Цзбекистон республикаси


Maktabdan tashqari ishlarning ommaviy formasi


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

Maktabdan tashqari ishlarning ommaviy formasi. Har xil turdagi ijodiy 
birlashmalari, to‘garaklar o‘quvchilarning ma’lum qisminigina o‘z ichiga oladi. 
Hamma o‘quvchilarning ijodiy faoliyatdan bo‘lgan ijobiy munosabatlarini 
rivojlantirish maqsadida har xil ommaviy ishlar olib boriladi. Bunday formadagi 
ishlarni tashkil qilishdan asosiy maqsad ijobiy texnik birlashmalarga ko‘p 
o‘quvchilarni jalb etishga zamin yaratadi. Ular quyidagi tartibdagi tadbirlar: 
- ilmiy texnik kechalar, ratsionalizatorlar, ixtirochilar va ishlab chiqarish 
xodimlari bilan uchrashuv, musobaqalar (texnik, sport) olimpiadalar o‘tkazish. 
Ishchi kasbi mehnat mahorati bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish, yosh ratsionalizatorlar 
faoliyati va texnik konferensiyalar o‘tkazish. O‘quvchilar texnik ijodkorligi 
ko‘rgazmasini tashkil qilish, mehnat bayrami va boshqalar.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. O‘quvchilarni maktabdan tashqari ishlarga jalb qilishning qanday formalari 
mavjud
.
2.
Maktabdan tashqari ishlarning ommaviy formasi haqida qo‘shimcha 
ma’lumotlar keltiring. 
 
 


78 
17-mavzu: O‘QUVChILARNING TEXNIK IJODKORLIK 
BIRLAShMALARIDA IShLARNI TAShKIL QILISh 
REJA 
1. O‘quvchilarning texnik ijodkorligi birlashmalarida ishlarni tashkil 
kilish mazmuni va metodi. 
2. Talabalarning ilmiy-tadqikot ishlari. 
3. Talabalar ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish. 
 
O‘quvchilarning texnik ijodkorligi birlashmalarida ishlarni tashkil kilish 
mazmuni va metodi. Hozirgi kunda Respublikamizda juda ko‘p ixtisosliklar 
mavjud. Bu ixtisosliklarda har xil turdagi texnik ob’ektlar va moslamalar 
ishlatiladi. Shuning uchun texnika bo‘yicha maktabdan tashqari tadbirlarni tashkil 
qilishda o‘quvchilarning o‘z xohishi moyilligiga va qiziqishiga qarab tanlash 
prinsipiga asosan sharoit tug‘dirib berish zarur. Kichkina maktablarda bitta 
mehnat ta’limi o‘qituvchisi o‘quvchilarning texnikaning barcha yo‘nalishlari 
bo‘yicha qiziqishlari qondira olmaydi. Agarda katta maktab bo‘lsa unda 2-3 
mehnat ta’limi o‘qituvchilari ishlasa unda o‘quvchilarning texnik to‘garaklar 
bo‘yicha ixtisos va qiziqishlarini qondira olishlari mumkin. To‘garak ishlarining 
yo‘nalishlari maktab ma’muriyati ehtiyojidan kelib chiqib o‘zi belgilaydi. Bunda 
maktab atrofida joylashgan ishlab chiqarish korxonasini harakter i, pedagogik 
kadrlarning salohiyati, maktab moddiy texnik bazasi va uni rivojlantirish 
imkoniyatlari inobatga olishi zarur. 
Agarda maktab miqyosida tashkil etilayotgan to‘garaklar o‘quvchilarning 
ehtiyojiga mos kelmasa u holda rayon va shahar miqyosidagi to‘garaklarda 
ishtirok etishlari mumkin. Har bir yo‘nalish bo‘yicha ochilgan to‘garak faoliyatida 
o‘quvchilar umumiy va xususiy vazifalarni amalga oshiradilar. Xususiy 
masalalarni hal etish uchun texnik to‘garaklar tipaviy dasturi, me’yoriy hujjatlari 


79 
bo‘yicha to‘garak tashkilotlari va rahbarlari o‘quvchilar bilan olib boriladigan 
ishlarni mazmuni, formasi va metodlarini ishlab chiqadilar.
Texnik to‘garaklar Respublika ta’lim markazi tomonidan tasdiqlangan dastur 
asosida olib boriladi. To‘garak ishlari maktabdan tashqari mashg‘ulotlarning 
dasturiga asosan mavzular har xil bo‘lish mumkin. Ular shug‘ullanishi yiliga qarab 
boshlang‘ich, asosiy va yuqori darajadagi guruhlarga bo‘linadi. To‘garaklarni 
tashkil qilish jarayonida rahbar o‘zining tayyorgarlik darajasi, maktabning 
moddiy-texnik bazasining imkoniyati va o‘quvchilarning qiziqishiga qarab 
dasturga ma’lum o‘zgartirishlar kiritish mumkin. Har tomonlama fikrlab 
tuzilmagan rejasi quyilgan maqsadga erishish qiyin. Shuning uchun to‘garak 
ishlarini rejasi, strukturasida quyidagi bo‘limlar bo‘lishini tavsiya etadi: 
1. Umumiy qism; 2. Ta’lim tarbiya ishlari; 3. Metodik ishlanmalar;
4. Ommaviy tadbirlar; 5. Xo‘jalik ishlari. 
To‘garaklarni tuzilgan yillik rejasi maktab direktori yoki maktabdan tashqari 
o‘quv muassasining direktori tomonidan tasdiqlanadi. 
To‘garak ishlari boshlangunga qadar uning rejasi tasdiqdan o‘tadi. To‘garak 
rahbari to‘garak ishtirokchilarining bilim va ommaviy ko‘nikma darajasi 
bo‘lmaganligi uchun uning rejasini amalga oshirishda rahbarga qiyinchilik 
tug‘diradi. Birinchi darsdan keyin o‘quvchilar o‘zlarini qiziqish va moyilligiga 
qarab texnik ob’ektlarni tanlaydilar, reja loyihasini muhokama qilishda uning 
a’zolarini fikr va mulohazalarini e’tiborga olish zarur. Har bir mashg‘ulotga 
to‘garak rahbarlari zarur bo‘lgan asbob - uskuna, material va zaruriy adabiyotlarni 
tayyorlab qo‘yadi. 
O‘quvchilarni texnik to‘garaklarga qabul qilish ma’lum bir mezonlar asosida 
qabul qilinadi. Texnik ijodkorlik faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun 
o‘quvchilar maktab ustaxonasida mehnat darslarida ma’lum darajali 
tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi lozim. Agar o‘quvchi mustahkam bilim va amaliy 
ko‘nikmaga ega bo‘lsagina texnik ijodkorligi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlariga 


80 
erishish mumkin. O‘quvchilarni yoshi va individual xususiyatlari ma’lum texnik 
to‘garaklar qabul qilish bo‘yicha mezon hisoblanadi. Imkon darajasida to‘garak 
a’zolarining yoshlari bir xil bo‘lsa 1-2 yosh farqi bilan to‘garakni komplektlash 
mumkin. Undan tashqari to‘garak guruhlarini komplektlashda asosiy mezonlardan 
biri maktab o‘quvchilarining qaysi texnika turiga qiziqishlaridadir. Har doim 
to‘garaklarga o‘quvchilar rejasidagidan ko‘proq qabul qilinadi, sababi bilib - 
bilmay to‘garakka kirib qolgan o‘quvchilarni tashlab ketishadi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling