D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/75
Sana02.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1739637
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75
Bog'liq
2.10. ozbek tili fonetikasi

a ni talaffuz qilganda i ga nisbatan keng ochiladi, havoning chiqish kuchi kamayadi. 
Lekin og‘iz bo‘shlig‘ining a tovushi nutq protsessida qo‘llash imkoniyati i 
tovushining imkoniyatiga nisbatan ancha qulay. Shunga ko‘ra odatdagi nutq 
protsessida a tovushi i tovushiga nisbatan ko‘proq kuch bilan qo‘llanadi. Lekin nutq 
protsessida tovushlar maksimal shovqin asosida emas, balki tabiiy nutq zarurati 
darajasida ifodalanadi. Chunki maksimal shovqin holatida nutq tovushlari asosiy 
xususiyatini yo‘qotadi. Bu jihatdan qaraganda ham a tovushining talaffuzi i ga 
nisbatan qulayroq. 
Tovush balandligi tebranishning vaqtga nisbatan bo‘lgan miqdori bilan 
o‘lchanadi. Uning o‘lchov birligi gers(Gs) deb ataladi. Gers tebranishning sekundga 
nisbatan o‘lchovini belgilaydi. Tebranish qancha ko‘p bo‘lsa, tovush shuncha baland, 
tebranish oz bo‘lsa, tovush ham past bo‘ladi. Boshqacha aytganda, tovushning 
balandligi tebranishning zichligiga bog‘liq: tebranish qancha zich bo‘lsa, tovush 
shuncha baland bo‘ladi. 
Tovush tembri (fransuzcha timbre – tovush bo‘yog‘i) yoki bo‘yoqdorligi. Har 
bir tovushning o‘ziga xos ohangi, rangi yoki buyoqdorligi tovush tembri deyiladi. 
Tovush bo‘yoqdorligi tovush tembrining holati va darajasi bilan o‘lchanadi. Tovush 
tembri asosiy tonlar bilan obertonlarning (nemischa oberton – qo‘shimcha ohang) 
murakkab qo‘shilmasidan iborat. 
Akustikadan ma’lumki, har bir tebranuvchi jism,masalan, rubobning tori biror 
ta’sir natijasida tebranadi va havo to‘lqinlanishi natijasida ovoz chiqaradi. Torning 
butun tanasi bo‘ylab chiqargan ovozi asosiy ton – asosiy ovoz bo‘ladi. Lekin tordagi 
umumiy, asosiy to‘lqinlanish bilan birga uning tanasining ayrim qismlari ham o‘ziga 


56 
xos ravishda to‘lqinlanadi. Bunday to‘lqinlanish asosiy to‘lqinlanishga nisbatan uning 
yarmini, uchdan birini yoki chorak qismini tashkil etishi mumkin. Ana shunday 
qo‘shimcha to‘lqinlarning jaranglashi natijasida qo‘shimcha ovozlar yoki ohanglar – 
obertonlar hosil bo‘ladi. Bu aytilganlar tembrning umumiy akustik xarakteristikasidir. 
Hamma unli tovushda ham ovoz bor. Lekin ular bir-birlaridan tembri bilan farq 
qiladi. Bunda og‘iz bo‘shlig‘i asosiy va eng murakkab rezonanslik vazifasini 
bajaradi, shu bilan birga, nutq jarayonida tovush tembrining hosil qilinishida 
yumshoq tanglay (xususan, burun rezonansini hosil qilish uchun) va tovush 
paychalari ham faol ishtirok etadi. Bulardan tashqari, nutq tovushlarini hosil qilishda 
til, lab, tish va boshqa nutq organlarining ham o‘ziga xos o‘rni bor. 
Boshqacha aytganda, tovushning boshqa sifat ko‘rsatkichlari bilan bir qatorda, 
nutq tovushlarini hosil qilishda tovush tembrining ham muhim ahamiyati bor. Biroq 
nutq tovushlarini hosil qilishda akustik jihat bilan bir qatorda fiziologik jihat, ya’ni 
nutq organlari ishtiroki muhim rol o‘ynaydi. Biroq bu ikki tomon ham nutq 
tovushlarining to‘liq qimmatini yarata olmaydi. Ularning to‘liq qimmati nutq 
tovushlarining ma’no yaratish xususiyatlari tufayli, sotsial qimmati tufayli yuzaga 
chiqadi. 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling