D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi


o‘ - lablangan, indifferent tovush. Tilda ‘


Download 1.31 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/75
Sana02.11.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1739637
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75
Bog'liq
2.10. ozbek tili fonetikasi

o‘ - lablangan, indifferent tovush. Tilda kabi [ɵxo]ning konvergensiyasi 
(birlashishi) natijasida hosil bo‘lgan ɵ va o o‘rtasidagi bu tovush singarmonizmni 
yo‘qotgan shahar va shahar tipidagi shevalarda me’yoriy fonema hisoblanadi. 
Izoh. Berilgan transkripsion belgilar orqali shevalarda uchraydigan barcha 
tovushlarni ifodalab bo‘lmaydi. Masalan, Samarqand, Qarshi kabi shevalarda keng 
tarqalgan a unlisi ayrim pozitsion holatlarda ǝ unlisiga yaqinlashsa, ayrim holatlarda 
esa a unlisiga moyil talaffuz qilinadi. Samarqand, Qarshi, Xujand shevalaridagi  
unlisi sal lablangan bo‘lib, Toshkent shevasida uchraydigan  dan o‘zining ochiqligi 
bilan farqlanadi. Ba’zi bir shevalarda ye va u juda qisqa bo‘lib, ma’lum bir holatlarda 
ye tovushi eshitilishi jihatidan  ga yaqinlashadi. (Masalan: Samarqand: yeydu, yekk’ 
//Toshkent, y’:yd’, ‘kk’). Nihoyat, talaffuzda Y va Ɵ fonemalari orqa qator u, o ga 
yaqinlashishi mumkin, shuningdek, u, o, a fonemalari oldingi qator Y, Ɵ, a ga 
yaqinlashishi mumkin. Bunday tovushlar ‘, kabi indifferent (oraliq) tovushlar 
hisoblanadi. 
Sheva materiallarini yozib olish jarayonida bunday xususiyatlarni maxsus 
belgilar olib ifodalash, ularni alohida-alohida uqtirib borish zarur. 


63 
Tovushlarning miqdori. Tovushlarning miqdor (uzunlik, qisqalik) jihatidan 
o‘zgarishlarini ifodalash uchun quyidagi belgilar olingan: 
1. [i],[‘],[],[ы],[Y],[u] - yuqori ko‘tarilish unlilarining sifat jihatidan o‘zgarishi 
/reduksiyaga uchrashi/. Masalan, Toshkent., Marg‘ilon b[‘]r, b[‘]rᴐv - fizik nuqtai 
nazaridan br, brovga teng. 
2. i,’,,ы,Y,u (kursiv bilan) - kuchsiz va shu bilan birga juda qisqa unli 
tovushlar. 
3. i,’,,ы,Y,u - miqdor jihatdan farqlanmaydigan, tabiatiga ko‘ra qisqa unli 
tovushlar. 
4. i;’;;ы;Y;u
.
(belgidan keyin bir nuqta) - ayrim pozitsion holatlarda hosil 
bo‘ladigan sal cho‘ziq unlilar. 
5. i:,’:,:,ы:,Y:,u:,o:,ǝ: (belgidan keyin ikki nuqta) - ba’zi bir shevalarda 
uchraydigan (masalan, Qorabuloq: a:t, o:t, q’:z kabi) birinchi darajali (birlamchi) 
cho‘ziqlikni ifodalovchi yoki ko‘pchilik o‘zbek shevalarida uchraydigan (masalan, 
shǝ:r//shǝ:ǝr//adbiy orfograf. shahar kabi) biror tovush hisobiga bo‘ladigan ikkinchi 
darajali (ikkilamchi) cho‘ziqlikni ifodalovchi odatdagi uzun unli tovushlar. 
6. i::,’::,::,ы::,Y::,u::, (belgidan keyin bir necha ikki nuqta) - fonetik o‘ta 
cho‘ziqlik (emfatik cho‘ziqlik). 

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   75




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling