D. A. Boymatova O‘zbek tilining sohada qo’llanilishi


Komponentlari bir leksik qatlamga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar


Download 316.39 Kb.
bet26/49
Sana21.10.2023
Hajmi316.39 Kb.
#1714531
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi d-fayllar.org

Komponentlari bir leksik qatlamga mansub so‘z birliklaridan hosil etilgan qo‘shma terminlar. Bunday qo‘shma terminlar ham, o‘z navbatida, ikkiga bo‘linadi:
39



  1. o‘zbek tilida avvaldan qo‘llab kelingan o‘zbekcha, arabcha, forscha so‘zlarning o‘zaro qo‘shilishidan yuzaga kelgan qo‘shma terminlar. Bunday terminlar quyidagi ko‘rinishlarga ega:


Ot+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar. Bu model botanika, zoologiya singari tabiiy fanlarda, ularning terminologik tizimida mahsuldor hisoblanadi. Masalan: ayiqtovon, ituzum, tuyaqush (botanika) kabi. Keyingi davrda texnikaning bir qator terminologik tizimlarida ham shu tpidagi qo‘shma terminlar miqdori ortib bormoqda: qismfazo, tagmaxraj, ustmaydon, olovbardoshlik(fizika-matem.); qayin ona, katta buva (qarindoshlik); tintuv qilish, huquqni cheklash (yuridik) kabi.


Sifat+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar qo‘proq tabiiy fanlar terminotizimida uchraydi: to‘g‘ri burchak, qo‘shbog‘, issiqbardoshlik, sovuqbardoshlik (fizika-matem.); huquqiy norma, yuridik konsultatnt (yuridik) kabi.


Son+ot modelida yasalgan qo‘shma terminlar matematika fanida ko‘proq qo‘llaniladi: uchhad, birhad, o‘nyoq, beshyoq, yarim doira, yarimyig‘indi, yarimfazo, yarimo‘tkazgich (fizika-matem.) kabilar.


Ot+fe’l modelida yasalgan qo‘shma terminlar. Bunda ikkinchi komponentga – ar sifatdosh ko‘rsatkichi qo‘shiladi. Masalan: o‘g‘itsepar, markaztopar, go‘ngsochar (botanika), xususiy ajrim, adolatli sudlov (yuridik) kabi.
Keyingi vaqtlarda ikkinchi komponentga –gich (-kich, - qich, -g‘ich) affiksi bilan ham ko‘plab yasalmoqda: havo qizdirgich, havo haydagich, go‘ng sepkich, urug‘ o‘tkazgich, oqim keskich, ko‘chan tutqich, xamirkeskich, go‘shtqiymalagich, yashinqaytargich kabi.

Ravish+ ot yoki harakat nomi modelida yasalgan qo‘shma terminlar: o‘ta tuyinish (xim.), o‘takuchlanish, o‘taqizitish, o‘tauyg‘onish (fiz.), o‘ta struktura, chala o‘tkazgich, qisqa tutashuv kabi.




  1. Download 316.39 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling