D ars ishlanmasi Mavzu


Download 1.65 Mb.
Sana30.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1405304
Bog'liq
ochiq dars ona tili va o\'qish4


Tasdiqlayman


Maktab direktori: Sh. Mustafoqulov
Sirdaryo viloyati Xovos tumani
19-umumiy o`rta ta`lim maktabining boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Usmonova Gulnoraning
Ona tili va o’qish savodxonligi fanidan
Bir soatlik
d ars ishlanmasi


Mavzu: O’zbek onasi
Bo’lim: San’at va madaniyat
25-hafta: Bahor bayramlarga boy
Takrorlash va baholash darsi
Maqsad:Hafta davomida o’tilgan mavzularni takrorlash va o’quvchilarning tinglab tushunish ko’nikmasini mustahkamlash
Darsning borishi:
I Tashkiliy qism
O’quvchilar uch guruhga birlashtiriladi. “Boychechak” , “Binafsha”, “Lola”
Baholash tartibi bilan tanishtiriladi.Guruhlarga daraxt rasmi beriladi.Har bir javob gullar bilan baholab boriladi.O’quvchilar gullarni daraxtga joylashtirib boradilar.Qaysi guruhning daraxti ko’p gullagan bo’lsa , dars so’ngida shu guruh g’olib hisoblanadi.
Faollashtirish
1.Nima uchun bahor bayramlarga boy deymiz?
2.1-mart qanday kun?
3. 8-mart kuni kimlarni tabriklaymiz?
4. Navro’z qachon va qanday nishonlanadi?
5.Xotira va qadrlash kuni haqida nimalarni bilasiz?
II O’tilganlarni mustahkamlash
O’yin.”Orzular shari”
Sharlardagi so’zlarni mavzuga mos qilib joylashtirish
“Har bir san’at – mo’jiza”, “Ajoyib insho”, “Bahor kunlarining birida” mavzularining nomi uychaga yozilgan, ularga oid so’zlar sharlarga yozilgan.Har bir guruh o’zlariga berilgan mavzu bo’yicha sharlarni yig’adi.
Bilimlarni qo’llaymiz rukni
Qaysi so’zlar kishilik olmoshlari ekan?
Ular qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
Darslikdagi topshiriq bajariladi
Chiziqlar o’rniga mos kishilik olmoshlarini qo’yib yozish
Bizning oila
------- oilamiz katta.Oilamizda dadam, onam, _____ va ukam yashaymiz. ____ ukam suzishni yaxshi biladi. ____ turli musobaqalar g’olibi._____ ustozlarimiz doim maqtashadi.___ oilamiz bilan faxrlanaman.
Dam olish daqiqasi
III .Yangi mavzu bayoni:
Shu so’zlarni bilasizmi?
1)mushtipar-ovozini baland qilib gapirishga ham botinmaydigan
2)taxir-achchiq
3)gapning xonasi-joyida gapirmoq
“O’zbek onasi” she’ri muallifi Abdulla Oripov haqida ma’lumot berish


Rasmda nima tasvirlangani so’raladi. Sarlavha va rasmga qarab matn nima haqida bo’lishi mumkinligi haqida so’raladi. She’riy matn o’qib beriladi.Orada mavzu bo’yicha savollar berib turish uchun to’xtab-to’xtab o’qiladi.
IV Mustahkamlash
Mana, endi ayting-chi… rukni
1.”Sen ____ beshigin tebratgan bedor” deganda shoir kimni nazarda tutgan?
2.Shoir she’rda qaysi shohni “shoh bo’lsa-da, yoningda faqir” deyapti?
3.Shoir o’zbek ayoliga nimani baxshida qilyapti?
4.”Payti keldi aytmoqqa gapning xonasi” satrini qanday tushundingiz?
5.Siz o’zbek onasini yana qanday sifatlar bilan ta’riflagan bo’lardingiz?
O’quvchilar ona haqida yod olgan she’rlarini aytishadi.
“Kim topqir?” o’yini. Jadvalga mavzulardan olingan jumlalar yozilgan.O’quvchilar mavzularning nomlarini jumlalarga moslab yozib jadvalni to’ldiradilar.
V Yakunlash. O’quvchilarni baholash va rag’batlantirish. To’plangan ballar jamlanib, g’olib guruhni aniqlash.
VI Uyga vazifa. “Onajon” nomli she’r yozish

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling