Цзбекистон республикаси


Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

Mavzuni mustahkamlash uchun savollar


44 
1. Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda bir xil tipdagi qurilmalar
modellar va maketlarni tayyorlashda ta’limning qanday shaklidan foydalaniladi? 
2. Konstruktorlik hujjatlarga qanday shaklidagi hujjatlar kiradi? 


45 
10-mavzu: TEXNIK LOYIHALASh 
REJA 
1. Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari. 
2. Ijodkorlik masalalarini tadqiq qilish uslublari. 
 
Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari. Bilimlarni to‘g‘ri 
idrok etishlari, anglashlari, eslab qolishlari va amalda ijodiy qo‘llashlari, zarur 
ko‘nikma va malakalarni egallashlari uchun didaktika va prinsiplari va 
o‘rganiladigan materialning xarakteriga muvofiq mehnat ta’limining eng samarali 
metodlaridan 
foydalanishi 
kerak. 
Ma’lumki ta’lim metodining turli 
klassifikatsiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalarning texnik 
ijodkorligi amaliyoti uchun eng ma’quli o‘zaro bog‘liq ikkita jarayon-pedagogning 
rahbarlik faoliyati va talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati yaqqol namoyon 
bo‘ladigan - pedagog va talabalar ishining usullari bo‘yicha beriladigan metodlar 
klassifikatsiyasidir. Bu klassifikatsiya studentlarning mehnatga tayyorlanishi va 
unumli mehnatida asosiy o‘rinni egallaydi. 
Ijodiy faoliyat metodlarining ana shunday klassifikatsiyasi sifatida 
quyidagilar qabul qilinishi mumkin: 
6. Muammoli ta’lim metodlari - o‘quv materialini muammoli bayon etish
izlanish suhbatlari, tadqiqot metodi; 
7. Og‘zaki metodlar - ijodiy suhbat; 
8. Ko‘rsatmalilik metodlari - ratsionalizatorlik faoliyatini kuzatish, turli 
ijodiy ishlarni namoyish qilish; 
9. Amaliy ish metodlari - talabalarning mustaqil ijodiy ishlari, texnik 
adabiyotlar va spravochniklar bilan ishlash; 
10. Nazorat qilish metodlari - ijodiy topshiriqlarni tekshirish, texnik 
masalalarni hal etish va ularni nazorat qilish. 


46 
Bunda pedagogning vazifasi har bir amaliy mashg‘ulotda texnik 
ijodkorlikning turli metodlarini uyg‘unlashtirib, talabalar o‘quv materialini chuqur 
o‘zlashtirishini ta’minlashdan iboratdir. 
Texnik ijodkorlikning turli metodlari va didaktik usullari o‘quv materialining 
mazmuniga va mashg‘ulotda hal qilinadigan didaktik hamda tarbiyaviy vazifalarga 
qarab har xil yo‘sinda qo‘shib va o‘zaro bog‘lab qo‘llanadi. 
O‘quvchilarni ijodiy faoliyatga jalb etish bo‘yicha asosiy psixologik 
pedagogik talablarni bajarish bilan birga bunday faoliyatning mazmuniga 
qo‘yilgan maqsadga va o‘quvchilarning yoshiga muvofiq metodlarni tanlash ham 
katta ahamiyatga ega. 
Hozir qator samarador metodlar aniqlangan, ularga quyidagilar kiradi: 
buyumlarni konstruksiyalash (modellashtirish), manipulyativ konstruksiyalash, 
ma’lumotlari qisqartirilgan texnik xujjatlarni qo‘llash, ijodiy masalalarni hal 
qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari tayyorlangan konstruksiyalarni 
o‘zlashtirib, ishlarni qayta bajarish hayoliy eksperiment, texnik vositalar (shu 
jumladan trenajerlar) dan foydalanib kam-ko‘stlarini tuzatish kabilar. Ana shu 
metodlardan muayyan tartibda foydalanish o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini 
o‘stirish ularda texnik sohasidagi mehnatga qiziqish uyg‘otish imkonini beradi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling