84
imkoniyatlarini o‘rganish kabi yaxlit majmuaviy faoliyat bilan belgilanadi.
Talabalar konstruktorlik byurolarida ijodiy mehnat asoslarini o‘rgatishdan maqsad
ratsionalizatorlik va ixtirochilik faoliyatida namoyon bo‘luvchi kasbiy faoliyatga
qiziqishni tarbiyalash, egallanayotgan faoliyat
sohasiga ijodiy munosabatni
shakllantirish va mustahkamlashdan iborat bo‘lib, bunday ta’lim o‘z kasbiga
bo‘lgan qiziqishni orttirishi, ta’lim va ishlab
chiqarish texnologiyalarini
takomillashtira oladigan mutaxassisni tarbiyalashi bilan ahamiyatlidir. Talabalar
konstruktorlik byurolarida talabalar o‘z ilmiy-ijodiy ishlari yakunini ixtiro,
ratsionalizatorlik taklifi, referat, kurs va diplom ishlari
shaklida amalga oshirish
yo‘llarini o‘zlashtiradilar. Albatta, talabalarning bunday yuqori ko‘rsatkichlarga
erishishlari, ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatida ishtirok etishi bevosita
ularning bilim saviyasi bilan bog‘liq bo‘ladi. Bilim saviyasi yuqori bo‘lgan
talabalarning malaka tavsifi ortib boradi, kasbni egallash tezlashadi, ilmiy texnika
ijodkorligida ishtirok etish davri ertaroq boshlanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
1. To‘garak ishlarining yo‘nalishlari kim tomonidan va qanday qilib belgilanadi ?
2. To‘garak ishlarini rejasi, strukturasida qanday bo‘limlar bo‘lishi tavsiya etiladi?
3. O‘quvchilarni texnik to‘garaklarga qabul qilishning qanday mezoniga amal
qilinadi?
4. O‘quvchilarning mehnat va texnika turlari bo‘yicha
sinfdan va maktabdan
tashqari ishlarini qanday guruhlarga birlashtirish mumkin?
Do'stlaringiz bilan baham: