D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Qattiqlik-yumshoqlik belgisi


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/75
Sana02.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1739637
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75
Bog'liq
2.10. ozbek tili fonetikasi

 
Qattiqlik-yumshoqlik belgisi 
O‘zbek tilidagi undosh fonemalar nutqiy jarayonda qanday sintagmatik 
qurshovda kelishiga bog‘liq holda qattiqlik yoki yumshoqlik belgisiga ham ega 
bo‘ladi. 
Akademik G‘.Abdurahmonov va A.Rustamovlarning ta’kidlashlaricha, 
qadimgi turkiy tilda undosh fonemalarning hammasi palatal (ingichka yoki 
yumshoq) va velyar (qalin) variantlarga ega bo‘lgan. Bu undosh fonemalarning har 
biri old qator unlilari bilan kelganda ingichka, orqa qator unlilar bilan kelganda esa 
qalin talaffuz qilingan. Ingichkalik yoki palatallik tilning o‘rta qismining qattiq 
tinglay (palatum)ga, qalinlik (velyarlik) esa tilning orqa qismining yumshoq tanglay 
(velum)ga ko‘tarilishi natijasida vujudga keladi. Talaffuzning mana shu xususiyati 
bilan turkiy so‘zlar qalin yoki ingichka bo‘lgan: at-el,al-el,ut-ut,ol-ol va boshq. 
1
Hozirgi o‘zbek tilida palatal singarmonizm relikt hodisa bo‘lganligi tufayli, 
qattiqlik-yumshoqlik belgisi undoshlarning barchasi uchun emas, faqat ayrimlari 
uchun xos bo‘lib qolgan. 
Xususan, ng undoshi old qator unlili o‘zak tarkibida yoki shunday o‘zakli 
so‘zlarga qo‘shilganda ingichka, yumshoq, orqa qator unlili o‘zak tarkibida yoki 
shunday o‘zakli so‘zlarga qo‘shilganda esa qalin, qattiq talaffuz qilinadi. 
Qattiqlik-yumshoqlik belgisi bilan farqlanuvchi bu undosh bir xil sharoitda 
hech qachon biri o‘rnida ikkinchisi kela olmaydi. Shuning uchun zidlanuvchi a’zolar 
o‘zaro qo‘shimcha distributsiya munosabatida bo‘ladi. Bunday munosabatda bo‘lgan 
birliklar esa bir mohiyatning turli ko‘rinishlari, variantlari bo‘ladi.
2
 
Nazallik va nazal emaslik 
Yumshoq tanglay qo‘shimcha aktiv organ hisoblanadi. U quyi holatda og‘izdan 
chiqayotgan havo yo‘lini to‘sadi. Yumshoq tanglayning pastlashishi natijasida og‘iz 
bo‘shlig‘ida portlab chiquvchi burun sonantlari – m, n, ң, j lar o‘zlariga mos, burun 
tovush bo‘lmagan undoshlar bilan korrelyativ oppozitsiyaga kirishadi: m | p (b), n | t 
(d), ң | k, j | j. 
1
Абдураҳмонов Ғ.,Рустамов А. Қадимги туркий тил. -Т.,1982.-Б.10
2
Глисон В. Введение в дескриптивную лингвистику. -М.:Иностр.литер.,1969. -С.96;Березин Ф.М.История лингвистических 
учений.


34 
M va n tovushlari qadimiy tovushlar sifatida qaralishi kerak. Faqat keyingi 
burun undoshlarining assimilyativ ta’siri natijasida etimologik b (<*n) o‘rnida m ning 
qo‘llanilishi bundan mustanodir. Solishtiring: o‘zbek tilida men, tat. Min «men» 
(meng «xol» (<рun,), o‘zbek tilining qipchoq shevalarida «bo‘yin» (Yuqoridagi so‘zlar boshidagi m undoshi so‘z oxiridagi n, ng nazal 
undoshlarining regressiv assimilyatsiyasi natijasida etimologik nazal bo‘lmagan 
labial, portlovchi b, p undoshlarining nazallashuvidan hosil bo‘lgan. Hozirgi o‘zbek 
tilining ayrim shevalarida bir xil fonetik qurshovda (pozitsiyada) nazal va nazal 
bo‘lmagan undoshlarning ma’noga ta’sir etmagan holda o‘zaro ma’no almashinish 
holatlari uchraydi. Masalan, murun-burun, muncha-buncha kabi. Bu esa hozirgi 
o‘zbek tilida nazallik belgisining fakultativligini ko‘rsatadi. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling