ǝ - oldingi qator, lablanmagan a unlisi; o‘zbek dialekt va shevalarining
ko‘pchiligida uchraydi, masalan, Marg‘ilon, Andijon ǝkǝ // Toshkent ᴐkǝ kabi.
ᴐ - orqa qator, lablanmagan a tipidagi ochiq unli tovush o-lovchi o‘zbek
shevalarida keng tarqalgandir, masalan, Toshkent, Marg‘ilon, ᴐtǝ, bᴐlǝ // Qo‘qon bǝlǝ
kabi.
A - lovchi o‘zbek shevalarida bu tovush o‘zbek adabiy tili va o-lovchi
shevalarning ta’sirida tarqala boshladi.
e - oldingi qator, lablanmagan, tor unli tovush bo‘lib, o‘zbek shevalarinig
ko‘pchiligiga xos. O‘zining akustik (eshitilish) va artikulyatsion xususiyatlariga ko‘ra
rus tilidagi undoshdan keyin keladigan ye yoki so‘z boshida keladigan e harfi bilan
ifoda etiladigan seno (pichan), eti (bular) so‘zlaridagi kabi tovushga to‘g‘ri keladi. Bu
tovush mavjud o‘zbek orfografiyasida so‘z boshida keladigan yolashgan unli ye (y+e)
emas, balki edi (-ed’) so‘zidagi kabi yolashmagan unlidir. Masalan, Toshkent,
Namangan, Marg‘ilon va boshqa shevalarda: ber, kel, yer, yend’, yechk’ kabi.
e - oldingi qator, lablanmagan ochiq ye unlisi; bu tovush akustik jihatdan ye ga
yaqin bo‘lsa-da, uning ochiq varianti emas. Bu tovush ba’zan ruscha (etot so‘zidagi
kabi) e ga mos keladi, masalan, qipchoq shevalarida: ekǝviyǝm, echki kabi.
ϵ - oldingi qator, lablanmagan e unlisining ochiq varianti; akustik jihatdan ǝ va
e o‘rtasidagi tovush, masalan, Iqon, kel, Xorazm, gel, Namangan, n’mϵs’, bϵlыg‘
kabi.
62
i - odatdagi turkiy oldingi qator, lablanmagan i unlisi. Singarmonizmli
shevalarda fonema sifatida, singarmonimni yo‘qotgan olovchi shevalarda esa turli
fonetik sharoitlardagina uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |