‘ - indifferent lablanmagan tovush, u o‘zining kelib chiqishi jihatidan oldingi
qator i va orqa qator ы unlilarining konvergensiyasi (birlashishi) natijasida hosil
bo‘lgan; i va ы o‘rtasidagi bu indifferent tovush shahar shevalarida va shahar tipidagi
qishloq shevalarining ko‘p qismida mustaqil fonema sifatida uchraydi, masalan,
Toshkent, Qo‘qon, Andijon, Marg‘ilon va shu kabi shevalarda: k’sh’, ‘kk’, b’z, b’l//
ad. orf. kishi, ikki, biz, bil kabi.
- turg‘un orqa qator indifferent ‘ unlisi; ammo ы tovushiga teng emas. Shahar
shevalarida va shahar tipidagi shevalarda chuqur til orqa q, g‘, h tovushlari bilan
yondosh kelganda uchraydi, masalan, Toshkent, Marg‘ilon, Andijon va shu kabi
shevalarda: qz, qq, q’sh, psh(t), mx; Turkiston sheasida bu tovush Toshkent, Farg‘ona
shevalaridagi kabi ‘ fonemasining kombinator varianti emas, balki alohida fonema
hisoblanadi: q’zlar, ch’qt’ kabi.
u - odatdagi orqa qator, lablangan turkiy u unlisi.
Y - odatdagi oldingi qator, lablangan turkiy Y unlisi. Bu tovush
singarmonizmli o‘zbek shevalarida hamda qardosh qozoq, qirg‘iz va boshqa turkiy
tillarda mustaqil fonema sifatida ishlatiladi. singarmonizmni yo‘qotgan o‘zbek
shevalarida Y ga yaqin kombinator varianti mavjud, masalan, qul (qYl) va kul (kYl)
kabi.
o - odatdagi orqa qator, lablangan turkiy o unlisi, masalan, qipchoq som,
qolыnы, qoy//ad.orf: so‘m, qo‘lini, qo‘y kabi.
ɵ - odatdagi oldingi qator, lablangan turkiy o unlisi, masalan, qipchoq komYr,
gɵr, sɵyla, kɵz// ad.orf. ko‘mir, go‘r, so‘zla, ko‘z. Singarmonizmli o‘zbek shevalarida
hamda qozoq, qirg‘iz kabi turkiy tillarda ɵ unlisi alohida fonema sifatida ishlatiladi.
Singarmonizmni yo‘qotgan o‘zbek shevalarida esa ɵ ga yaqin kombinator
varantlarigina bor: qo‘l (qɵl), ko‘l (kɵl) kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |