D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
50 FONOLOGIK ZIDLANISHLAR Reja: 1. Zidlanish va uning turlari. 2. Zidlanishlar mo‘tadillashuvi Dunyoni bilish uning qismlarini (fragmentlarini) o‘rganishdan boshlanadi. Muhokamaga berilgan har bir fragment alohida analiz ob’ekti bo‘lishdan tashqari, o‘ziga o‘xshash boshqa ob’ektga taqqoslanadi, qiyoslanadi. Shunda uning haqiqiy bahosi aniqlanadi. Qiyoslanayotgan ob’ektlar umumiy belgilarga ega bo‘lishdan tashqari, boshqasida mavjud bo‘lmagan, o‘zigagina xos bo‘lgan xususiyatlarga ega bo‘ladi. Mana shu o‘ziga xos belgi muayyan birlikni o‘ziga o‘xshash boshqa birliklardan farqlash uchun asos bo‘ladi. Farqlanish esa ziddiyatni keltirib chiqaradi. Lisoniy birliklar, xususan, fonologik birliklar ham til sistemasida umumiy belgilari asosida birlashib, fonologik sistemani hosil qilish barobarida, fonologik sistemaning har bir a’zosi farqlanish belgisiga ham ega bo‘ladi va o‘zi mansub sistemaning boshqa a’zolari bilan ziddiyatli munosabatga kirishadi. Ushbu munosabatlarni yoritishda N.S.Trubetskoyning xizmatlari e’tirof etiladi. N.S.Trubetskoy fonologik sathda fonologik birliklarning farqlovchi belgilarini ajratgan holda, bir birlikni ikkinchisiga ana shu belgilar asosida zidladi. Buning natijasida fonemalarning birlashtiruvchi va farqlovchi belgilari aniqlandi hamda farqlanish belgisi fonemalar tasnifigi uchun asosiy mezon sifatida belgilandi. Farqlash tushunchasi zidlash tushunchasini taqozo etadi. N.S.Trubetskoyning ta’kidlashicha, ikki narsa bir-biriga zidlanganidagina o‘zaro farqli belgisi namoyon bo‘ladi. Xuddi shuningdek, tovushlarning belgisi ham boshqa shunga yaqin tovushlarning belgisiga zidlangandagina, uning ma’no farqlash (distinktiv) funksiyasi namoyon bo‘ladi. N.S.Trubetskoy fonologik sistemani leksik va grammatik ma’nolarni farqlash uchun xizmat qiladigan fonologik oppozitsiyalar majmuasi sifatida talqin qiladi. U fonologiyada asosiy rolni farqlovchi belgilar o‘ynashini ta’kidlaydi. Fonologik zidlanishlar tasnifida ularning ma’no farqlash va ma’no farqlamaslik belgisi muhim ahamiyatga ega. Bu belgiga ko‘ra fonologik zidlanishlar ma’no farqlovchi va ma’no farqlamaydigan zidlanishlarga bo‘linadi. Birinchi zidlanish fonologik muhim zidlanish sanalib, u morfema va so‘zlarning moddiy shakllantirish bilan birga, ularning ma’nolarini farqlash vazifasini bajaradi Tovushlar o‘zlarining fonologik muhim belgilari bilangina o‘zaro zid munosabatda bo‘ladi. Demak, har qanday fonema albatta ma’lum zidlanishning a’zosi bo‘ladi. Har qanday real talaffuz qilinayotgan tovush esa fonologik muhim bo‘lmagan belgilarga ham ega bo‘ladi. Demak, undoshlarda invariant-variant munosabatini belgilash uchun ularning fonologik muhim va nomuhim belgilarini ajratish katta ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham til birliklarining farqlanishida lingvistik zidlanishlar muhim o‘rin egallaydi. Bunday zidlanishlar lingvistik birliklarning tasnifi uchun asos bo‘ladi. 51 O‘zbek tilidagi undosh fonemalar ham o‘zaro zidlanish uchun asos bo‘luvchi uch belgi – artikulyatsiya o‘rni, artikulyatsiya usuli hamda ovoz va shovqin ishtirokiga ko‘ra belgilari asosida tasnif qilinadi. Artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra undoshlar bo‘g‘iz, til va lab undoshlariga ajratiladi. Bular, o‘z navbatida, ichki bo‘linishlarga ega. Artikulyatsiya usuliga ko‘ra undoshlar sirg‘aluvchi, portlovchi va portlovchi- sirg‘aluvchilarga (qorishiq) bo‘linadi. Ovoz va shovqinning ishtirokiga ko‘ra ham undoshlar uch guruhga bo‘linadi: sonorlar, jaranglilar va jarangsizlar. O‘zbek tili fonologik sistemasidagi undoshlar uchun yuqoridagi belgilar fonologik muhim sanaladi va ularning o‘zaro farqlanishi uchun asos bo‘ladi. Masalan, [g] va [k] fonemalarining birinchi va ikkinchi belgisi bir xil. Ya’ni ularning ikkisi ham til orqa, portlovchi undoshlardir. Sistemada ularni bir-biridan farqlovchi belgi – ovoz va shovqin ishtiroki belgisidir: [g] – jarangli, [k] – jarangsiz. Yoki [d] va [j] zilanishida ikkala fonema ham til oldi, ikkalasi ham jarangli bo‘lib, artikulyatsiya o‘rni hamda ovoz va shovqinning ishtiroki belgilari ular uchun integrativ belgi hisoblanadi. Artikulyatsiya usuliga ko‘ra belgisi esa ushbu fonemalarning differensiatsiyasi uchun asos bo‘ladi: [d] – portlovchi, [j] – qorishiq (portlovchi- sirg‘aluvchi). Shu belgisi asosida til sistemasida ular bir-biridan farqlanadi. Ko‘rinadiki, shu uch belgi o‘zbek tilining fonologik sistemasida mavjud undoshlarni bir-biridan farqlash uchun asos bo‘ladi. Masalan, lab undoshlari oppozitsiyasini ko‘rib chiqaylik: b-p zidligida jarangli- jarangsizlik belgisi fonologik muhim belgi bo‘lsa, b-m zidligida sonorlik-sonor emaslik belgisi, b-f zidligida esa portlovchilik-sirg‘aluvchilik belgilari fonologik muhim belgilar hisoblanadi. Ko‘rinadiki, o‘zbek tilida undoshlar uch belgiga koʻra zidlanadi. Oppozitsiya uchun asos boʻluvchi uch belgi – artikulyatsiya oʻrni, artikultsiya usuli hamda ovoz va shovqin ishtiroki. Lekin tasnif uchun asos qilib olingan yuqoridagi uch xususiyat nisbiy bo‘lib, ayrim undoshlarning farqlanishi uchun yetarli emas. Xususan, [s] va [sh] fonemalarining ikkisi ham artikulyatsiya o‘rniga ko‘ra til oldi, artikulyatsiya usuliga ko‘ra sirg‘aluvchi, ovoz va shovqin ishtirokiga ko‘ra ikkisi ham jarangsiz. Bunday holatlarda zidlanish sistemasini tahlil qilish ehtiyoji tug‘iladi. N.S.Trubetskoy zidlanishlarni tasnif qilishda quyidagi uch belgi muhimligini ta’kidlaydi: 1) zidlanuvchi a’zolarning zidalnish sistemasiga munosabatiga ko‘ra; 2) zidlanuvchi a’zolar o‘rtasidagi munosabatga ko‘ra; 3) zidlanuvchi a’zolarning ma’no farqlash kuchiga ko‘ra O‘zbek tilidagi undosh fonemalarning tasnifi uchun asos qilib olingan yuqoridagi uch xususiyat zidlanuvchi a’zolarning o‘zaro munosabatiga ko‘ra belgilarni tashkil qiladi. Lekin sistemaga mansub har bir fonemani o‘zi mansub qatordagi boshqa fonemadan farqlash uchun, xususan, [s] va [sh] o‘rtasidagi faqlanishni yoritib berish uchun bu belgilar yetarli bo‘lmasligi mumkin. Shunday hollarda zidlanuvchi a’zolarning zidlanish sistemasiga munosabatini hisobga olish 52 zarur bo‘ladi. Bunga ko‘ra, zidlanishlar bir o‘lchovli va ko‘p o‘lchovli bo‘lishi mumkin. Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling