75
hayotga tayyorlash faqat maktabdagina emas balki ijtimoiy
tashkilotlar orqali
texnik ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashdan iboratdir. Maktabdan va sinfdan
tashqari ishlarni tashkil qilishning asosiy maqsadi umumiy o‘rta
maktablarida
fanlardan olgan bilimlarini texnik masalalarni еchishga to‘liq safarbar etishdir.
Sinfdan va maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va olib borish ta’lim va
tarbiyaning umumiy prinsiplari asosida amalga oshiriladi. O‘quvchilarning mehnat
va texnika turlari bo‘yicha sinfdan va maktabdan tashqari ishlarini quyidagi 3 ta
guruhga birlashtirish mumkin:
1. O‘quvchilarning individual ishlari.
2. O‘quvchilarning
qiziqishiga
qarab
to‘garaklar,
klublar,
ijodiy
birlashmalariga gruppaviy mashg‘ulotlar.
3. Juda ko‘p sonli o‘quvchilar ishtirokidagi ommaviy tadbirlar
O‘quvchilarning individual ishlar bilan shug‘ullanishi bu ijodiy jamoada
ishlashiga zamin yaratadigan ijodga qiziqishning boshlang‘ich
bosqichi
hisoblanadi. Bunda o‘quvchilar o‘zidan katta yoshdagi o‘quvchilar, o‘qituvchi
yoki boshqa mutaxassisning rahbarligida har xil texnika va texnologiyalarni
modellashtirish va loyihalashtirish bilan shug‘ullanishida texnikaning biror turiga
qiziqadigan o‘quvchilar bir-biri bilan xabarlashib
guruhlarni tashkil qiladi,
natijada texnik to‘garaklar paydo bo‘ladi. To‘garaklardan еtishib chiqqan
o‘quvchilarni ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha chuqur shug‘ullanishga
rahbarlik qilish
ham individual ish turiga kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: