u beklami madh etuvchi asarlar yaratilgan. Hokim sinfga mansub darveshsifat hayot kechirgan baxshilar repertuarida esa, diniy xarakterdagi asarlar asosiy o‘rinni egallaydi. 0 ‘tmishdagi Juma dostonchilik maktabi vakillari shunday baxshilardandir... 0 ‘tmishda yana shunday baxshilar bo‘lganki, ular epik asarlar ijro etish bilan birga, parixonlik, duoxonlik h am qilganlar. Bu dostonchilikning nisbatan qadim iy sinkretik bosqichining qoldig‘idir... Bu guruh baxshilar yuqori sinflaming qo‘llab- quwatlashiga qaramay, xalq o ‘rtasida e ’tibor qozona olmaganlar. Ikkinchi guruh baxshilar bevosita mehnatkash om m a orasidan yetishib chiqqan, uning m anfaatlarini himoya qilgan xalq kuychilari b o ‘lib, xalq yaratgan og‘zaki badiiy ijodning eng yaxshi nam unalarini saqlagan va demokratik g‘oyalarni oldinga surgan dostonchilardir».™ Bunday baxshilarni umumiy g4oyaviy yo‘nalish, sinfiy mansubiyat, keng m a ’nodagi repertuar birligi, asriy d osto n ch ilik a n ’analari birlashtirib turadi. M uayyan doston varianti jam oa va individual ijod birligi jarayonida yuzaga kelgan mahsul ekan, unda kuylovchining ijrochilik va ijodkorlik faoliyati asrlar davomida shakllangan og‘zaki epik an ’analar doirasida nam oyon bo‘ladi. Bu hoi barcha baxshilar uchun umum iy tom onlam i, m uayyan dostonchilik qoliplarini yuzaga keltiradi. Boshqacha qilib aytganda, umumlashgan puxta epik a n ’ana doirasida m a’lum baxshi yoki baxshilar guruhiga xos alohida ijodiy xususiyatlar, yo‘llar, uslublar o ‘zgachaligi mavjud. F olklorshunoslikda b u n i sh artli ravishda dostonchilik (baxshilik) maktablari deb yuritiladi. Hozirgi kunda o‘zbek folklorshunosligida Bulung'ur, Q o‘rg‘on, Shahrisabz, Qamay, Sherobod, Janubiy Tojikiston, Xorazm kabi poetik dostonchilik maktablari — baxshilik san’atining ajoyib markazlari a'niqlangan. Bulung‘ur dostonchilik maktabi vakillari qahram onlik dostonlarini ijro etish bilan mashhur bo‘lganlar. Sodda, yuksak, o ‘ta an ’anaviy, nisbatan arxaik bo‘lgan qahram onlik eposi uslubi bu dostonchilam ing poetik yo‘li hisoblangan.57 Bulung‘ur dostonchilik maktabining so‘nggi iste’dodli vakili Fozil Yo‘ldosh o ‘g‘li (1872—1955) hisoblanadi, undan «Alpomish», «Yodgor», «Yusuf bilan Ahm ad», «M alika ayyor», « M a sh riq o » , «Z ulfizar», «B alo g ard o n » , « ln tiz o r» , «N u rali» , «Jahongir», «Murodxon», «Rustam», «Shirin bilan Shakar», «Ra’no bilan Suxangul», «Zevarxon» kabi ajoyib dostonlar yozib olingan. Fozil Yo‘ldosh olg‘li XIX asrda Yo‘ldosh, Q o‘ldosh, Suyar shoir nom i bilan m ashhur bo‘lgan uch aka-ukaning kattasi Yo‘idosh M ulla M u r o d o ‘g ‘lin in g s h o g ir d id i r . Y o ‘ld o s h s h o ir m a s h h u r Y o‘ldoshbulbulning shogirdi b o ‘lgan. 0 ‘z navbatida XVIII asrning II yarm ida yashagan M uham m ad shoir Yo‘ldoshbulbulga ustozlik qilgan. Bu m aktab A m in baxshi, C hini shoir, T ovbuzar shoir, Q urbonbek shoir, Sultonmurod, Yo‘ldoshbulbul, Yo‘ldosh, Q o‘Idosh, Suyar, R ah im b ulbu l, J o ‘ra, F ozil shoir, Y orlaqab kabi o ‘nlab dostonchilam i birlashtirgan. Bu maktab vakillari Farg‘ona vodiysidagi o‘zbek dostonchilariga ham ijobiy ta ’sir ko‘rsatganlar. Epik san’atning ikkinchi b ir m uhim markazi q o ‘rg‘on dostonchilik m aktabi b o ‘lib, uning eng so ‘nggi iste’dodli vakillari Ergash Jum anbulbul o ‘g ‘li (1868—1937) va Po‘lkan shoirlar (1874 — 1941) hisoblanadi. Bu talantli s a n ’a t k o r l a r d a n « A lp o m ish » , «Y akka A h m a d » , «O y su lu v » , «Kuntug‘mish», «Qironxon», «G o‘ro‘g‘liningtug‘ilishi», «Yunus pari», «Misqol pari», «G ulnor pari», «Xushkeldi», «Hasanxon», «Chambil qamali», «Dalli», «Ravshan», «Avazxon», «Q unduz bilan Yulduz», «X oldor-xon», «Elomon», «Berdiyorotaliq», «Zamonbek», «Xidirali elbegi» kabi dostonlar yozib olingan. M ang‘ishtovdan N urotaga q adar cho‘zilgan silsila to g ‘lam ing, ayniqsa, O qtovning shimoliy va janubiy etaklarida yashagan va shu yerlarda yetishgan xalq shoirlari Q o‘rg‘on dostonchilik maktabiga m ansubdir. Bu baxshilaming deyarli ko‘pchiligi Q o‘rg‘on qishlog‘ida tarbiya topgan va haqli ravishda o ‘z ustozlarini bu ajoyib shoirlar qishlog‘i bilan bog‘laydi!ar. Ergash Jum anbulbul o ‘g‘lining ota- bobolari asos solganligi taxm in qilingan bu maktab Yodgor, Lafas, M ulla T osh, M ulla Xolmurod, Sulton kampir, Tilla kam pir, Jolm on baxshi, B o‘ron baxshi, Bo‘ron shoir, Jum anbulbul. Yorlaqab, Jassoq baxshi, Q ulsam ad baxshi, Ergash shoir, Po‘lkan shoir, B o‘ta baxshi, E g a m b e rd i b a x sh i, M a rd i b a x sh i, R a h m a tu lia k a b i o ‘n lab dostonchilam i birlashtiradi. Bu baxshilar ishqiv-rom anik dostonlarga ko‘proq e ’tib or berganlar. O 'ziga xos chuqur lirizm, chiroyli tasvirlar, s h e ’riy b e z a k la r, ta fs ilo tla rn i a tro flic h a ish la sh , n o z ik lik va jim jim a d o rlik q o ‘rg‘o n d o sto n ch ilik m aktabi uslubining asosiy belgilaridir. Bu hoi uning m a'lum m a’noda yozma adabiyot ta ’siriga uchraganligini ko‘rsatadi.58 X IX asrda mavjud b o ‘lgan yana bir epik m arkaz Shahrisabzy dostonchilik maktabidir. Bu maktabning so‘nggi namoyandasi Abdulla N urali o ‘g ‘li (1874 -1 9 5 7 ) XIX asrning yirik dostonchisi Rajab shoirning shogirdidir. Bu baxshilar d o sto n larn i sh o ‘x, quvnoq, k o ‘tarinki ruhda aytishlari, kuylarining yoqim liligi bilan ajralib turadilar. Atoqli xalq shoiri Islom N azar o ‘g‘li (1874 — 1953) N arpay dostonchilik maktabining vakilidir. U XIX asm ing ulkan dostonchisi Rajah shoirning shogirdi b o ‘lgan. T alan tli xalq shoiri N u rm o n Abduvoy o‘g‘li ham (1862 — 1940) shu maktabga mansubdir. Ulardan yozib olingan «Orzigul», «Sohibqiron», «Erali va Sherali», «Zulfizar bilan Avazxon», «Gulixiromon», «K untug‘mish» kabi dostonlarga nazar tashlar ekanm iz, bu m aktab vakillari xalq dostonlarining demokratik asoslarini yanada kengaytirganliklarining guvohi b o ‘lamiz. 0 ‘zbekistonning janubida yashovchi ko‘pgina baxshilar Sherobod. dostonchilik maktabi bilan bog‘liqdir. XIX asm ing II yarmi va XX asr boshlarida yashagan bu maktabning m ashhur vakili Shem azar Beknazar o ‘g‘li b ir qancha shogirdlar yetishtirgan. M ardonaqul Avliyoqul o ‘g‘li, Um ir Safar o ‘g‘li, N orm urod baxshi, Ahmad baxshi, N urali Boymat o ‘g‘li, M amadrayim baxshi, Bo‘riboy Ahmad o ‘g‘li, Yusuf 0 ‘tagan o ‘g‘li kabi o‘nlab dostonchilar shu maktabga birlashadi va ulardan b ir qan ch a d o sto n la r yozib olingan. Bu bax sh ilar repertuariga nazar tashlar ekanm iz, dostonchilikning nisbatan quyi bosqichlariga, badiiy tafakkum ing uncha rivojlanmagan shakllariga duch kelamiz. Surxondaryo, Qashqadaryo, ba’zan Janubiy Tojikiston baxshilari o‘zaro doim iy aloqada b o ‘lgan va ularning ko‘pchiligi Sherobod bilan bog‘lanadi. Bu maktab vakillari repertuaridagi ayrim dostonlar (masalan, «Oltin qovoq», «Malla savdogar», «O llonazar O lchinbek» kabilar) b o sh qa jo y lard ag i b ax sh ilar re p e rtu a rid a uchramaydi. Janubiy Tojikistonda yashovchi o ‘zbek-laqay baxshilari ham repertuari, badiiy tasvir vositalari jihatidan o ‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu baxshilar Jorubqo‘l qishlog‘i bilan bog‘liq. Bu yerda XIX asm ing 11 yarmi va XX asr boshlarida haybat Sham ol o ‘g‘li, Q unduz soqi degan m ash h u r d o sto n ch ila r o ‘tgan. h o z ir h am ularning davom chilari bor. 0 ‘zbek-laqay baxshilari repertuarining asosiy qismini «G o‘ro ‘g‘li» dostonlari turkum i tashkil etadi. Bu dostonlar o‘zlarining nihoyatda m o ‘jazligi bilan ajralib turadi. X orazm dagi o ‘zbek dostonchilik san ’ati boshqa m aktablarga m ansub baxshilar u slubidan jid d iy farq qilad i. Bu yerda s o ‘z improvizatsiyasi asosiy rol o ‘ynam aydi, m atn to m m a’noda variant bermaydi, balki m usiqa yetakchilik qiladi. K o ‘pchilik hollarda yozma m anbaga ega X o razm d o sto n la rin in g b a ’zan aytuvchi q o ‘lid a q o ‘lyozma m atni h am b o ‘ladi. Xorazm da epik asam i baxshining bir o ‘zi yakka ijro etish bilan birga, jam oa ijrochiligi ham keng tarqalgan. Bunda uch-besh kishidan iborat ustoz baxshi rahbarligida ijrochilar jam oasi tuziladi. D ostonni ustoz dutorda boshlaydi, qolganlari unga g‘ijjak va balom on bilan jo ‘r b o ‘ladilar. N aqarotni esa ham m asi birgalikda ijro etadi. Xorazm baxshilarining kuyjari ko‘p va xilma-xildir. D ostonning h ar bir qo‘shig‘i m uayyan kuyda ijro etiladi. D ostonchilar bularni baxshi yo‘llari yoki baxshi n a’malari deb yuritadilar. Xorazm dostonchiligi repertuar tarkibi jihatidan ham o ‘ziga xos x u su siy atlarg a ega. M asalan , bu yerda q a h ra m o n lik d o sto n i «Alpomish» uchram aydi, aksincha, X orazm baxshilari repertuaridagi ishqiy-rom anik dostonlam ing aksariyati respublikamizning boshqa yerlarida mavjud emas. Download Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling