D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
Paydo bo‘lish usuli belgisi
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
Paydo bo‘lish usuli belgisi
Undoshlarning paydo bo‘lish usuliga ko‘ra oppozitsiyasi ikki belgiga asoslanadi: portlovchilik va sirg‘aluvchilik. P, b, t, d, m, n, ng, k, g va q- portlovchilar; f, v, z, s, sh, l, r, y, x, h, g‘ -sirg‘aluvchi; j va ch-portlovchi- sirg‘aluvchilardir. ch va j ham portlovchilar bilan ham sirg‘aluvchilar bilan zidlanib, bir qancha farqlovchi belgilarga ega. Ko‘rinadiki, paydo bo‘lish usuli belgisi ham undoshlarning muhim fonologik belgisi bo‘lib, bu belgiga ko‘ra ular o‘zaro ekvipolent zidlanishga kirishadi. Chunki oppozitsiya a’zolarining barchasi «paydo bo‘lish usuli» belgisiga ega. Bu belgiga ko‘ra oppozitsiya a’zolari uch kichik paradigmani tashkil etadi: a) portlovchilar; b) sirg‘aluvchilar; v) port-lovchi-sirg‘aluvchilar. Bunday zidlanuvchi guruhlarning birinchi va ikkinchisi uchun portlash yoki sirg‘alish belgisining mavjud yoki mavjud emasligi farqlovchi belgi hisoblanadi va bu ikki guruh zidlanishning ikki qutbini tashkil etadi. Zidlanishning chap qutbi «portlash» belgisiga ega bo‘lgan undoshlarni, o‘ng qutbi esa «sirg‘alish» belgisiga ega bo‘lgan undoshlarni o‘z ichiga oladi. Masalan, p bilan f, b bilan v, d bilan z, t bilan s, k bilan x kabi undoshlar o‘zaro ana shu belgiga ko‘ra zidlanadilar. 31 Shu bilan birgalikda, hozirgi o‘zbek adabiy tilida yana shunday undoshlar borki, ular yuqoridagi har ikki belgini o‘zida sinkret holda mujassamlaydi. Bunday undoshlarga ch va j undoshlari mansubdir. Undoshlarning paydo bo‘lish usuliga ko‘ra zidlanishini quyidagicha chizma orqali ifodalash mumkin: Shunday qilib, «paydo bo‘lish usuli» belgisiga ko‘ra undoshlar bir umumiy paradigmaga birlashsa ham, lekin paydo bo‘lish usulining turi belgisi asosida bu paradigma a’zolari uch kichik paradigmaga bo‘linadi. Portlovchi-sirg‘aluvchilar yuqoridagi ikki paradigma a’zolarining qutbiy zidlanishida oraliq holatni tashkil etadi. Oraliq holatdagi undoshlar har ikki qutbiy zidlanish munosabatida bo‘lgan paradigma a’zolari uchun xos belgilarni o‘zida ifoda etadi. Ana shunday qorishiq belgiga ega bo‘lishi bilan bu paradigma a’zolari qutbiy zidlanishdagi har ikki paradigma a’zolari bilan zidlanadi. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling