D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet13/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

1-rasm. Aloqa anjumanlari turlari.

Elektron aloqa orqali munozarali forumlar o’tkazish o’quv jarayonida foydalanish uchun turli ro’yxatlarni jo’natishni tashkil etishga mo’ljallangan.


Ro’yxatlarni jo’natishning moderirlanuvchi (aloqa anjumanlarni o’tkazishni mutaxassis-moderator boshqargan holda) va moderirlanmovchi, shuningdek ochiq va yopiq shakllari mavjud. Yopiq kompyuterli anjumanlar (b.a. ishtirok etish hamma o’quvchilar uchun mumkin bo’lmagan anjumanlar)ga nafaqat pullik, balki, ma’lum bir darajadagi yoki kasbga ega bo’lgan o’quvchilar uchun mo’ljallangan bepul anjumanlar ham kiradi.
Ko’pgina yaqin va uzoq xorijiy davlatlarda, shu jumladan, Rossiyada guruhiy manzillar, obunalar, saralashlar va ma’lumotlarni jo’natishlarni tashkil etish uchun aloqali anjumanlar o’tkazishning maxsus uskunaviy vositalari ishlab chiqilgan. Ularning qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
ListStar http://www.starnine.com/liststar/
ListCaster http://www.mustang/com/products/we/ListCaster
Listserv http://www.lsoft.com/listserv/stm
Lyris E-Mail LS http://www.lyris.com/
Majordomo http://www.greatcircle.com/’majordomo
Minordomo http://www.halcyon.com/sanford/cgi/minordomo
SV List http://www.cadvision.com/softventures/htm/SVListblue.htm
Ko’pchilik o’quv aloqa anjumanlarida munozaralarni boshqarish va ularni muvofiqlashtirish maqsadga muvofiq. Bunday anjumanlar moderirlanuvchi hisoblanadi. Ushbu texnologiyadan o’quv jarayonida foydalanishning samarasi ko’p tomondan moderator (fasiliteytor)ning ixtisoslashganligi, uning o’quv kursining maqsadiga eng yuqori darajada erishilishini ta’minlaydigan munozaralarni boshqara olishi bilan aniqlanadi.
Maxsus “Moderatorlar” Web sahifalarida (http://star/ucc/nau/ eduG’maruiG’moderators.html) o’quv aloqa anjumanlari olib boradigan o’qituvchilar uchun foydali axborotlar joylashtiriladi.
Ushbu sahifalarda:
- o’quv anjumanlarni tashkil etish va o’tkazish masalalari tahlil qilinadi;
- o’quv anjumanlarda ko’pincha beriladigan savollarning (FAQ) ro’yxatlarini tayyorlash bo’yicha ko’rsatmalar beriladi;
- kompyuterli anjumanlarda o’qitish etikasi - etiket muammolari qaraladi;
- Moderirlash muammolari bo’yicha chop etilgan qisqacha berilgan ma’lumotlari (annotatsiyalari), ushbu nashrlardagi to’la matnlarning Web sahifalar bilan aloqalari beriladi.

  1. Kompyuterli ta’lim dasturlari (shu jumladan, gipermatnli, multimedia, intellektual va boshqalar).

Kompyuterli ta’lim dasturlari odatda ikki: axborot ma’lumotnomalik va nazorat - ta’limiy tartibda o’qitish imkoniyati mavjud.
Birinchi tartib chop etilgan materiallar, audio va videoyozuvlar bilan birgalikda o’quv materialiga kirishni kengaytirish va soddalashtirish, o’quv materialini qulay va ko’rgazmali tarkiblash uchun, shuningdek, uni ustida oson harakatlanish (navigatsiya) uchun foydalaniladi.
Nazorat - ta’lim tartibi o’quvchilarni masofadan turib o’qitish mobaynida o’z-o’zini bilimini sinashda ham, joriy yoki oraliq sinashda ham keng foydalaniladi.
Maxsus ishlab chiqilgan uskunaviy vositalardan foydalanish kompyuterli ta’lim dasturlarini yaratish jarayonini anchagina engillashtiradi. Ular yordamida hatto, kompyuter texnologiyalaridan ko’p xabarsiz bo’lgan tarix, adabiyot, huquq va boshqa fan o’qituvchilari ham bemalol ta’lim dasturlarini yaratishlari mumkin.
Kompyuter ta’lim dasturlarini yaratish uchun etarlicha samarali uskunaviy vosita uskunaviy NM - Card gipermediya (ya’ni, matndan tashqari multimedia imkoniyatlarini ham o’zida mujassamlashtirilgan ma’lumotga yo’l ko’rsatuvchi hujjatlar) tizimidir.
NM - Card dasturiy majmua sifatida quyidagi uchta asosiy elementlardan tashkil topgan:

  1. HYPER-MEDIA - ma’lumotlar omborining elementar blok (tugun)larini yaratish muharriri;

  2. Elementar bloklarni yuqoriroq darajadagi birlashmaga birlashtira oladigan komponovshik (aloqalar muharriri);

  3. HYPER- MEDIA - ma’lumotlar ombori tuzilishi bo’yicha navigatsiya (yutqazish)ni amalga oshirish imkoniyatini beradigan ijrochi (yutqazuvchi).

Oxirgi vaqtda boshqa imkoniyatlari qatorida ta’lim dasturlarini yaratishga imkoniyat beradigan Web texnologiyalar asosida integrallashgan ta’lim paketlarini yaratish tez rivojlanmoqda.

  1. WWW (Word Wide Web - jahon o’rgimchak to’ri). Ushbu eng ko’p tarqalayotgan Internet tizimi ta’limning yangi modelini (o’qitishning yangi uslubini) rivojlanishiga olib kelmoqda. O’quv kurslari Web sahifa va o’quv axborot fazosi xaritasining metashakli asosida ishlab chiqilmoqda.

Ushbu texnologiya tovush, video, grafikalarni qo’llash imkoniyatini bera olishiga qaramay, hozirgi vaqtda o’quv kurslarida Web ni eng samarali foydalanishda verbal kommunikatsiyani egallash bo’lmoqda.
Hozirgi kunlarda umuman ta’limda qo’llanilayotgan Web texnologiyalarning asosiy turlariga quyidagilarni kiritish mumkin:
- integrallashgan ta’lim paketlari (ITP);
- asinxron anjuman;
- sinxron anjuman;
- birgalikdagi masofali guruhiy ish;
Web texnologiyasi asosida yaratilgan ietegrallashgan ta’lim paketlari ichida hozirgi kunda eng ko’p tarqalganlari quyidagilardir:




Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling