Цзбекистон республикаси


 Kashfiyot tushunchasining me’yoriy sifatlari


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

3. Kashfiyot tushunchasining me’yoriy sifatlari. 
 
Kashfiyot tushunchasi. Ilmiy texnika ijodkorlikni rivojlantirishda 
fundamental tadqiqotlar asosiy o‘rinni egallaydi. Aynan ular orqali istiqbolli ilmiy 
еchimlarni ishlab chiqish uchun asos bo‘luvchi ilmiy potensialni yuzaga keltiradi. 
Ko‘p holatlarda fundamental tadqiqotlar, uning yakuniy natijalari ilmiy kashfiyot 
bilan yakunlanadi.
Kashfiyot – tushunchasi ikki xil: huquqiy va ommalashgan ma’noda 
ishlatiladi. Ommalashgan tushunchada kashfiyot ilm-fanda katta nazariy va amaliy 
ahamiyat kasb etadigan ilmiy yangilik sifatida tushuniladi. «Kashfiyot qilish 
huquqi» O‘zbekiston Respublikasi asosiy qomusi bo‘lgan konstitutsiyada 
kafolatlangan bo‘lib, Nizomga muvofiq kashfiyot deganda tabiat va jamiyatni 
ilmiy bilish jarayonida erishilgan yangi ilmiy yutuq tushuniladi.
Kashfiyot - moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan ob’ektiv mavjud 
qonuniyatlar, xossalari va hodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning 
bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi ta’sirga ega bo‘ladi.
Kashfiyot turlari. Geografiya, arxeologik, poleontologik va еr qazilma 
boyliklarini kashf qilish – ilmiy kashfiyot hisoblanmaydi. Chunki u ijodiy 
qobiliyat bilan bog‘liq bo‘lmay balki ekspeditsion topilma hisoblanadi. 
Shuningdek matematik hamda ijtimoiy fanlar sohasidagi kashfiyotlar ham ob’ektiv 
haqiqatni aks ettirganligi uchun huquqiy jihatdan tan olinmaydi.


26 
Kashfiyot tushunchasining me’yoriy sifatlari. Yuqorida keltirilgan 
kashfiyot tushunchasining ta’rifidan uning quyidagi me’yoriy tushunchalari 
sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
1. Ilmiy faktni konstatatsiya qilish. 
2. Yangiligini asoslash. 
3. Ishonchligini asoslash. 
Ushbu me’yoriy tushunchalarni quyidagicha tavsiflash mumkin: 
Birinchi keltirilgan «moddiy dunyoda ob’ektiv mavjud bo‘lgan qonuniyatlar, 
xususiyat va hodisalarni qayd qilish» tushunchasi - kashfiyotning ob’ektiv 
borliqni bilish faoliyati natijasi ekanligini anglatadi. Bu o‘rinda bilish tushunchasi 
o‘z ichiga berilgan ob’ekt (qonuniyat, hodisa, xususiyat)ning mavjudlik sharti 
hamda ilmiy talqinga ega ekanligi to‘g‘risidagi holatlarni qamrab oladi.
«Kashfiyotning yangiligi»ga O‘zbekistonda Jahon miqyosidagi yangilikka 
ega bo‘lish talabi qo‘yiladi. Kashfiyotning jahon miqyosidagi yangiligi mezoniga 
tayanilganda, jahon miqyosidagi yoki vatanimizdagi birinchilikka da’vogar 
bo‘lgan har qanday manbaa e’tiborga olinadi. Kashfiyotning birinchiligi qonuniyat 
birinchi bo‘lib shakllantirilib, matbuotda da’vo sifatida e’lon qilingan sanasi 
asosida aniqlanadi.
«Kashfiyotning ishonchliligi» ob’ektiv mavjud bo‘lgan qonuniyat, xususiyat 
va hodisaning aniqlanishi bilan belgilanadi. Har bir yaratilgan ob’ektiv yangilik 
(hodisa, xossa va ob’ektiv qonuniy bog‘liqlar) nazariy yoki amaliy jihatdan 
asoslanadi. Kashfiyot - ilmiy ekspertizadan o‘tgandan keyingina huquqiy jihatdan 
tan olinadi. Ilmiy ekspertizadan o‘tkazish uchun mualliflar qilingan kashfiyot 
bo‘yicha talabnoma beradi. Talabnomadan namuna bo‘yicha to‘ldiriladi. 
Talabnoma o‘z ichiga - kashfiyot bo‘yicha diplom berish uchun ariza, qilingan 
kashfiyotning to‘liq tasnifi, kashfiyotning afzalligini belgilovchi hujjatlar, ilmiy-
amaliy ahamiyati va ishonchligi haqida xulosa, kashfiyotga tegishli chizmalarni 
oladi. Respublika patent idorasi dastlabki va ilmiy ekspertizadan o‘tkazadi va 


27 
ma’qul topsa kashfiyotni xaqiqatligi haqida qaror qabul qiladi. Shu asosda 
muallifga diplom beradi. Kashfiyotning - ahamiyatiga qarab pul mukofoti beriladi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling