Ctzbekiston respubl1kasi oliy va o rta m axsus ta 'lim vazirl1g I

bet62/89
Sana05.10.2023
Hajmi
#1693006
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89
m a ’rifatchi degan m a’nolarni beradi.uO ‘zbeklarda baxshi — keng 
m a’no da xalq dostonlarini kuylovchi, yodda saqlovchi va nasldan 
naslga o ‘tkazuvchi san’atkor. Xalq orasida baxshi so‘zi turli xarakterdagi 
ikki vazifani bajaruvchi shaxsga nisbatan q o ‘llangan. K o‘pjoyda 
professional dostonchi, ayrim joylarda afsungarlik, folbinlik. shamanlik 
qiluvchi shaxsga nisbatan ishlatilgan. Uzoq o ‘tm ishda bu ikki vazifani 
bir shaxs bajargan. Keyinchalik esa, kasbda muayyan ajralish yuzaga 
kelgan. K o‘pjoyda esa, ikkinchi vazifani bajaruvchi shaxs qushnoch, 
duoxon, kinnachi kabi turli-tum an so‘zlar bilan ifodalanadi. Ba’zi 
turkiy xalqlarda bunday farqlanishni yanada yaqqolroq ko‘ramiz.
‘-'M asalan, baxshi — turkm anlarda professional dostonchi, qozoq va 
qirg‘izlarda afsungar, duoxon, folbin. Ammo bizga m a’lum o‘zbek 
baxshilari va ularning ustozlari baxshilik san’atini turli afsungarlik 
yordam ida kasal boquvchilik vazifasi bilan qo‘shib olib bormaganlar. 
Biroq dostonchilik san’atini kasal boquvchilik duoxonlik bilan qo‘shib 
olib boruvchi baxshilar haqida ayrim ma’lumotlar borki, uzoq o‘tmishda 
boshqa k o ‘pchilik xalqlar ijodkorlari kabi o ‘zbek dostonchilari ham 
bu ikki vazifani b a ro b a r b ajargan b o ‘lishlari kerak. Bir qator 
b a x s h il a r n in g h o z ir h a m o ‘z s a n ’a t la r in i s ir tu t ib , uni 
«ilohiylashtirishlari», baxshilik san’ati haqida xalq orasida mavjud 
b o ‘lgan turli-tum an afsonalar buni yanada tasdiqlaydi.
X alq d osto n ch ilarin i 0 ‘zbekistonning ayrim yerlarida baxshi 
so ‘zid an boshqa nom lar bilan ham yuritiladi. M asalan, S u rxondaryo^ 
va Q ashqadaryoning ayrim joylarida yuzboshi, Janubiy Tojikiston 
o ‘zbeklari orasida soqi, Surxondaryo va Janubiy Tojikistonning ayrim 
jo y larid a sozanda, Farg‘ona vodiysida sanovchi, ayrim tumanlarda 
jirov, jirc h i, oqin, oxun va hokazo.
0 ‘zbeklarda xalq dostonchisini shoir deb atash ham keng tarqalgan.
J ih o ir arab ch a so‘z b o ‘lib, poetik asarlar ijodkori b o ‘lgan yozma va 
o g ‘zak i ad ab iy o t vakillariga nisbatan q o ‘Haniladi. X alq ijodida 
b ad ih a g o 'y ijodkorlar, epik a n ’ana doirasida o ‘zlarining yangi-yangi 
varian tla rin i, hatto yangi dostonlam i ham yarata oladigan baxshilar 
sh o ir d eb ataladi. M asalan, Ergash shoir, Fozil shoir, Islom shoir,


РоЧкап shoir va boshqalar.
Baxshilar xalq dostonlarini biror sozda, ko‘p yerlarda do‘mbira, 
ayrim joylarda qo‘biz yoki dutorda kuylaydilar. X orazm baxshilari 
esa dostonlarni, asosan, du to rda ijro etadilar, ularga g‘ijjak va 
balom onda sozandalar jo ‘r bo‘ladi. 30-yillarda X orazm baxshilari 
dostonlarni tor va rubobda kuylay boshladilar. Shu munosabat bilan 
ayrim baxshilar ansamblida g‘ijjak o ‘rniga skripkadan foydalanish, 
ansam blga doirachi, hatto o ‘yinchi olib kirish hollari bo‘ldi. Bola 
baxshi va uning ansambli bunga misol bo‘ladi. Xorazm da b a’zan 
epik asarlar yoki ularning parchalarini garm onda ijro etish hollari 
ham mavjud. Bunday hollarda ularni baxshi em as, balki sozchi deb 
yuritilgan. Masalan, Q urbon sozchi, Q odir sozchi va boshkalar. 
Sozchilar epik asarlami to ‘la ijro etishdan ko‘ra, undan parchalar
te rm alar va o ‘zlari yaratgan asarlarni kuylashga alohida e ’tib o r 
berganlar.
Dem ak, epik asarlarni elga yetkazishda 0 ‘zbekistonning deyarli 
barcha yerlarida yakka ijrochilik hukm ron bo‘lsa, X orazmda, asosan. 
jam oaviy ijrochilik yetakchilik qiladi. Ijro davom ida dostonlarning 
she'riy qismlari kuylansa, prozaik o ‘rinlari baxshilam ing o ‘zlariga 
xos ifodali tilda bayon etiladi.
X orazm da epik asarlam i, ulardan olingan parchalar va ayrim 
term a la rn i kuylovchi ijodkorlam ing yana b ir tu ri xalfalar, deb 
yuritiladi. Xalfachilik. asosan, ayollar orasida keng tarqalgan. 
y^Xalfachilik san’ati ikki xil: a) ansamblli xalfalar; b) yakka xalfalar. 
Ansamblli xalfalar uch kishidan iborat. Ya'ni ustoz xalfa (ayni vaqtda 
garm on chaladi va ashula aytadi), doirachi (ashulaga jo ‘r b o ‘ladi, 
ba’zan raqsga tushadi) va o ‘yinchilar (raqsga tushadi, qayroq bilan 
o ‘ynaydi, yalla va lapar aytadi, b a ’zan doira chaladi) birlashib, 
ansam blni tashkil etadilar. Bu tip xalfalar xalq dostonlarini, ulardan 
olingan parchalam i, to ‘y q o ‘shiqlarini, lapar va yallalam i, o'zlari 
yaratgan yoki boshqa ijodkoriar asarlarini garm on va doira jo ‘rligida 
kuylaydilar. Bibi shoira, X onim jon xalfa, Ojiza, O najon Safarova, u-" 
N azira Sobirova kabilar shunday xalfalardandir.
Yakka xalfalar doston va q o ‘shiqlarni sozsiz ijro etadilar. U lar 
dostonlarni yoddan yoki q o ‘lyozma va kitobdan yoqimli ohangda 
o ‘qish, «Yor-yor», «Kelin salom», «Muborak» kabi to ‘y q o ‘shiqlarini 
ijro etish bilan shuhrat qozonganlar. Roziya M atniyozov qizi, Saodat 
Xudoyberganova, Poshsho Saidm am at qizi, A m baijon R o‘zimetova.


A noijon Razzoqova kabilar yakka holda xalfachilik qilganlar.
Xalfalar k o ‘proq «Oshiq G ‘arib va Shohsanam», «Oshiq Oydin», 
«A silxon», « H u rliq o va H a m ro » , «Q um ri», «Q issayi Zebo», 
«Tulumbiy», «Zavriyo», «Durapsho», «Bozirgon», «X irm on dali» 
kabi dostonlarni, M axtumquli she’rlarini, turli marosim q o ‘shiqlarini 
va o ‘zlari yaratgan asarlarni ijro etadilar. Ular m ahalliy xalqning 
barcha to ‘y-hasham larida, turli m arosim larda, ayollar yig‘inlari va 
bayram larda qatnashadilar, t o ‘y va m arosim larni boshqaradilar. 
Xalfachilik ayollar san’ati sifatida X orazm vohasida shu kunlarda 
ham keng davom etmoqda.
0 ‘tm ishda epik asarlarni xalqqa yetkazuvchiJar qatorida qissaxonlar 
h am b o ‘lgan. Q issaxonlar x alq doston larining qayta ishlangan 
n u s x a la rin i, q iz iq a rli ta rjim a h ik o y a la rn i, m u m to z ad ab iy o t 
n a m u n a la r i d a n « fo lk lo rla s h tirilg a n » v a r ia n tla r n i, tu r l i xil 
jan g n o m ala rn i choyxonalarda, turli yig‘inlarda, xalq t o ‘plangan 
joylarda yodaki aytganlar yoki q o ‘lyozma va bosma m atn asosida 
o ‘zlariga xos ohangda o ‘qiganlar.
w Q issaxonlar «Rustami D oston», «Tohir va Zuhra», «Hikoyati 
G o ‘ro ‘g‘li sulton», «Bahrom va G ulandom » kabi dunyoviy qissalarni 
ijro etish bilan birga. ko‘proq diniy m azm undagi asarlarni ham o'qib 
yurganlar. Ayrim hollarda eng qobiliyatli qissaxonlaming o ‘zlari qissa 
tu zish g ach a, b a ’zan yangi asarla r yaratishgacha k o ‘tarilgan!ar, 
aytayotgan asarlariga ijodiy yondashganlar.
0 ‘tm ishda qissaxonlik shahar joylarda keng rivojlangan bo‘lib, 
keyingi vaqtlarda, umum an, uchramaydi. Hodi Zarif, Buyuk Karimov, 
M ansur Afzalov, M uzayyana Alaviya, Jum aniyoz Qobulniyozov, 
M u h a m m a d n o d ir Saidov singari olim larning tad q iq o tlari shuni 
k o ‘rsatad ik i, X IX asr va XX asr b o sh larid a o ‘zbek baxshilari 
repertuarida yuz ellikka yaqin doston b o ‘lgan. Folklorshunoslarimiz 
ulardan yuzga yaqinini (variantlari bilan to ‘rt yuzdan ortiq) yozib 
oldilar.
O 'tgan asrda ikki yuzdan ortiqroq dostonchi aniqlandi va ro‘yxatga 
olindi. U lardan Jum anbulbul, Jassoq, Bo‘ron shoir, Jolm on baxshi, 
Sulton kam pir, Tilla kampir, X onim jon xalfa, Bibi shoira, Suyav 
baxshi, A m in baxshi, Yo‘ldoshbulbul, Sultonm urod, Qurbonbek, 
X idir shoir, Y o‘ldosh shoir, Suyar shoir, Sherna yuzboshi, Haybat 
soqilar xalq orasida shuhrat qozongan. Ergash Jum anbulbul o ‘g‘li, 
Fozil Y o‘ldosh o ‘g‘li, P o ‘lkan shoir, Islom N azar o ‘g‘li, U m ir shoir,


A b du lla sh o ir, X olyor A bdukarim o ‘g ‘li kabi yetuk s h o irla r 
baxshichilikdagi jud a boy a n ’analar asosida m uhim voqealarni 
tasvirlovchi yigirmadan ortiq yangi dostonlar yaratdilar.
Baxshi o ‘zlashtirgan va ijodiy tarzda kuylab kelgan barcha asarlar 
uning repertuarini tashkil etadi. 0 ‘zbek xalq baxshilari repertuari 
jan r e ’tibori bilan nihoyatda cheklangan. U lar folklorning faqat ikki 
janridagi asarlarni, ya’ni term alar va dostonlarni kuylab kelganlar. 
Baxshilar term a va dostondan boshqa asarlar (ertak, qo‘shiq, latifa 
va shu kabilar) ni bilsalar ham, ulam i aytm aganlar. M abodo biror 
dostonning m azm unini hikoya qilib bersalar, uni «ertak qilib aytish» 
deb hisoblaganlar. Biroq bunday aytish professional dostonchi uchun 
odatdagi hoi emas. Shuni aytish kerakki, ayrim dostonlar bizgacha 
faqat, m azm unlari orqaligina yetib kelgan. M asalan, «Oysuluv» 
dostoni shunday asarlardandir.
Baxshilar repertuarining hajmi ham b ir xil emas. O datda. oddiy 
baxshilar besh-o‘nta doston bilganlar. S hunda ham bir-ikki dostonni 
yaxshi kuylaganlar. Eng qobiliyatli, talantli, yuksak hofiza quvvatiga 
ega b o ‘lgan ijodkorlar repertuarida o ‘ttiz-q irq va hatto undan ortiq 
doston bo'lgan. Ergash shoir, Fozil shoir, P o ‘lkan shoir. Islom shoirlar 
shunday dostonchilardan edi. U lar qator epik asarlami m ahorat bilan 
kuylaganligi uchun bunday dostonlam ing k o ‘pchiligi ularning nom i 
bilan abadiy bogianib qoldi. Masalan, «Alpomish» deganda, beixtiyor 
ko‘z o‘ngimizda Fozil Yo‘ldosh o ‘g‘li; «Ravshan» deganda, Ergash ^
Jum anbulbul o ‘g‘li; «Orzigul» deganda, lslom shoir namoyon b o lad i. 
Favqulodda xotira qudratiga ega b o ‘lgan P o ‘lkan shoir yetm ishdan 
ortiq dostonni yod bilar edi. H ar bir doston ikki-uch ming satrdan 
tortib, o ‘n -o ‘n besh, hatto yigirma ming m isragacha she’m i, qariyb 
shuncha prozaik qismni ham o ‘z ichiga olishini hisobga olinsa, xalq 
baxshilarining salohiyati, h ay rato m u z yod lash va esda saqlash 
qobiliyati. ijod qilish qudrati o ‘z -o ‘zidan ayon b o lladi. H odi Zarifov 
xalq baxshilarining esda saqlash va ijod qilish qobiliyatini ko'rsatish 
u c h u n shunday bir misolni keltiradi: A toqli xalq shoiri Ergash 
Jum anbulbul o ‘g‘li 1922-yilda Toshkentda bosilib chiqqan qozoqcha 
i/«Qiz-jibek» dostonini ikki m arta o ‘qib chiqqach, bir oydan keyin 
unga o ‘zining ijodiy unsurlarini qo‘shgan holda qafytadan o ‘zbek 
tilida deyarli aynan aytib va yozib beradi. Baxshilarning esda saqlashi 
u ch u n bir asami bir-ikki o ‘qib berishning o ‘zi kifoya edi.53

Download

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   89




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling