Цзбекистон республикаси


Kashfiyotning ishonchliligi -


Download 1.05 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/55
Sana20.11.2023
Hajmi1.05 Mb.
#1788654
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55
Bog'liq
“Техник ижодкорлик ва конструкциялаш” номли ўқув қўлланма ЛОТИН

Kashfiyotning ishonchliligi - ob’ektiv mavjud bo‘lgan qonuniyat, xususiyat 
yoki hodisaning kashfiyot sifatida tan olinishi uchun u nazariy yoki tajriba-sinov 
ishlari vositasida isbotlab berilmog‘i lozim. 
Kashfiyot uchun arizaning tarkibi 
- kashfiyot uchun tuziladigan ariza 
quyidagi hujjatlardan iborat bo‘lishi lozim: kashfiyot uchun diplom berilishini 
so‘rab yozilgan ariza, taxmin qilinayotgan kashfiyot tafsiloti, kashfiyot 
ustivorligini tasdiqlovchi hujjatlar, kashfiyot ishonchliligi va ahamiyati 
to‘g‘risidagi xulosa hamda yordamchi materiallar.
Ixtiro - xalq xo‘jaligi, ijtimoiy-madaniy qurilish yoki mudofaa sohasida 
masalani ijobiy samara beradigan qilib, yangichasiga va o‘ziga xos texnik hal 
etish. 
Ixtirochilik huquqi - kashfiyotlar bilan, ixtirolar va ratsionalizatorlik 
takliflar qilish va ulardan foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlarni 
tartibga soluvchi me’yorlar majmui. 
Patent hujjatlari - bu shunday hujjatlar yig‘indisiki, unda ilmiy-texnik 
tajribalar va loyiha konstruktorlik ishlanmalarning mazmuni kashf qilinganligi, 
foydali modeli hamda kashfiyotchining huquqini himoya qiluvchi ma’lumotlar 
bo‘lishi kerak. 
Metod - muayyan maqsadga erishish, konkret vazifani bajarish usuli, borliqni 
amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish (bilish) usullari yoki jarayonlar majmui. 
Shaxs xususiyatlari - turli xil sharoitlarda takrorlanuvchi, ma’lum darajadagi 
turg‘unlikka ega bo‘lgan individ faoliyatining ko‘rinishi. 
Ijodkorlik - inson faoliyatining shunday turiki, uning natijasida yangi 
moddiy yoki ma’naviy boyliklar yaratiladi. 


94 
Ish o‘rni 

ustaxona 
maydonining 
o‘quv ishlab chiqarish va 
konstruktorlik-texnologik ishlarni bajarishi uchun zarur uskunalar (verstak, 
stanok), asboblari va moslamalar maqsadga eng muvofiq holda joylashtirishgan 
qismi tushuniladi. 

Download 1.05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling