Цзбекистон республикаси


  TAYANCH IBORA VA ATAMALAR


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

 


92 
TAYANCH IBORA VA ATAMALAR 
 
Ijodkorlik – yangi moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga yo‘naltirilgan 
faoliyat turi. 
Intellekt – shaxs aqliy qobiliyatlarining nisbatan turg‘un tuzilmasi. 
Ijodiy topshiriq – ob’ekt o‘lchamlarini orttirish yoki kamaytirish, 
buyumning detallari, uzeli yoki tarkibiy qismini puxtarog‘i bilan almashtirish 
orqali buyumni o‘zgartirishni ko‘zda tutadi.
Intuitsiya – bu sub’ekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan savol va 
muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan 
tajriba va bilimlar asosida topiladi. 
Intuitiv fikrlash jarayonlari amalga oshuvining tezligi, bos- qichlarning 
aniq farqlanmasligi, minimal darajadagi anglanganlik bilan tavsiflanadi.
Ijodiy fikrlash yangi buyumlar yaratilishi bilan xarakterlanib, uni hosil qilish 
uchun bilish faoliyatining o‘zida yangi motivatsiya va maqsadlarni yuzaga 
keltiradi.
Patent tadqiqotlari texnika ob’ektlarining rivojlanishi, texnik darajasi va 
taraqqiyot istiqbollarini aniqlash maqsadida olib boriladigan ilmiy tadqiqotlar 
bo‘lib, bunda ularning patent sofligi belgilanadi. 
Patent izlanishlari turli davlatlarning Ixtirolar xalqaro tasnifi bo‘yicha 
tasniflangan himoya hujjatlarini izlash va tahlil qilish. 
Bilimlar banki kompyuterlarda saqlanuvchi axborotlar jamlamasi bo‘lib, 
unda axborotlarning konsetpual birligini hosil qiluvchi ma’lumotlar belgilangan 
tartibda jamlab boriladi.
Ijod sifat jihatidan yangi va beqiyos, originalligi va ijtimoiy-tarixiy jihatdan 
nodirligi bilan o‘zgacha narsa yaratish faoliyati.  


93 
Kashfiyot – moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan ob’ektiv mavjud 
qonuniyatlar, xossalari va hodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning 
bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi ta’sirga ega bo‘ladi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling