Цзбекистон республикаси


REJA  1. Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

REJA 
1. Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari. 
2. Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari. 
 
Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari. Ta’lim 
jarayonining eng muhim komponentlari – uning tashkiliy shakllari. 
Oliy maktabda konstruksiyalash - texnologik masalalarni hal qilish uchun 
ta’limning kuyidagi shakllari eng samaralidir: texnik konstruksiyalash va 
modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar; brigada, individual, zveno 
shakllari va ularning turlari birlashmalari; har xil yoshdagi talabalardan iborat 
brigada va xokazolar. 
Texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, 
deganda o‘quv-mehnat faoliyatining izchil tashkil etilishi tushuniladi. Bu faoliyat 
ham jamoa, ham individual ish turlarini o‘z ichiga oladi va bu ishlar pedagog 
tomonidan tashkil qilinib, bunda talabalarning o‘quv materiallarini faol, ongli va 
mustahkam o‘zlashtirishi ko‘zda tutildi. 
Texnik konstruksiyalash va modellashtirishda bir xil tipdagi qurilmalar, 
modellar va maketlarni tayyorlash uchun ta’limning frontal shaklidan foydalanish 
maqsadga muvofiqdir. Bunda pedagog talabalar uchun tegishli murakkablikdagi 
ob’ektlarni tanlaydi. U konstruksiyalash bo‘yicha ta’limning frontal shaklidan 
foydalanishda butun gruppani modellashtirishning faqat bitta ob’ekt bilan 
shug‘ullanishga tayyorlaydi va bu tadbir uni tayyorlashga sarflanadigan vaqtni, 
texnik - texnologik hujjatlar hajmini, bir xil tipdagi asbob va moslamalarni, 
o‘xshash mehnat usullarini ko‘rsatish va xokazolarni ancha kamaytiradi. 
Talabalar 
bajarayotgan 
konstruktorlik-texnologik 
ishlar 
o‘zining 
murakkabligi va sermehnatligi bilan jamoa bo‘lib ishlashni taqozo qilsa ham, bir-
biriga yaqin va xarakteri jihatdan har xil bo‘lsa, mashg‘ulotni tashkil etishning 


42 
zveno shaklidan foydalaniladi. Ko‘pincha bunday hollarda murakkabroq bitta 
ob’ekt bilan 2-3 nafar va bundan ko‘proq talaba shug‘ullanadi. 
Tayyorlanadigan ob’ektlar o‘z mazmuniga ko‘ra bir xil va xarakteriga ko‘ra 
har xil bo‘lsa, texnik modellashtirish konstruksiyalash bo‘yicha amaliy 
mashg‘ulotni tashkil etishning individual shaklidan foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Bunday hollarda deyarli har bir talaba individual topshiriqni bajarishi 
pedagog uchun muayyan qiyinchilik tug‘diradi. Chunki bunday mashg‘ulotlarda 
ko‘pincha ayrim talabalarga yozma instruksiyalar tayyorlashga va ular ana shu 
instruksiyalar bo‘yicha yangi mavzu materialini o‘rganishlariga to‘g‘ri keladi. 
Mashg‘ulotni tashkil etishning aralash shaklidan modellashtirishning har xil 
ob’ektlarini bajarishda foydalaniladi. Shularga ko‘ra maktab o‘quv 
ustaxonalaridagi texnik konstruksiyalash va modellashtirish mashg‘ulotlarining 
tashkiliy shakllarini dasturdagi o‘rganilayotgan mavzuning mazmuniga, 
ob’ektlarning xarakteriga, pedagogik va ishlab chiqarish talablariga qarab 
tanlanadi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling