Цзбекистон республикаси


Texnik modellar klassifikatsiyasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

Texnik modellar klassifikatsiyasi. Texnikada ishlatiladigan modellar 3 
tipga bo‘linadi.
1-tip - geometrik o‘lchamlari o‘xshash. Ko‘rgazmali qurol maqsadida 
ishlatiladigan ob’ektning tashqi qiyofasini anglatadigan. Geometrik modellar 
ta’limda keng qo‘llaniladi. Jumladan bunday modellar o‘quvchilarni texnika 
ob’ektlarining ishlash mezonlari va umumiy tuzilishi bilan tanishtirishda muhim 
ahamiyat kasb etadi. Odatda, ishlab chiqarishning eng zamonaviy yo‘nalishlari 
bilan faqatgina kitob va jurnallarda keltirilgan chizmalar va rasmlar orqali 
tanishadilar, ya’ni obrazli-belgili ideal modellardan foydalanadilar. Biroq ular 
ob’ekt to‘g‘risida to‘la tushuncha hosil qilish imkonini bermaydi. Shu sababli 
keyingi yillarda model va maketlardan keng foydalanilmoqda. 
2-tip - fizikaviy o‘xshashligi. Bu faqat tashki qiyofasini anglatmasdan balki 
o‘rganilayotgan ob’ektning harakat dinamikasi, o‘zaro bog‘liqligi qonuniyatlari, 
xususiyatlari va o‘xshashliklarini ko‘rsatadi. Bunday modellarni yaratishda 
nafaqat ob’ektlarning tuzilishini o‘rganish, balki ulardagi jarayonlar dinamikasini 
o‘rganish ham ko‘zda tutiladi. Fizik modellashtirishda model va uning prototipi 
bir xil turdagi fizik tabiatga ega materialdan tuzilgan deb qaraladi, ya’ni, suyuqlik 
harakati suyuqlik harakati bilan, elektr toki elektr toki bilan, samolyot modelining 
uchishi uning modeli uchishi bilan almashtiriladi. Biroq, bir fizik hodisani 
ikkinchi bir mos holat bilan ham almashtirishga ruxsat etiladi, misol uchun 
suyuqlikning oqishini elektr toki, suvning qumlardagi harakatini issiklik uzatilishi 
bilan va b. 
3-tip – funksional o‘xshashligi – tirik mavjudotlarning harakatlarini 
modellashtirish tushuniladi. Bu turdagi modellarning asliga yaqin bo‘lishini 
ta’minlash maqsadida ko‘p holatlarda ular tirik mavjudotlar, insonlarga o‘xshash 


50 
qilib yaratiladi. Ularga misol sifatida elektromexanik va elektron «toshbaqa», 
«chuvalchang», «ayiqcha» va boshqalarni keltirish mumkin. Bu qatorga insonga 
qiyosan ishlangan robotlarni ham kiritish mumkin. Bunday modellar ustida ishlash 
o‘quvchilar uchun juda qiziqarli bo‘lib, bunda modelni avtomatlashtirish va 
mexanizatsiyalashtirish uchun cheksiz istiqbollar ochiladi.
Modellar dinamik va statik bo‘lishi mumkin. Texnik modellash jarayonida 
konstruksiyalash elementlarini o‘rgatish tajribali qator murakkab vazifalarni 
quyidagi tartibda bajarish ayni maqsadga muvofiqligi ko‘rsatadi: chizmalar 
eskizlarini o‘qish va tayyorlanadigan detallar konstruksiyasini tushuntirish, 
hisoblash asosida ayrim detallarning konstruksiyalarini o‘zgartirish, ana shu 
o‘zgartirishlarni chizmaga kiritish va kinematik sxemasini tuzish: detallarni 
biriktirish va mustaxkamlash yo‘llarini belgilash; detallarni yig‘ish jarayonida 
ularni o‘rnatish joylarga ko‘ra konstruksiyalash; konstruksiyada еtishmaydigan 
detallar va uzellarni konstruksiyalash; texnik talablar, shuningdek topshiriq 
bo‘yicha yoki ixtiyoriy ravishda detallar tayyorlash, detallarni uzellarga, uzellarni 
detallarga yig‘ish va modelni ishda sinab ko‘rish aniqlangan kamchiliklarni 
tuzatish, modelni takroran ishda sinab ko‘rish va pardozlash. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling