D. A. Boymatova O‘zbek tilining sohada qo’llanilishi


Leksik va talaffuz me’yorlarining o‘ziga xos tomonlari


Download 316.39 Kb.
bet31/49
Sana21.10.2023
Hajmi316.39 Kb.
#1714531
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi d-fayllar.org

2. Leksik va talaffuz me’yorlarining o‘ziga xos tomonlari.
O‘zbek adabiy tilida, asosan,quyidagi me’yorlar farqlanadi: 1)leksik (so‘z qo‘llash) me’yorlar; 2)talaffuz (orfoepik)me’yorlari; 3)so‘z yasalish me’yorlari; 4) morfologik me’yorlar; 5) sintaktik me’yorlar; 6)uslubiy me’yorlar. Tabiiyki, adabiy tilning yozma shaklida imlo (orfografik ) va tinish belgilari (punktuatsion) me’yorlari ham mavjud bo‘ladi. Bu me’yorlar mutaxassislar tomonidan til qonuniyatlari, shuningdek, tarixiy an’analarga suyangan holda aniq qoidalar shaklida tayyorlanadi va tegishli davlat va tashkilot tarafidan tasdiqlanadi. O‘zbek tili dunyodagi qadimiy va rivojlangan tillardan biri sifatida benihoya boy leksik xazinaga ega. Bu xazinadagi so‘zlarning ba’zilari eng qadimgi davrlardan beri yashab kelayotgan bo‘lsa, ba’zilari nisbatan keyinroq paydo bo‘lgan, yana ayrimlarining ma’no miqdori ortgan, boshqalarida esa bu miqdor kamaygan. Jamiyatning moddiy va ma’naviy hayotida yuz bergan tarixiy o‘zgarishlar tilning, eng avvalo, lug‘at boyligida o‘z aksini topadi. SHuning uchun ham leksik me’yorlar boshqa meyorlarga qaraganda anchayin harakatchan bo‘ladi. Buning

47
Aytish lozimki, leksik me’yor lug‘atlarda, xususan, izohli lug‘atlarda o‘z aksini topadi, zotan, izohli lug‘atlarga birinchi navbatda adabiy til leksikasi kiradi. To‘g‘ri, adabiy me’yordan tashqaridagi so‘zlarning ma’lum qismi ham izohli lug‘atdan o‘rin oladi, ammo ular "esk."(eskirgan), "s.t." (so‘zlashuv tili), "dial."(dialektal), "folk."(folklor), "tar."(tarixiy) kabi izohlar bilan beriladi. "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" (2 tomlik. Moskva, 1981.)da "Mazkur lug‘at hozirgi o‘zbek adabiy tilining normativ lug‘atidir. SHunga ko‘ra lug‘atga, xususan, hozirgi zamon o‘zbek tilida keng iste’molda bo‘lgan so‘z va frazeologik iboralar kiritilgan" deb ta’kidlangan. Aytish joizki, bugun mazkur lug‘atdagi anchagina so‘zlar hozirgi adabiy tilimiz me’yorlaridan chikdi, bir qancha so‘zlar me’yorga kirdi. SHuning uchun yangi 5 jildli "O‘zbek tilining izohli lug‘ati" tayyorlandi va nashr etildi (Toshkent: "O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi"Davlat ilmiy nashriyoti, 2006-2008). Tilning leksik me’yorlarini belgilashda o‘z va boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlarga munosabat masalasi o‘rtaga chiqadi. Dunyo mamlakatlarining ko‘pchiligida vaqti-vaqti bilan bu borada tilga puristik yondashuv ko‘zga tashlanadi.Aslida purizm (lotincha — purus "toza, sof") tilning tozaligini saqlashga urinish ma’nosida ijobiy hodisa. Ammo tildagi har qanday o‘zlashmalarga keskin qarshi, o‘ta konservativ bir harakat o‘laroq, salbiy harakat deb baholanadi.









Download 316.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling