D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
Chuqur til orqa [q], [x], [g
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
Chuqur til orqa [q], [x], [g‘] undosh fonemalari
[q]-chuqur til orqa portlovchi tovushdir. O‘zbek shevalarida so‘zlarning barcha o‘rinlarida uchraydi: qush > kush kuda > quda yaqin > yaqn qishloq > qshleq qorni > qenn’ baqirgan > baqыrgen Shevalarda [q] bir qancha variantlarga ega. So‘z o‘rtasida intervokal pozitsiyada, yoki sandhi holatida jaranglashib [g‘] tarzida talaffuz etiladi. Bu holat asosan j-lovchi shevalar uchun xos bo‘lib, adabiy tilda va y-lovchi shevalarda ayrim grammatik formalarni yasash uchungina qo‘llaniladi: o‘rtoq > orteg‘’m qishloq > q’shleg‘’m quloq > quleg‘’m qayiq > qayig‘’m Misollardan ko‘rinib turganidek, [q] bilan tugagan so‘zlarga egalik affiksi qo‘shilganda, [q>g‘] almashinuvi sodir bo‘ladi. Bir bo‘g‘inli va ba’zi ko‘p bo‘g‘inli so‘zlar bundan mustasnodir: oq > eqi o‘q > oqi to‘q > toqi ittifoq>itt’feqi J-lovchi shevalarda ayrim so‘zlarning boshida [q] [g‘] kabi talaffuz etiladi: qarg‘a > g‘arg‘a quzg‘un > g‘uzg‘un qo‘zg‘abdi > g‘’ozg ‘apm’ Toshkent, Namangan, Marg‘ilon shevalarida esa so‘z oxirida [q] jaranglashishi kuzatilgan: o‘rtoq > orteg‘ (tosh) qishloq > qoshleg‘ q’shle qirq > q’rq, q’rg‘ (nam) yo‘q > yoq, yog‘ 48 [q] ning spirantlashib [x] ga o‘tishi j-lovchi shevalar uchun ham, y-lovchi shevalar uchun ham xosdir. Masalan: vaqt > vextm to‘qson > toxsen chiqdi > chixto‘ // ch’xte (yl) maqsad > maxsat // mexset (yl) qirqta > q’xte < q’rxte Ayrim shevalarda [q>v] hodisasi mavjud: ayiq > ayuv, ba’zan ay’g‘ qamoqda>qamevde Ba’zi so‘zlar oxirida [q] ning tushishi natijasida undan oldingi unli ikkilamchi cho‘ziqlikka ega bo‘ladi: qone: botqa < qo‘noq bo‘tqa shald’re:pul < shaldiroq pul 1 yo:uyemes < yo‘q u emas oy’ng qeye:de < oying qayoqda [X] fonemasi. Bu tovush jarangsiz sirg‘aluvchi tovush bo‘lib, portlovchi [q] ning juftidir. [X] undoshi o‘zbek tilining barcha shevalari uchun xosdir. Lekin jlovchi shevalarda [x] o‘rnida asosan [q] yoki [qx] affrikati qo‘llaniladi: qxat, qxato‘n, qxыzmat, qxalayo‘q. Ayrim y-lovchi shevalarda ham [x>q] hodisasini kuzatish mumkin. Xususan, Namangan shevasida: masxara>masqara daraxtga > daraqqa Sporadik ravishda [x>v] almashinuvini kuzatish mumkin: jo‘xori > djoveri [g‘] chuqur til orqa, sirg‘aluvchi undosh tovushdir. [g‘] fonemasi so‘zlarning barcha o‘rinlarida kela oladi. J-lovchi shevalarda bu tovush ko‘pincha bilabial [v] yoki [y] tovushiga o‘tadi: 2 jl. Achuv > ach: uv < achchig‘i av z > ev z // evuz < og‘iz buvday // biydey < bug‘doy suverdu < sug‘ordik av r < og‘ir tuvra < to‘g‘ri Ba’zi shevalarda [g‘] jarangsizlashib, portlovchi [q] tovushiga o‘tadi: J-l. baqchadan ottu < bog‘chadan o‘tdi Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling