Цзбекистон республикаси


Loyiha - ko‘zda tutilgan ob’ektni yaratish uchun bajariladigan hisob-kitoblar  va grafik ishlarni qamrab oluvchi vazifalar majmui. Loyihalash


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

Loyiha - ko‘zda tutilgan ob’ektni yaratish uchun bajariladigan hisob-kitoblar 
va grafik ishlarni qamrab oluvchi vazifalar majmui.
Loyihalash - ko‘zda tutilgan yoki mavjudligi mumkin bo‘lgan ob’ekt, 
holatning timsoli - loyihasini yaratish jarayoni.
Ijodkorlik - inson faoliyatining shunday turiki, uning natijasida yangi 
moddiy yoki ma’naviy boyliklar yaratiladi. 
Modellashtirish 
- muayyan hodisa, jarayon yoki ob’ektlar sistemasini 
ularning modellarini yasab o‘rganish yo‘li bilan tekshirish; yangi yaratilayotgan 
ob’ektlar xarakteristikalarini aniqlash va ularni qurish. 
Loyihalashning samarali metodlari - buyumlarni konstruksiyalash
manipulyativ konstruksiyalash, ma’lumotlari qisqartirilgan texnik hujjatlarni 
qo‘llash, ijodiy masalalarni hal qilish, ijodiy topshiriqlarni bajarish, ilgari 
tayyorlangan konstruksiyalarni o‘zlashtirib, ishlarni qayta bajarish, xayoliy 
eksperiment. 
Evristik metod - bu yangi texnik еchimni yaratish maqsadida prototipni 
qanday qilib o‘zgartirishga oid yo‘riqlarning qisqacha tavsifi. 
Model – haqiqatdan ob’ektning shartli aks ettirilishi. 
Maket– ob’ektning konsturksiyasini yaqqolroq tasavvur etish imkonini 
beradigan umumiy hajmli tasviridir. 
O‘zaro o‘xshashlik – ikki predmet yoki hodisaning barcha mos joylaridagi 
nuqtalari bir xil o‘lchov birligida bir xil masshtabda bo‘lishi bilan belgilanadi. 
Dizayn - narsalar muhitining estetik va funksional sifatlarini shakllantirish 
maqsadiga qaratilgan loyihalash faoliyatining turlarini qamrab oladi. 


95 
Grafika - tasviriy san’at turi; rasm san’atiga asoslangan, lekin o‘z tasvir 
vositalari va ifoda imkoniyatlariga ega bo‘lgan bosma badiiy tasvirlar (gravyura, 
litografiya, monotipiya va b.) ni o‘z ichiga oladi.

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling