D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/75
Sana02.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1739637
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75
Bog'liq
2.10. ozbek tili fonetikasi

 
Bir o‘lchovli zidlanishlarda zidlanuvchi a’zolarning zidlanishi uchun asos 
bo‘lgan belgi faqat shu zidlanish uchungina xos bo‘lib, zidlanish sistemasining 
boshqa a’zolarida uchramaydi. Shunga ko‘ra, [s] va [sh] zidlanishi aynan bir 
o‘lchovli zidlanish hisoblanadi. Chunki [sh] [s] dan “shippillovchi” ekanligi bilan 
farq qiladi va shu belgisi ularning o‘zaro farqlanishi uchun asos bo‘ladi. Bunday 
zidlanish sistemaning boshqa a’zolari o‘rtasida uchramaydi. Bundan tashqari, [sh] 
ning “shippillovchi”lik xususiyati o‘zbek tili fonologik sistemasidan o‘rin olgan 
fonemalarning hech birida mavjud emas. Bu esa uning ajralgan zidlanish 
ekanligidan dalolat beradi. 
Xuddi shunday zidlanish turini [l] va [r] o‘rtasida ham kuzatish mumkin. 
Fonologik sistemada [l] “yon”lik, [r] esa “titroq”lik belgisi bilan boshqa 
fonemalardan ajralib turadi. Ular o‘rtasidagi zidlanish bir o‘lchovli zidlanish bo‘lib, 
ularning farqlanishi uchun asos bo‘luvchi “yon”lik va “titroq”lik belgilari esa faqat 
shu birliklar uchungina xos bo‘lgan, boshqa hech qaysi birlikda takrorlanmaydigan 
ajralgan zidlanishdir. 
Zidlanuvchi a’zolar o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra zidlanishlarni quyidagi 
turlarga ajratishimiz mumkin: 
1. Privativ zidlanish. 
2. Ekvipolent zidlanish. 
3. Gradual zidlanish. 
4. Ajratilgan zidlanish. 
Privativ zidlanish birida bor, ikkinchisida yoq bo’lgan belgi asosidagi 
fonologik oppozisiyalar bo‘lib, ikki a’zodan iborat bo’ladi: b-p, d-t, i-u kabi. Demak, 
privativ zidlanishda korrelyativ belgi asos bo‘ladi. Jumladan, t↔d zidlanishida t 
fonemasida jarangsizlik belgisi korrelyativ belgidir. Chunki shu fonemaning asosiy 
belgilariga ega boʻlgan, ammo undan boshqa korrelyativ belgisining borligi bilan 
(jaranglilik belgisi borligi bilan) ajralib turuvchi d fonemasi bor. Qolgan belgilari 
ushbu zidlanishda korrelyativ boʻlmagan belgi hisoblanadi. 
Ekvipolent zidlanish teng qimmatli fonologik oppozitsiyalar bo‘lib, 
zidlanuvchi a’zolar mantiqan teng huquqlidir. Ya’ni ziddiyatga kirishayotgan ikki 
a’zoning zidlanish belgilari teng. Masalan, d↔v zidligida d – til oldi, portlovchi, 
jarangli; v – lab, sirgaluvchi, jarangli. Ziddiyatga asos bo‘layotgan belgilar ikkisida 
ham teng. 
Gradual zidlanish ma’lum belgining ortib borishi natijasidagi fonologik 
oppozitsiyadir. Masalan, i↔e↔a zidligida og‘izning ochilish darajasi, yoki u↔o‘↔o 
zidligida lablanish belgisining darajalanishi. 


53 
Fonologik oppozitsiyalarni quyidagicha ko‘rsatish mumkin. 
A’zo miqdoriga 
ko‘ra 
Xususiyatga 
ko‘ra 
BINAR 
TENAR 
KO‘P A’ZOLI 
PRIVATIV 
d↔t 
EKVIPOLENT 
p= b = t = d = m = n 
GRADUAL 
k→ q→ h 
AJRATILGAN 
sh↔s 
Fonologik oppozitsiyalar zidlanuvchi a’zolar ishtirokiga ko‘ra oppozitsiyasiga 
ko‘ra binar, tenar va ko‘p a’zoli zidlanishlarga bo‘linadi. Jumladan, fonologik 
oppozisiyalar ikki a’zodan iborat bo’lsa, binar oppozisiya deyiladi: b-p, t-ch,i-u kabi. 
Fonologik oppozisiyalar uch a’zodan iborat bo’lsa, tenar oppozisiya deyiladi: p-t-k, i-
e-a kabi. Ko‘p a’zoli zidlanishlarda zidlanish a’zolari uchtadan ko‘p bo‘ladi: 
p=b=t=d=m=n=ng=k=g=q – portlovchilar ekvipolent zidlanishga kirishadi. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling