D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


u:-u zidlanishi: bu:z (muz) - buz (buzmoq), u:ch (uchi) - uch (uchmoq), du:z  (tuz) - duz (tekislik);  e:-e


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/75
Sana02.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1739637
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75
Bog'liq
2.10. ozbek tili fonetikasi

u:-u zidlanishi: bu:z (muz) - buz (buzmoq), u:ch (uchi) - uch (uchmoq), du:z 
(tuz) - duz (tekislik); 
e:-e zidlanishi: ge:ch (kech) - gech (tun), er (er kishi) - e:r (erta), esh (eshmoq) 
- e:sh (o‘rtoq); 
o:-o zidlanishi: o:t (organizm, o‘t)-ot (o‘tmoq), o:r- (qaysar) or (o‘rmoq), go:r 
(qabr)-gor (ko‘rmoq); 
o:-o zidlanishi: o:t (olov) - ot (maysa), qo:y (qo‘y), - qoy (qoldirmoq), o:y 
(kavlamoq) - oy (o‘y, fikr) va boshqalar. 
a:-a zidlanishi: a:d, a:t (ism) - at (hayvon), a:sh (ovqat) - ash (orttirmoq, 
o‘tmoq), da:sh (tosh)-dash (toshmoq), ya:t-(begona)-yat (yotmoq), ya:n (yon tomon)-
yan (yonmoq), sa:ch -(soch)-sach (sochmoq) va boshqalar.
1
Ko‘rinib turibdiki, o‘zbek tilining o‘g‘iz shevalarida cho‘ziq va qisqa unlilar 
zidlanishi ma’no farqlash uchun xizmat qiladi va fonologik qimmatga ega bo‘ladi. 
O‘zbek tili shevalarida ikkilamchi cho‘ziqlik (buni fakultativ cho‘ziqlik ham 
deyiladi) ko‘p uchraydi. Bunday cho‘ziqlik o‘g‘iz shevalarida ham, qipchoq 
shevalarida ham keng tarqalgan. Bunday ikkilamchi cho‘ziqlik (fakultativ cho‘ziqlik) 
o‘g‘iz va qipchoq shevalarida, ba’zan qorluq shevalarida ham y, g, g‘, ng, h singari 
undoshlarning tushishi va buning hisobiga tushayotgan undosh oldidagi unlining 
cho‘zilishi natijasida yoki tushayotgan undosh intervokal holatda bo‘lsa, ikki 
tomonda kelgan unlining qo‘shilishi natijasida paydo bo‘ladi. Undoshning ikki 
tomonida kelgan unlilar bir tipdagi va turli tipdagi unli bo‘lishi mumkin. Masalan, 
qipchoq shevalarida: o‘:l (o‘g‘il), o:r (og‘ir), ba:r (bag‘ir) va boshqalar. 
Shu bilan birgalikda, ayrim o‘zbek shevalarida fonologik vazifa bajarmaydigan 
o‘ta cho‘ziqlik - emfatik cho‘ziqlik ham uchraydi. Bunday cho‘ziqlik Namangan 
shevasida ko‘proq kuzatiladi. Ayniqsa, hozirgi-kelasi zamon shakli sistemali ravishda 
emfatik cho‘ziqlik bilan talaffuz qilinadiki, bu xususiyat Namangan shevasini boshqa 
shevalardan farqlab turadi. Masalan, mem b’lme:me: (men bilmayman), sem 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling