92
TAYANCH IBORA VA ATAMALAR
Ijodkorlik – yangi moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishga yo‘naltirilgan
faoliyat turi.
Intellekt – shaxs aqliy qobiliyatlarining nisbatan turg‘un tuzilmasi.
Ijodiy topshiriq – ob’ekt o‘lchamlarini orttirish yoki kamaytirish,
buyumning
detallari, uzeli yoki tarkibiy qismini puxtarog‘i bilan almashtirish
orqali buyumni o‘zgartirishni ko‘zda tutadi.
Intuitsiya – bu sub’ekt tomonidan o‘ziga fikran qo‘yiladigan
savol va
muammolarga anglanmagan holatda yuzaga keluvchi javoblar bo‘lib, u to‘plangan
tajriba va bilimlar asosida topiladi.
Intuitiv fikrlash jarayonlari
amalga oshuvining tezligi, bos- qichlarning
aniq farqlanmasligi, minimal darajadagi anglanganlik bilan tavsiflanadi.
Ijodiy fikrlash yangi buyumlar yaratilishi bilan xarakterlanib, uni hosil qilish
uchun bilish faoliyatining o‘zida yangi motivatsiya
va maqsadlarni yuzaga
keltiradi.
Patent tadqiqotlari texnika ob’ektlarining
rivojlanishi, texnik darajasi va
taraqqiyot istiqbollarini aniqlash maqsadida olib boriladigan
ilmiy tadqiqotlar
bo‘lib, bunda ularning patent sofligi belgilanadi.
Patent izlanishlari turli davlatlarning Ixtirolar xalqaro tasnifi bo‘yicha
tasniflangan himoya hujjatlarini
izlash va tahlil qilish.
Bilimlar banki kompyuterlarda saqlanuvchi axborotlar jamlamasi bo‘lib,
unda axborotlarning konsetpual birligini hosil qiluvchi ma’lumotlar
belgilangan
tartibda jamlab boriladi.
Ijod sifat jihatidan yangi va beqiyos, originalligi va ijtimoiy-tarixiy jihatdan
nodirligi bilan o‘zgacha narsa yaratish faoliyati.
93
Kashfiyot – moddiy dunyoning ilgari ma’lum bo‘lmagan ob’ektiv mavjud
qonuniyatlar, xossalari va hodisalarni aniqlanishi bilan tavsiflanib, u insoniyatning
bilish darajasini tubdan o‘zgartiruvchi ta’sirga ega bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: