Цзбекистон республикаси


Yangi axborot texnologiyalari


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

Yangi axborot texnologiyalari - axborotlarni qabul qilish, qayta ishlash va 
yangi axborotni yaratish bilan shug‘ullanuvchi texnologiyalarni kompyuterlar 
asosida joriy etish, ya’ni belgilangan faoliyat turini amalga oshiruvchi 
kompyuter va unda joriy etilgan dasturiy ta’minotni yuritish majmuasi. 
To‘garak tiplari: tayyorlov texnik to‘garagi; fan (ilmiy-texnik) to‘garagi; 
sport-texnik to‘garagi; ishlab-chiqarish texnik to‘garagi; badiiy-amaliy to‘garaklar.
Ixtirochilik - ilmiy g‘oyalarining texnik еchimlarga ijodiy tadbiqi, ilmiy 
texnika taraqqiyoti sur’atlarini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich, yangi texnika va
texnologiyalar yaratilishining mezoni hamda uning yuqori ilmiy-texnik 
darajasini ta’minlovchi omil hisoblanadi.
Ixtirochilik bilimlari - yangi texnik еchim ishlab chiqish uchun talab 
etiladigan tushuncha va tasavvurlarning bilish faoliyati mahsuli sifatida inson 
ongidagi tizimlangan in’ikosi. 
Ixtirochilik ko‘nikmalari - insonning maqsadga yo‘naltirilgan ijodiy 
faoliyatini anglangan nazoratni susaytirgan holda aqliy jarayon bosqichlarini tez 
va to‘laqonli amalga oshirish darajasini ifodalaydi.
Ixtirochilik malakalari - insonning mos ravishdagi ijodiy faoliyatini qisman 
avtomatlashgan tarzda, amalga oshiriladigan aqliy jarayon bosqichlarining faqat 
dastlabkisini anglagan holda amalga oshira olish darajasi. 
Masala - bu ko‘zlangan natijagaiaaa erishish yoki berilgan harakatni 
bajarish yo‘llari to‘g‘risidagi bilim va vositalarning еtarli darajada shakllantirilgan 
ifodasidir . 
Muammo - hal qilinishi talab etiladigan vazifa bo‘lib, uni amalga oshirish 
uchun zarur еchim yoki muqobil еchimlarni topishning imkoni bo‘lmaydi yoki 
ikkala sabab birga keladi. 


96 
Maqsad - faoliyatning avvaldan fikran o‘ylangan natijasi. Bevosita motiv 
sifatida maqsad inson faoliyatini muayyan yo‘lga boshlaydi va uni boshqaradi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling