D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Tayanch termin va iboralar


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/75
Sana02.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1739637
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75
Bog'liq
2.10. ozbek tili fonetikasi

Tayanch termin va iboralar 
Asosiy belgilar, qo‘shimcha belgilar, indifferent, konvergent, geminata, 
kenglik-torlik, lablanishlik-lablanmaslik, qator belgisi, nazallik belgisi, cho‘ziq - 
qisqalik belgisi, markaziy belgilar, relevant belgilar, chegara belgilar, irrelevant 
belgilar, oppozitsiya. 
 
 O‘ZBEK TILI KONSONANTIZMI 
 
Reja: 
1. 
Undoshlarning asosiy, fonologik muhim belgilari. 
2. 
Undoshlarning qo‘shimcha, fonologik nomuhim belgilari. 
3. 
Undoshlar tavsifi (xarakteristikasi). 
 
Fonemaning muhim funksional belgisi distinktivlikdir.
1
Farqlash tushunchasi 
zidlash tushunchasini taqozo etadi. N.S.Trubetskoyning ta’kidlashicha, ikki narsa bir-
biriga zidlanganidagina o‘zaro farqli belgisi namoyon bo‘ladi. Xuddi shuningdek, 
tovushlarning belgisi ham boshqa shunga yaqin tovushlarning belgisiga 
zidlangandagina, uning ma’no farqlash (distinktiv) funksiyasi namoyon bo‘ladi. 
Shuning uchun ham til birliklarining farqlanishida lingvistik zidlanishlar muhim o‘rin 
egallaydi. 
Fonologik zidlanishlar tasnifida ularning ma’no farqlash va ma’no farqlamaslik 
belgisi muhim ahamiyatga ega. Bu belgiga ko‘ra fonologik zidlanishlar ma’no 
farqlovchi va ma’no farqlamaydigan zidlanishlarga bo‘linadi. 
Birinchi zidlanish fonologik muhim zidlanish sanalib, u morfema va 
so‘zlarning moddiy shakllantirish bilan birga, ularning ma’nolarini farqlash vazifasini 
bajaradi.
2
1
Трубецкой Н.С. Юқоридаги асар. –Б.38
2
Трубецкой Н.С. Ўша асар. –Б.39


29 
Tovushlar o‘zlarining fonologik muhim belgilari bilangina o‘zaro zid 
munosabatda bo‘ladi. Demak, har qanday fonema albatta ma’lum zidlanishning 
a’zosi bo‘ladi. Har qanday real talaffuz qilinayotgan tovush esa fonologik muhim 
bo‘lmagan belgilarga ham ega bo‘ladi. Demak, undoshlarda invariant-variant 
munosabatini belgilash uchun ularning fonologik muhim va nomuhim belgilarini 
ajratish katta ahamiyat kasb etadi. 
Undosh fonemalarning muhim belgilari korrelyativ va korrelyativ bo‘lmagan 
belgilar bo‘lishi mumkin.
1
Kamida ikki fonema o‘rtasida zidlanishga asos bo‘lgan 
belgilardan birining birida bor, ikkinchisida yo‘qligi bilan ajralib turadigan belgi 
korrelyativ belgi hisoblanadi. Belgilar majmuasi faqat birgina fonemaning o‘ziga xos 
bo‘lsa, bunday belgilar korrelyativ bo‘lmagan belgi hisoblanadi. Masalan «t» 
fonemasida jarangsizlik belgisi asosiy va korrelyativ belgidir. Chunki xuddi shu 
fonemaning asosiy belgilariga ega bo‘lgan, ammo undan boshqa korrelyativ 
belgisining borligi bilan (jaranglilik belgisining borligi bilan) ajralib turuvchi «d» 
fonemasi bor.
2
Undosh fonemalar o‘rtasidagi munosabatning turlicha tasnifi uchraydi. 
Masalan, L.L.Bulanin rus tilidagi barcha undoshlar besh farqlovchi belgi asosida 
o‘zaro oppozitsiyaga kirishi mumkinligini, bu besh belgi, o‘z navbatida, uch guruhni: 
asosiy, korrelyativ, nisbiy belgilarni hosil qilishini ko‘rsatadi.
3
Paydo bo‘lish o‘rni va usuliga ko‘ra undosh fonemalar belgisi asosiy, jarangli, 
jarangsiz, qattiqlik-yumshoqlikka ko‘ra belgisi korrelyativ, shovqinlilik-sonorlikka 
ko‘ra farqlovchi belgisi nisbiy belgilarga ajratiladi.

O‘zbek tilida undoshlarning fonologik oppozitsiyasini quyidagicha guruhlash 
mumkin: asosiy aktiv organga ko‘ra (paydo bo‘lish o‘rni va usuli belgisi); ovozning 
ishtirokiga ko‘ra.
5

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling