D. A. Boymatova O‘zbek tilining sohada qo’llanilishi


komponentlari ruscha-baynalmilal termin yoki termin-elementlardan iborat, rus tilidan tayyor holda o‘zlashtirilgan qo‘shma terminlar


Download 316.39 Kb.
bet27/49
Sana21.10.2023
Hajmi316.39 Kb.
#1714531
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi d-fayllar.org

komponentlari ruscha-baynalmilal termin yoki termin-elementlardan iborat, rus tilidan tayyor holda o‘zlashtirilgan qo‘shma terminlar. Bunday terminlar uchta holatda yuzaga keladi:

- agar ruscha-baynalmilal qo‘shma terminning har ikkala komponenti o‘zbek tilida mustaqil termin yoki terminelement sifatida qo‘llansa, bunday terminlar o‘zbek tilida ham qo‘shma sanaladi. Masalan: karbonvodorod, elektrstansiya, radiostansiya, radiolampa, kinokomediya, kvarsgenerator, kristallgidrat kabi.

40

  • birinchi komponenti muntazam takrorlanuvchi (anti-, avto-) elementdan tashkil topgan qo‘shma terminlar. Masalan: antikosinus, antiparallel, antisimmertiya, avtokataliz, avtokran, avtorentgen, avtobenzin kabi.


-boshqa holatlarda esa, ya’ni qismlarga ajraluvchi ruscha terminlarning muayyan qismi mustaqil termindan va de-, per-, re-, so-, sub- kabi prefikslardan iborat bo‘lganda yoki ikkinchi komponenti mustaqil qo‘llanmaydigan suffiksoid orqali ifodalanadi: depolyarizator, peroksid, reekstraksiya, rekristallizasiya, sopolimer, suboksid kabi.




  1. Turli tillarga mansub so‘z birliklardan hosil bo‘lgan (gibrid) qo‘shma terminlar. Bunday terminlar ikkita boshqa-boshqa qatlamlarga oid so‘zlarning o‘zaro birikuvidan hosil bo‘ladi. Adabiyotlarda bunday terminlarni “duragay qo‘shma so‘zlar3” yoki gibrid terminlar4 deb yuritmoqdalar. Bunday terminlar ikki xil bo‘ladi:

a) gibridlarning har ikkalasi ham ruscha-baynalmilal, ham o‘zbekcha komponenti mustaqil ma’no va qo‘llanishga ega bo‘lgan so‘z-terminlardan iborat bo‘ladi: karbonsuvlar, elektrarra, xlorsirka, limitko‘rsatkich, elektrasbob, yodmoy va boshqalar.

b) baynalmilal komponenti avto-, azo-, nitro-, psevdo- singari aniqlovchilar bilan ifodalangan gibrid terminlar. Masalan, avtosug‘orgich, agroqoida, azoqo‘shilma, allodolchin kislota, antixossa, aeropurkagich, geteroqutbiylik, gidroqurilma, izotuzilish, makrodunyo, mikroiqtisod, pnevmog‘ildirak, psevdoko‘paytma, protoyulduz, fotoqog‘oz, infraqizil, ultrako‘paytma, multiturg‘unlik, videoyozuv kabi.

S.Usmonov metaforaga bag‘ishlangan maqolasida shunday bir dalilni alohida ta’kidlab o‘tgan edi: Qo‘shma so‘z sostavidagi komponentlar, ko‘pincha, ko‘chgan ma’noga ega bo‘ladi. O‘simliklarning nomlari bu jihatdan juda xarakterli.

Masalan: bo‘tako‘z (gul), otquloq, echkiichak, echkisoqol, eshakmiya, chumchuqtil, ho‘kiztili... itburun (o‘simlik) va boshqalar5.

Tilshunos M.Mukarramov metaforalarning qo‘llanish xususiyatlari haqida so‘z yuritib shunday degan edi: «… metaforalar doimo bir so‘zdan tarkib topmay, balki birikmali bo‘lishi ham mumkin»6. O‘simliklarning nomlari bu jihatdan juda xarakterli. Masalan:





  1. Download 316.39 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling