D. A. Nuriddinova
Download 3.94 Kb. Pdf ko'rish
|
„O‘QITUVCHI“ NASHRIYOT-MATBAA IJODIY UYI TOSHKENT — 2017 X. S. MUXITDINOVA, Ya. I. AVLAKULOV, D. A. NURIDDINOVA O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan Ta’lim rus va qardosh tillarda olib boriladigan maktablarning 7- sinfi uchun darslik 2- nashri 2 UO‘K: 811.512.133(075) KBK 81.2 O‘zb(ya72) M-93 ISBN 978-9943-22-057-7 © „O‘qituvchi“ NMIU, 2013 Respublika maqsadli kitob jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan ijara uchun chop etildi. S. Odilova — Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti, p. f.n. S. Maxsumova — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti dotsenti, f. f. n. Z. Salisheva — O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti katta o‘qituvchisi. M. Akramova — Toshkent shahridagi 61- maktab o‘qituvchisi. Z. Arinova — Toshkent shahridagi 300- maktab o‘qituvchisi. Z. Polvonova — Toshkent shahridagi 90- maktab o‘qituvchisi. T a q r i z c h i l a r : © X. S. Muxitdinova va b. © „O‘qituvchi“ NMIU, 2017, qayta ishlangan va to‘ldirilgan. Shartli belgilar — Bilib oling! — Savollar — Adabiy o‘qish — Uyga vazifa — Suhbatlashing! 3 1- topshiriq. Berilgan rasmlarni kuzating va tayanch so‘zlar asosida gaplar tuzing. T a y a n c h s o ‘ z l a r : muhtasham saroy, keng ko‘cha, zamo- naviy va qulay, turar joy binolari, koshona, ma’rifat markazi, elektron kutubxona. 1- mashq. Matnni o‘qing va shu mavzuda suhbatlashing. Poytaxtdagi yangi inshootlar Toshkent — mustaqil O‘zbekiston Respublikasining poytaxti. Keyingi yillarda poytaxtimizning qiyofasi tanib bo‘lmas darajada o‘zgarib, kundan kunga chiroyli bo‘lib bormoqda. Eski shahar mavzelari, istirohat bog‘lari, o‘nlab bozorlar yangidan qurildi. Shaharning turli tumanlarida muhtasham ko‘priklar, ravon yo‘l- lar, piyodalar uchun yerosti yo‘lkalari qurildi. Sharqona va milliy uslublarda ko‘plab zamonaviy inshootlar barpo etildi. O‘zbe- kiston davlat konservatoriyasining yangi binosi, Bolalar ijodiyoti markazi, O‘zbek milliy liboslari galereyasi, Xalqaro anjumanlar saroyi, „Bunyodkor“ sport kompleksi, o‘nlab o‘quv yurtlari, oilaviy poliklinikalar, mahalla markazlari qurildi. („O‘zbekiston mustaqil taraqqiyot yo‘li“ fotoalbomidan) POYTAXTIM — FAXRIM (So‘zlarning tuzilishiga ko‘ra turlari. Sodda yasama so‘zlar) 1- DARS Yoshlar ijod saroyi O‘zbekiston davlat konservatoriyasi 4 inshoot — ñîîðóæåíèå qiyofa — ëèöî, âèä yerosti — ïîäçåìíûé yo‘lka — äîðîæêà ravon — ãëàäêèé bezash — óêðàùàòü Bilib oling! So‘zlar tuzilishiga ko‘ra sodda, qo‘shma va juft bo‘- ladi. Sodda so‘zlar bir o‘zakdan, qo‘shma so‘zlar bir- dan ortiq o‘zakdan, juft so‘zlar ikki o‘zakdan yasaladi. Sodda Qo‘shma Juft shahar Oltintepa qarindosh-urug‘ bunyodkor gulbeor uy-joy o‘ynamoq guvohnoma bordi-keldi 2- mashq. Matnni o‘qing. Sodda so‘zlarni aniqlang. Yozda Oqtosh tog‘ yonbag‘ridagi „Quyoshli“ oromgohida dam oldim. Oromgoh tog‘ bag‘rida, soya-salqinda joylashgan ekan. Tog‘ yonbag‘ridagi archazorlar, sharqirab oqib turgan soy, baland-baland daraxtlar, toza havo bizga juda yoqdi. Har kuni bolalar bilan futbol, voleybol, shaxmat o‘ynadik, qiziqarli ki- toblar o‘qidik, sayohatlarga bordik. Oromgohdagi turli to‘garak- larga a’zo bo‘ldik. San’atkorlar, darslik mualliflari, shoir va yo- zuvchilar bilan uchrashuvlar ham bo‘lib o‘tdi. Dam olish juda maroqli o‘tdi. 3- mashq. Berilgan so‘zlardan sodda so‘zlarni ajratib oling va ular ishtirokida gaplar tuzing. Shahar, poytaxt, maktab, katta-kichik, ilmli, bog‘bon, qo‘lqop, belbog‘, ota-ona, chiroyli, baland-past, boychechak, ertapishar, asalari, tinchliksevar, kitob, yeryong‘oq, tez-tez. 2- topshiriq. Suhbat matnini rollarga bo‘lib o‘qing. Sodda so‘zlarning qo‘llanishiga e’tibor bering. Sanjar: Sen yangi favvoralarni borib ko‘rdingmi? Anvar: Qaysi favvoralarni aytyapsan, Toshkentda favvo- ralar ko‘p-ku?! 5 Sanjar: „Ma’rifat markazi“ning yonidagi favvoralarni. Anvar: Ha. Ularning kamalakdek 7 xil rangda hara- katlanishi hammani zavqlantiradi. Sanjar: Rostdanmi, dadamlarga aytaman, kechqurun biz ham, albatta, borib ko‘ramiz. 4- mashq. Berilgan so‘zlardan gaplar tuzing. So‘ng ularni ketma- ketlikda joylashtirib matn tuzing. 1. Shahar, turar joy, zamonaviy, binolar, qurilmoq, juda ko‘p. 2. Bu yil, sport majmuasi, yangi, bunyod etilmoq, shahar. 3. Biz, juda, o‘z, shahar, yaxshi ko‘rmoq. 4. Ona, men, o‘z, faxrlanmoq, bilan, shahar. 5. Ona, va, shahar, obod, yildan yilga, go‘zal, bo‘lmoq. 3- topshiriq. Berilgan javoblarga mos savollar tuzing. — ... ? — Toshkentdagi eng katta sport majmuasi „Bunyodkor“ deb nomlanadi. — ... ? — „Bunyodkor“ stadioni 34 ming o‘ringa mo‘ljallangan. — ... ? — Sport majmuasida bolalar va o‘smirlar futbol maktabi ham ochilgan. 4- topshiriq. She’rni ifodali o‘qing. Toshkentim Tinchlik, do‘stlik, shon shahri, Toshkent, azizim — onam. Ko‘rkam favvoralarga Mahliyo butun olam. Yoshlik, shodlik maskani, To abad ko‘rma zavol. Tungi ko‘chalar sehrin So‘ylab berar majnuntol. 6 Osmono‘par binolar Ochar oydin jamoling. Farzandlaring bilimdon, Sening ertang, kamoling. Toshkent shirmoy non shahrim, Aziz bolajon shahrim. Shaharlarning sarvari, Dunyoga doston shahrim. (Ilyos Yunusov) mahliyo — î÷àðîâàííûé osmono‘par — âûñîòíûé oydin — ëóííûé maskan — çäåñü: ìåñòî majnuntol — ïëàêó÷àÿ èâà Uyga vazifa. Shahringizda qurilgan yangi inshootlar ha- qida ma’lumot bering. 2- DARS 5- mashq. Matnni o‘qing, ona tilingizga tarjima qiling. „CITY MAKON“ madaniy-ma’rifiy markazi Poytaxtimizning Beshyog‘och ko‘chasida „CITY MAKON“ madaniy-ma’rifiy markazi bunyod etilgan. Ushbu markazda yosh- larning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish uchun sport maydon- chasi, zamonaviy 3D formatdagi kinozal, bolalar maydonchasi 7 mavjud. Markazda badiiy fotoko‘rgazmalar, anjumanlar, ochiq darslar o‘tkaziladi. Badiiy ijodiyot to‘garaklarida mahorat saboq- lari, ko‘rik-tanlovlar ham o‘tkazib turiladi. „CITY MAKON“ barcha yoshlarga zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘z bilim- larini oshirib borishlari uchun katta imkoniyat beradi. badiiy — õóäîæåñòâåííûé zamonaviy — ñîâðåìåííûé mahorat saboqlari — ìàñòåð-êëàññ fotoko‘rgazma — ôîòîãàëåðåÿ ko‘rik-tanlov — êîíêóðñ, ïîêàç bo‘sh — ñâîáîäíûé Bilib oling! Sodda so‘zlar tub yoki yasama bo‘lishi mumkin. Tarkibida so‘z yasovchi qo‘shimchalari bo‘lmagan so‘z- lar sodda tub so‘zlar hisoblanadi. Masalan: anhor, terak, mahalla, ko‘chalar, uyim, bormoq. 6- mashq. Gaplarni o‘qing. Sodda tub so‘zlarni aniqlang. 1. Biz kutubxonachiga yordam berdik. 2. Bog‘bon har bir da- raxtni mehr bilan parvarish qiladi. 3. Zarb bilan tepilgan to‘pni darvozabon mohirlik bilan ushlab qoldi. 4. U sovg‘a qilingan gul- larni guldonga solib qo‘ydi. 5. Eski shaharda hunarmandlar rastasi joylashgan. 6. Avaz duradgor va temirchi ustalarning ishlarini diq- qat bilan kuzatdi. 5- topshiriq. Guruhlarga bo‘lining va „Kim ko‘p biladi?“ o‘yinini tashkil qiling. O‘yin topshirig‘iga ko‘ra har bir guruh shahri (qish- log‘i)dagi yangi inshootlar haqida ma’lumot berishi kerak. Adabiy o‘qish Bobo va nabira Bobo nabirasini yetaklab shahar aylandi. — Voybo‘, bobojon, bunday katta uyni birinchi ko‘rishim. — Bu bino Xalqaro anjumanlar saroyi bo‘lib, unda xalqaro anjumanlar, konferensiyalar o‘tkaziladi. Mana bu Toshkent ku- rantlari deb nom olgan egizak binolar esa dunyoda yagona hi- soblanadi. 8 Bobo barpo etilayotgan ko‘rkam binolar bilan nabirasini ta- nishtirar ekan, bunday ezgu ishlarning barchasi inson uchun, yurt ravnaqi, taraqqiyoti uchun ekanligini ta’kidladi. Alisher bobosining so‘zlarini diqqat bilan tingladi va: — Mening maktabim ham yap-yangi, bobojon, — dedi. — Bolajonim, yurtimizning ulug‘ligi, xalqimizning totuvligi dunyoga mashhur. Sen ham shu yurtga munosib farzand bo‘l! anjuman — êîíôåðåíöèÿ ta’kidlamoq — ïîä÷åðêèâàòü ojiz — ñëàáûé munosib — äîñòîéíûé xiyobon — ñêâåð ta’rif — îïèñàíèå ravnaq — ðàçâèòèå totuv — äðóæíûé Topshiriq. Hikoyani o‘qing va mazmunini so‘zlab bering. Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. Toshkentda mustaqillik yillarida bunyod etilgan yangi inshootlar haqida so‘zlab bering. 2. Siz qaysi inshootlarni borib ko‘rdingiz? U nimasi bilan boshqalaridan ajralib turadi? Uyga vazifa. 1. Shahringiz (viloyatingiz)dagi tumanlar nomini yozing. 2. Siz yashayotgan tuman qaysi tuman- lar bilan chegaradosh? So‘zlab bering. 9 MAHALLAM (So‘z yasovchi qo‘shimchalarning so‘zga qo‘shilish tartibi) 1- DARS 1- topshiriq. Berilgan savollar asosida o‘z mahallangiz (ko‘changiz) haqida suhbatlashing. 1. Siz qaysi mahallada yashaysiz? 2. Mahallangizni obod qilish uchun nimalar qilinyapti? 3. Mahallangizda qanday tadbirlar o‘tkaziladi? 2- topshiriq. Matnni rollarga bo‘lib o‘qing. Muomala odobiga oid jumlalarni aniqlang. Biz Abdulla Qodiriy nomli mahallada yashaymiz. Mahalla- miz obod va juda ahil. Ko‘chalarimiz ozoda, uylarimiz shinam. Dam olish kunlarida mahallamizda tez-tez hashar o‘tkazib tu- riladi. Bugun ham dadam bilan hasharga chiqdik. Ana, sinf- doshim Aziz dadasi bilan daraxtlarni oqlashyapti. — Hormanglar, biz ham hasharga keldik, — dedilar dadam. — Juda yaxshi. Qani, Sherzodjon, sen o‘rtog‘ingga qarash. Biz dadang bilan idoradagi ishlarga yordam beramiz. Biz tushgacha ko‘chadagi barcha daraxtlarni oqlab bo‘ldik. Dadam bilan Akmal amakim idora hovlisini tozalab qaytishdi. — Biz ishimizni tugatdik, amaki, yana nima ish bor? — Bo‘ldi, qolgan ishlarni biz o‘zimiz bajaramiz. 10 Har bir hashardan so‘ng mahallamiz yanada chiroyli, fayzli bo‘lib ketadi. Bizning mahallamizga mehmonga keling! Bilib oling! O‘zbek tilida yasama so‘zlar tarkibida bir nechta so‘z yasovchi va shakl hosil qiluvchi qo‘shimchalar kelishi mumkin. Ular so‘z asosiga quyidagi tartibda qo‘shiladi: Asos + so‘z yasovchi + shakl hosil qiluvchi olma + zor + lar + da mahalla + dosh + lar + ga 1- mashq. Berilgan so‘zlarga mos qo‘shimchalarni qo‘shib, yasama so‘zlar yasang va namunadagidek yozing. -chi -soz -bon -dosh -paz -don -kor gulchi soatsoz bog‘bon sinfdosh oshpaz qalamdon bunyodkor Tarbiya, suv, bog‘, sir, darvoza, gul, soat, havas, osh, mu- sobaqa, temir. 2- mashq. Matnlarni o‘qing. Sodda yasama so‘zlarni aniqlab, qo‘- shimchalarning qo‘shilish tartibini tushuntiring. 1. Hammasi ham mayli-ya, Ravshanning kasalxonaga tushib, musobaqaga qatnasha olmay qolgani yomon bo‘ldi-da! Barcha sinfdoshlaridan ajralib qoladigan bo‘ldi. Endi keyingi yil u musobaqaga kimlar bilan boradi-yu, qachon boshqalarga yetib oladi? Hali bir yil bor-a! 2. Shifokor Doniyorning tomog‘ini katta ochib ko‘rdi-da, dedi: — O‘g‘lim, muzqaymoqni ko‘p yeb qo‘yibsan-ku! Doniyor oyisiga qaradi-yu, qizarib ketdi. Axir u oyisiga aytmay, muzlat- kichdan muzqaymoq olib yegan edi-da! 3- mashq. Gaplarni o‘qing. Yasama so‘zlarni aniqlab, qo‘shimcha- larning qo‘shilish tartibini tushuntiring. N a m u n a : kun + lar + im + da 1. Bolalik kunlarimda, uyqusiz tunlarimda ... 2. Kitob — bi- lim manbayi. 3. Men serquyosh O‘zbekiston farzandiman. 4. Dur- 11 dona ruchka va chizg‘ichini qalamdoniga soldi. 5. Maqtanchoq bolani hech kim yoqtirmaydi. 6. Shahrimizdagi yangi bunyod etilgan oromgohni borib ko‘rdik. 4- mashq. Matnni o‘qing. Sodda, qo‘shma, juft so‘zlarni aniqlab, guruhlarga bo‘lib yozing. Ma’naviy hayotimizni yuksaltirish haqida gapirganda ma- hallaning roli va ta’siri xususida to‘xtalish albatta o‘rinlidir. Ma’- lumki, azaldan o‘zbek mahallalari chinakam milliy qadriyatlar maskani bo‘lib kelgan. O‘zaro mehr-oqibat, ahillik va totuvlik, to‘y-tomosha, hashar va ma’rakalarni ko‘pchilik bilan bamas- lahat o‘tkazish, yaxshi kunda ham, yomon kunda ham birga bo‘lish kabi xalqimizga xos urf-odat va an’analar, avvalambor, mahalla muhitida shakllangan va rivojlangan. Xalqimizga xos o‘zini o‘zi boshqarish tizimining bu noyob usuli qadim-qadimdan odamlarning nafaqat tilida, balki dilida, butun hayotida joy egallagani bejiz emas. Biz „Mahalla — ham ota, ham ona“ degan hikmatli naqlni ana shu hayotiy haqiqatning ifodasi sifatida qabul qilamiz. (Islom Karimov. „ Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch“ asaridan) 3- topshiriq. She’rni ifodali o‘qing, mazmunini tushuntiring. Dastyor qiz Suv sepaman, supuraman, Bolalar so‘rashadi, Uy, hovlimiz top-toza. Atrofin o‘rashadi: Barcha yaxshi ishlarimdan — Bu yerni kim supurdi, Ukam olar andaza. Xuddi chinni gul qildi. Supurgini Nargiza Indamadi Nargiza, Qo‘lidan qo‘ymas sira. U-chi, maqtanmas sira. (Yunus Toliðov) Uyga vazifa. She’rni yod oling. Uyda qanday yumush- larni bajarishingiz haqida so‘zlab bering. 12 2- DARS 4- topshiriq. Matnni o‘qing. Mazmunini qo‘shimcha ma’lumotlar bilan gapirib bering. Navoiy ko‘chasi Bu ko‘chada Toshkent davlat sirki, O‘zbek milliy akademik drama teatri, O‘zbekiston televideniyesi, Turkiston saroyi, Ma’- rifat markazi kabi juda katta inshootlar, ko‘plab tashkilotlar, muassasalar bor. Mashhur Ko‘kaldosh madrasasi, Chorsu bo- zori ham shu ko‘chada joylashgan. Zamonaviy qulayliklarga ega bo‘lgan yangi turar joy binolari ham mavjud. Bilib oling! O‘zbek tilida so‘z yasovchi qo‘shimchalar, asosan, asos- dan keyin, sifat yasovchi no-, ser-, ba-, be- qo‘shim- chalari esa asosdan oldin qo‘shiladi. Masalan: Asosdan keyin Asosdan oldin mahalladosh noto‘g‘ri hunarmand serjahl bog‘bon badavlat 5- mashq. Berilgan so‘zlarni qo‘shimchalarning qo‘shilish o‘rniga ko‘ra 2 guruhga bo‘lib ko‘chiring. So‘z yasovchi qo‘shimchalarni ajratib ko‘rsating. N a m u n a : 1. Hosildor, ... 2. Serhosil, ... Hosildor, serhosil, beaql, aqlsiz, hashamdor, serhasham, jahldor, serjahl, guldor, sergul, beodob, odobsiz, betartib, tar- tibsiz. 6- mashq. Nuqtalar o‘rniga mos qo‘shimchalarni qo‘yib, gaplarni ko‘chiring. 1. Maktabimizda yozuv... bilan uchrashuv o‘tkazildi. 2. Ma- salani ...to‘g‘ri yechib qo‘yibsan-ku! 3. Bir taraf bug‘doy..., ikkinchi taraf paxta... edi. 4. Olimjon doskaga mavzuni chiroy... 13 qilib yozdi. 5. Osmon ...g‘ubor, quyosh charaqlab turibdi. 6. Bog‘- dan sayra... qushlarning ovozi eshitiladi. 7. Maktab devor... gaze- tasiga maqolalar yozib turadi. Adabiy o‘qish Obod mahallam bo‘ylab Bizning mahalla va ko‘y, Har bir xonadon va uy Mehrlarga to‘lmoqda, Shundan obod bo‘lmoqda. Unda har bekat, guzar Insonlar bilan go‘zal. Gullarga to‘lgan rasta Tutar sizga guldasta. Mana do‘stlik so‘qmog‘i, Yana mehr bulog‘i. Zargarlar va chevarlar Sizni juda sevarlar. Mahallam ajib ko‘rkam, U ham bir kichik o‘lkam. (Kavsar Turdiyeva) Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar: 1. Maktabingizda qanday tadbirlar o‘tkaziladi? 2. So‘z yasovchi qo‘shimchalarning asosga qo‘shilishi haqida ma’lumot bering. 3. Mahallangiz (ko‘changiz) haqida so‘zlab bering. 4. Ko‘chada yurish qoidalarini bilasizmi? Uyga vazifa. She’rni o‘qing. Mazmunini so‘zlab bering. Undagi qo‘shma va juft so‘zlarni aniqlang. Novvoylar tutar shirmoy, Do‘kon shirinlikka boy. Etik tiksa, etikdo‘z, Etigiga yo‘qdir so‘z. Bizda doim qaynar ish, Har soatda o‘zgarish. Unda bilim o‘chog‘i, Quvnoq maktab dargohi. Mahalla bolalari Tarqalib turli yoqqa, O‘ynashar ko‘zboylog‘ich, Bekinmachoq va soqqa. 14 USTOZLAR (Qo‘shma so‘zlar, ularning yasalishi va imlosi) 1- DARS O‘qituvchi va murabbiylar mehnatini hech narsa bilan o‘l- chab, qiyoslab bo‘lmaydi. Yurtimizda har yili 1- oktabr sanasini O‘qituvchilar va murabbiylar kuni sifatida umumxalq bayrami deb e’lon qilinganligi xalqimizning ustozlarga azaliy hurmat-eh- tiromining yaqqol namunasidir. (Islom Karimov) 1- topshiriq. Berilgan tayanch so‘zlar asosida ustozlaringizni ta’riflang. Qaysi ustozingizni nima uchun yaxshi ko‘rishingizni ayting. T a y a n c h s o ‘ z l a r : mehribon, aqlli, shirinso‘z; o‘qish, yozish, rasm chizish; tartibli, ahil, do‘st, maslahat; o‘rgatmoq, bermoq. 2- topshiriq. Matnni o‘qing. Birinchi o‘qituvchingiz haqida so‘zlab bering. Birinchi o‘qituvchim Har bir insonning ilk ustozi uning birinchi o‘qituvchisi bo‘ladi. Hammamiz ham qo‘limizga birinchi marta qalam tut- qazib, yozishni, o‘qishni o‘rgatgan o‘qituvchimizni hech qa- chon unutmaymiz. O‘qituvchilar bizga bilim beribgina qolmay, tarbiya ham berishadi. Shuning uchun odobli bolalarga kattalar 15 „Ustozingga rahmat!“ deyishadi. Bu o‘quvchilarga ustozlarning ta’siri nihoyatda kuchliligidan. Xalqda „Ustoz — otangdan ulug‘“ deyilishining sababi ham shundadir. 1- mashq. Berilgan so‘zlar va birikmalarni to‘g‘ri joylashtirib gap- lar tuzing. 1. Biz, yig‘ilmoq, ertalab, bino oldi, maktab, bilan, onalar. 2. Men, esdan chiqarmoq, o‘qituvchim, sira, birinchi. 3. Edi, ustoz, kamtar, nihoyatda, inson, birinchi. 4. Kelgan, maktab, kun, birinchi, esdan chiqarmoq, men, hech qachon. 5. Sinf, parta, o‘qituvchi, ikkitadan, o‘tqazmoq. 6. Ushlamoq, ruchka va qalam, yozmoq, o‘rgatmoq. Bilib oling! Qo‘shma so‘zlar bir tushunchani bildiruvchi kamida ikki qismdan iborat so‘zlardir. Ular qo‘shib yoki ajratib yozilishi mumkin. Masalan: belbog‘, yeryong‘oq, gulto- jixo‘roz, rahmdil, xushmuomala, havorang. Markaziy Osiyo, tarjima qilmoq, shu vaqt, borib kelmoq kabilar. 2- mashq. Berilgan so‘zlar ishtirokida qo‘shma so‘zlar hosil qiling va qaysi so‘z turkumidan yasalganini izohlang. N a m u n a : Oq + tepa; sifat + ot — Oqtepa (joy nomi), .... Gul, yog‘och, besh, chehra, gul, oyoq, ming, atir. 3- mashq. Berilgan so‘zlarni qaysi so‘roqqa javob berishiga ko‘ra guruhlarga ajratib yozing. Ustoz, o‘quvchi, maktab, kelmoq, samimiy, birinchi, ta- labchan, guldasta, g‘amxo‘r, qarshilamoq, bilimli, sinfdosh, qadrdon, bahramand bo‘lmoq. ? m i K ? m i K ? m i K ? m i K ? m i K ? a m i N ? a m i N ? a m i N ? a m i N ? a m i N ? y a d n a Q ? y a d n a Q ? y a d n a Q ? y a d n a Q ? y a d n a Q ? a h c e N ? a h c e N ? a h c e N ? a h c e N ? a h c e N ? q o m l i q a m i N ? q o m l i q a m i N ? q o m l i q a m i N ? q o m l i q a m i N ? q o m l i q a m i N 16 3- topshiriq. Matnni o‘qing, mazmunini so‘zlab bering. Ustozlarning ustozi Siz birinchi „Alifbo“ darsligini kim yozga- nini bilasizmi? Bu — ulug‘ ma’rifatparvar bo- bomiz Abdulla Avloniydir. U 1879- yilda Tosh- kentda tug‘ilgan. Abdulla Avloniy o‘zi maktab ochib, ko‘p darsliklar yozgan. Bolalar uning „Birinchi muallim“ kitobidan ilk bor harf ta- nishgan. „Ikkinchi muallim“dan esa she’r va hikoyalar o‘qishni o‘rganishgan. Uning 1909 — 1917- yillarda bosilgan to‘plamlari o‘qish kitobi vazifasini bajargan. Shuning uchun Abdulla Av- loniyni barcha ustozlarning ustozi deb hisoblaydilar. Biz ham birinchi bor qo‘limizga qalam tutqazib, o‘qish va yozishni o‘r- gatgan ustozimizni hamisha hurmat bilan yodda tutamiz. Ayting-chi, nima uchun Abdulla Avloniyni barcha ustozlarning ustozi deb hisoblaydilar? 4- topshiriq. She’rni ifodali o‘qing. Birinchi muallimim Oftobimsiz, oyimsiz, So‘zlari muloyimsiz, Omon bo‘ling, doim siz, Birinchi muallimim. Darsda shovqin solmaymiz, Yomon baho olmaymiz, Biz sizni ardoqlaymiz, Birinchi muallimim. (Olqor Damin) qarzdor — äîëæíèê, îáúÿçàííûé ardoqlamoq — äîðîæèòü shovqin — øóì muloyim — âåæëèâûé Uyga vazifa. She’rni yod oling. Biz bo‘lsak ahil, inoq, A’lochi, kamtar, quvnoq Sochingizga tushmas oq, Birinchi muallimim. Etolmasak sizni shod, Ko‘ngil uyingiz obod Qarzdormiz umrbod, Birinchi muallimim. 17 2- DARS 4- mashq. Matnni o‘qing. Yozuvchining eng ulug‘ ustozga bergan ta’rifini daftaringizga ko‘chiring. Eng ulug‘ ustoz Meni tez-tez o‘quvchilar bilan uchrashuvlarga taklif qilishadi. Shunda ko‘pincha o‘quvchilar „Sizning birinchi ustozingiz kim?“ — Download 3.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling