D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/75
Sana02.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1739637
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75
Bog'liq
2.10. ozbek tili fonetikasi

 
Til oldi sonor undoshlar 
[N] fonemasi. O‘zbek tili shevalarida bir qancha variantlarga ega. Masalan, 
ko‘pgina shevalarda sporadik ravishda [n>l] almashinishi uchraydi: 
nodon > (jl) ladan 
lekin > nek’n 
ko‘ylak > koynek 
Tushum kelishigi affiksidagi n tovushi jarangli undoshlardan keyin kelib d ga 
o‘tadi: 
sizni > s’zd’ - tosh., nam. s’zz’ 
oyni > eyd’ 
birovni>b’revd’ 
Til orqa undoshlaridan oldin kelganda [n>ng] o‘zgarishlari sodir bo‘ladi. 
yaqin qoldi > yeqo‘ng qelde 
maymuncha > meymungche 
men keldim > meng keldim 
senga > (nam) sengge 
So‘z o‘zagining oxirida n fonemasi undosh tovush bilan boshlangan affikslar 
qo‘shilganda, assimilyatsiyaga uchraydi: 
n>m: ko‘rinmay > korummey 
tinmay >t’mmey 
bir nima > b’nn’me 
g‘uncha > g‘umche 
n>t: hech nima > h’sht’me 
Toshkent, Namangan shevalarida so‘z o‘zagiga ko‘plik affiksi qo‘shilganda, n 
progressiv assimilyatsiyaga uchraydi va quyidagicha o‘zgaradi: ishni > ‘shsh’ 
tuzni > tuzz’ 
suvni > suvv’ 
mixni > m’xx’ 
kimni > k’mm’ 
Singarmonistik y-lovchi shevalarning yalovchi gruppasida va dj-lovchi 
shevalarda bir-biriga zid bo‘lgan [l*] va [l] undoshlari mavjud. Old qator unlilar bilan 
yondosh kelganda [l*], orqa qator unlilar bilan esa [l] talaffuz etiladi. 
to‘la > tola 
oldi > aldы 


42 
oltin > altыn 
tilla > til’l’e 
bo‘lak > bel’ek 
pila > pill’e 
Boshqa shevalarda esa o‘zbek adabiy tilidagi kabi old va orqa qator oralig‘ida 
o‘zgarib turuvchi faqat bitta [l] fonemasi mavjud. 
Dj lovchi shevalarda [l>n] almashinuvi mavjud. Agar so‘z [m] yoki [ng] 
tovushlari bilan tugagan bo‘lsa [l] [n] ga o‘tadi. 
kamlik > kemnik 
choy damlab > cheydomnep 
imladi > imnedi 
Bunday almashinuvni Toshkent, Namangan shevalarida ham kuzatish mumkin: 
boraylik > ber’ynuk 
bersaylik > ber’ynuk 
chiqaylik > ch’qaynug 
Namangan shevasida II shaxs buyruq fe’lida l>n o‘tadi. 
keltiringlar > kelturu:ne 
yuringlar > yuru:ne 
kelinglar > kel’:ne 
boringlar > ber’:ne 
Assimilyatsiya natijasida [l] quyidagicha o‘zgarishlarga uchraydi. 
aldab > allap 
mamalakat > memneket 
ko‘ngling > kengning 
Regressiv assimilyatsiya: 
bilmadim > b’lmedim 
ayrilmaydi > ayrыmmaydы 
Sporadik ravishda djlovchi shevalarda [l] [r] bilan almashadi: 
o‘lja > erdje 
jig‘ildon > djыg‘ыrdon 
dumbul dedi > dumburdedi 
Bir bo‘g‘inli fe’llarda l tushib qoladi: qilib > qo‘b 
kelinglar > kengner 
ol > o. 
kel > ke 
Ko‘plik affiksidagi [l] ham tushishi mumkin: 
bizlar > bizer || bize 
sizlar > sizer 
[R] fonemasi til oldi titroq tovushdir. Asl o‘zbekcha so‘zlarda [r] asosan so‘z 
o‘rtasida uchraydi: terep 
otur 
derrev 
arpa 


43 
Ayrim shevalarda, xususan, Namangan shevasida [r] turg‘un holatga ega emas, 
chunki ba’zan talaffuzda tushib qoladi yoki assimilyatsiyaga uchraydi.
1
[R] fonemasi fakultativ-sporadik ravishda quyidagicha o‘zgarishga ega 
bo‘ladi: 
r>y: ro‘mol > yl. Yom l. 
ro‘para > and. yepere 
r>l: anjir > jl.endjil 
zarar > yl.zelel 
karidor > kal’dor 
devor > toshk.devel || nam.devel || and.duvol 
r>d: bayroq > djl.baydaq. 
Ayrim o‘rinlarda [r] progressiv va regressiv assimilyatsiyaga uchraydi: 
marta > jl.mette 
o‘rni > onnы 
surnay > sunney 
ertasiga > marg‘.etten’s’ge 
zanjir > zendj’l 
chorvadorlar > charvadallar 
Y-lovchi shevalarda [r>y] almashinuvi uchraydi: 
ro‘paramda > yoperemde (nam). 
ro‘mol > yomel (toshk). 
bir > bi:r > biy (qorabuloq)
2
Namangan shevasida sporadik ravishda [r>v] hodisasi uchraydi: 
duradgor > duvedgor. 
Ayrim o‘rinlarda [r] tushishi mumkin: 
Jl. tekre qo‘lo‘p < takror qilib 
aylo‘g‘ elado‘m < oylik olar edim 
turgan > to‘g‘an, beratыg‘an. 
Bu hodisani y-lovchi shevalarda ham kuzatish mumkin: 
dasturxon > destexon 
qirqta > q’xte 
charx > chex 
charm > chem 
barg > bey. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling