D. A. Nabiyeva, H. R. Zokirova O‘zbek tili fonetikasi
Download 1.31 Mb. Pdf ko'rish
|
2.10. ozbek tili fonetikasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Transkripsiyaning tuzilishi.
ًمْلِع ِِىنْد ِز ِِ بَر “Робби зиднѝ ъилман”, ya’ni “Ey,
Robbim, menga ilmni ziyoda et”. (“Toha,114”). Transkripsiya bilan transliteratsiya o‘zaro mustahkam bog‘liqdir. Transliteratsiya so‘zi lotincha bo‘lib, orqali, vositasi bilan va harf ma’nolarida keladi. Ikki atamani bir-birlari bilan almashtirmaslik kerak. Ular bir-birlariga o‘xshash bo‘lsa ham, o‘z xususiyatlari jihatidan tubdan farq qiladi. Chunki transkripsiya til yoki lahjadagi tovushlarning turli ko‘rinishlarini talaffuziga moslab yozish, ya’ni uni yozuvda ifodalash uchun foydalaniladi. Transliteratsiyada esa tilimizning turli davrlarda yozib qoldirilgan yodgorliklarini, masalan, Urxun-Enasoy arab yozuvidagi yozma yodgorliklarni hozir amalda bo‘lgan yozuv tizimi bilan ifodalash ko‘zda tutiladi. Bunda bir yozuv ikkinchi bir yozuv harflari bilan o‘quvchilarga tushunarli alfavitga keltiriladi. Qiyosiy va tarixiy grammatika, filologik lug‘atlar tasvirini izohlab va nashr ham transliteratsiya ishlatiladi. Transkripsiyaning tuzilishi. Fonetik transkripsiya boshqa maqsadlar uchun ham qo‘llaniladi. Masalan, fransuz, ingliz kabi chet tillarni o‘rganishda ishlatiladi. Bu o‘rinda L.V. Shcherbaning «Фонетика французского языка» asarini eslatib o‘tish o‘rinlidir. Ayrim fonetik transkripsiyalar keng miqyosda qo‘llanilishi mumkin. Ular lotin alfaviti asosida tuzilgan bo‘lib, xalqaro fonetik alfavit (XFA) deb yuritiladi. Bunday transkripsiya, so‘zsiz, keng doirada qo‘llaniladi va uning ahamiyati cheksizdir. Ana shunday transkripsiyalardan biri akademik L.V.Shcherba nomidan yaratilgan. Uning transkripsiyasi boshqalarga nisbatan birmuncha afzalliklarga ega ommaviy ahamiyat kasb etgan. Turkiy tillarni o‘rganishda turkologlar tomonidan turlicha transkripsiyalar qo‘llanilgan. Ularning ko‘plari lotin alfavitiga asoslanib ishlangan transkripsiyalardir. Ba’zilari esa har bir aniq tildagi alfavit asosida berilgan. Masalan, G‘ozi Olim Yunusov, N. A.Baskakov, Sobirjon Ibrohimov, V.V. Reshetov kabilarning bu sohadagi tajribalarini qayd etish kifoyadir. Ulardan V.V.Reshetovning transkripsiyasi keng doirada ishlatiladi. Hozirgi vaqtda oliy o‘quv yurtlarida 60 o‘tiladigan mashg‘ulotlarda, ilmiy tajriba vaqtlarida va har xil ilmiy tekshirishlarda amalda ana shu transkripsiyalardan foydalaniladi. Transkripsiyada unlilar va undoshlarning har biri alohida belgilar bilan ko‘rsatiladi va izohlab beriladi. Shuningdek, turli diakritik va shartli belgilari ham kiritiladi. Transkripsiya belgilari uchun o‘zbek alfavitida mavjud bo‘lgan harflarning hammasi olinadi. Shuningdek, o, u, ы, e kabi qo‘shimcha belgilari ham qo‘llaniladi. o‘zbek xalq shevalaridan Toshkent va Toshkent atrofidagi shevalarda; Jizzax, Kattaqo‘rg‘on, Samarqand, Buxoro, Qarnob kabi shevalarda 6 tadan unli fonema mavjud. Demak, bu shevalarda unli fonemalar miqdor jihatdan bir-biriga asosan mos keladi. Bulardan o-til orqali qattiq lablanmagan fonema sanaladi. Samarqand-Buxoro shevalarida bu fonema ba’zan a belgisi bilan beriladi. (Mas., amonot-omanat) ‘ va u unlilarning talaffuzi adabiy tildagi kabi qisqa talaffuz qilinadi. Samarqand-Buxoro shevalari bundan mustasnodir. Shunday qilib, yuqoridagi fonemalardan ikki fonema (e, ә), Farg‘ona shevalarida uchta fonema (e, ә, a) bilan beriladi. Qipchoq shevalaridagi kabi o‘g‘uz unlilarda 9-10 tadan unli fonema mavjuddir. Shevalarda birlamchi cho‘ziqlik ham mavjud (Adы, qiz, diz kabi) bu o‘g‘uz shevalarida uchraydi. Masalan, f fonemasi Samarqand-Buxoro shevasidan tashqari, hamma shevalarda p undoshiga x va h aralashtiriladi. Qipchoq shevalarida x fonemasining q fonemasiga o‘tishi (qalq, qatыn singari), ayrimlaridan esa q fonemasining k fonemaga o‘tishi (kəri, kədir kabi) singari xususiyatlarning mavjudligi ko‘zga tashlanib turadi. Ilmiy yozuv va imlo bir- birlariga o‘xshasalar ham, ular qo‘llanilishi va asoslari bilan o‘zaro farqlanib turadi. Bu farqlarni hisobga olish shevashunoslik uchun, ayniqsa, foydalidir. Tilshunoslikda keng miqyosda qo‘llanadigan lotin alfaviti asosida tuzilgan transkripsiya xalqaro fonetik alfavit (Mejdunarodnыy foneticheskiy alfavit - MFA) nomi bilan yuritiladi. Rus grafikasi asosida tuzilgan transkripsiyalar turkshunos va russhunoslarning ishlarida keng tarqalgandir. Lekin o‘zbek tilining dialekt va shevalarini o‘rgangan turkolog va o‘zbekshunoslar o‘z ilmiy ishlarida turlicha transkripsiya belgilarini qo‘llaganlar. Ba’zilari lotin alfavitidan foydalangan bo‘lsa (prof. Ye.D.Polivanovning ishlariga qarang), ba’zilari rus grafikasi asosida tuzilgan transkripsiyalardan foydalangan (prof. Borovkov, prof. V.V.Reshetovlar ishlariga qarang). Shevalarda uchraydigan har bir tovushni ifodalash uchun transkripsiyada ayrim belgi olish talab qilinadi. Ammo shuni aytish kerakki, mavjud transkripsiya sistemalari bu talabga to‘liq javob bera olmaydi. Ayrim hollarda bosmaxona imkoniyatini hisobga olgan holda bir tovush uchun ikki harf ishlatish ham uchraydi. Masalan, ng va dj mustaqil fonemalarining ikki harf bilan berilishi kabi. V.V.Reshetov va Sh.Shoabdurahmonovlar qo‘llagan transkripsiya sistemasida kirill alfavitidagi ye, yo, yu, ya dan tashqari hamma harflar qo‘llangan. Yolashgan harflar transkripsiyada tovushlar birikmasi orqali quyidagicha beriladi: ye - ye, ye, yϵ Download 1.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling