Цзбекистон республикаси


I. Boshlang‘ich dizayn ta’limi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

I. Boshlang‘ich dizayn ta’limi 
Boshlang‘ich dizayn ta’limini berishda I-IV sinflar uchun texnologiya 
darslarida, sinfdan tashqari ishlarda Davlat ta’lim standartlariga asosan 
o‘quvchilarda quyidagicha bilim, ko‘nikma va malakalarni rivojlantirish ko‘zda 
tutilgan.
 
I sinf: Buyumlarni kuzatish asosida tasvirlarni chizish va bo‘yash 
mashqlarini bajarish. Buyumlar to‘g‘risida bilimlarni rivojlantirish. Buyumlarni 
oddiy bezak naqshlarini o‘ziga qarab chizish. Geometrik shakllardan naqshlar 
hosil qilishga o‘rganish. Materiallar haqida dastlabki ma’lumotlar. Asbob 
uskunalar haqida dastlabki ma’lumotlar. Qog‘ozdan va kartondan eng oddiy 
shakldagi buyumlarni qirqib tayyorlash, ularning rasmini chizish, bo‘yash hamda 
eng oddiy naqshlar bilan bezash.
II sinf: Yasagan o‘yinchoqlar rasmini chizish, bo‘yash va shu o‘yinchoqni 
yangi shaklini yoki ayrim qismlarini o‘zgartirilgan variantlarini ishlash. Bir necha 
turdosh o‘yinchoqlar tahlilini o‘tkazish. Turli kasb mahsulotlari bilan tanishish. 
Kasblar uchun asboblar tasvirini chizish. Turli buyumlarni bezash uchun oddiy 
naqshlar chizish va bo‘yashga o‘rganish. Materiallarning xususiyatini o‘rganish.
III sinf: Tekis geometrik shakllarning bir-biriga nisbatan katta-kichikligi va 
shakli bo‘yicha mutanosibligi qoidalarini bilish. Shakllar bo‘yicha va ranglar 
mutanosibligi qoidalari bilan dastlabki tanishtirish. Naqshlardagi elementlarni 
davriy takrorlash va simmetriya qoidalari bilan tanishtirish. O‘yinchoqlar yasash 
va naqsh bilan bezash, namunaviy buyumlarni shakli va ranglarini o‘zgartirib 


54 
ishlash. Applikatsiya va mozaika usulida oddiy tasvirlar ishlash ko‘nikmalarini 
rivojlantirish. Milliy hunarmandchilik buyumlari bilan tanishtirish. 
IV sinf: Turli tekis va hajmli shakllarning o‘zaro mutanosibligi qoidalari 
bilan tanishtirish. Turli mavzularda kompozitsiya tuzish. Shu buyumlarga mos 
bezak elementlaridan foydalanish haqida dastlabki tushuncha hosil qilish. Turli 
shakllarni soni va o‘zaro joylashuviga bog‘liq mutanosiblik qoidalari. Turli 
materiallardan o‘yinchoqlar loyihalash. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling