Цзбекистон республикаси


O‘quvchilar bilan individual ishlar olib borish


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

O‘quvchilar bilan individual ishlar olib borish. O‘quvchilarni maktabdan 
va sinfdan tashqari ishlarni har xil formalarda tashkil qilishning asosiy vazifasi
ularni ijtimoiy foydali faoliyatda faol ishtirok etishni, shaxsiy qiziqishlarini
moyilligi va imkoniyatlarini to‘liq ishga solishdan iboratdir. Maktabdan va sinfdan 
tashqari ishlarga pedagogik rahbarlik qilishdan maqsad o‘quvchilarni mustaqil 


75 
hayotga tayyorlash faqat maktabdagina emas balki ijtimoiy tashkilotlar orqali 
texnik ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Maktabdan va sinfdan 
tashqari ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi umumiy o‘rta maktablarida 
fanlardan olgan bilimlarini texnik masalalarni еchishga to‘liq safarbar etishdir. 
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va olib borish ta’lim va 
tarbiyaning umumiy prinsiplari asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilarning mehnat 
va texnika turlari bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini quyidagi 3 ta 
guruhga birlashtirish mumkin: 
1. O‘quvchilarning individual ishlari. 
2. O‘quvchilarning 
qiziqishiga 
qarab 
to‘garaklar, 
klublar, 
ijodiy 
birlashmalariga gruppaviy mashg‘ulotlar. 
3. Juda ko‘p sonli o‘quvchilar ishtirokidagi ommaviy tadbirlar 
O‘quvchilarning individual ishlar bilan shug‘ullanishi bu ijodiy jamoada 
ishlashiga zamin yaratadigan ijodga qiziqishning boshlang‘ich bosqichi 
hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar o‘zidan katta yoshdagi o‘quvchilar, o‘qituvchi 
yoki boshqa mutaxassisning rahbarligida har xil texnika va texnologiyalarni 
modellashtirish va loyihalashtirish bilan shug‘ullanishida texnikaning biror turiga 
qiziqadigan o‘quvchilar bir-biri bilan xabarlashib guruhlarni tashkil qiladi
natijada texnik to‘garaklar paydo bo‘ladi. To‘garaklardan еtishib chiqqan 
o‘quvchilarni ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha chuqur shug‘ullanishga rahbarlik qilish 
ham individual ish turiga kiradi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling