D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
I BOB. MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI FANIGA KIRISH
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
I BOB. MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI FANIGA KIRISH
***************************************************************** 1.1. «Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi» fani va uning predmeti, maqsadi, vazifasi va mazmuni «Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi» fanining asosiy maqsadi magistrantlarning zamonaviy axborot texnologiyalarining usul va vositalari haqidagi bilim, ko’nikma va malakalarini rivojlantirish va ulardan foydalana olishni tashkil etish uslublarini tushuntirish, shuningdek mutaxassislik fanlarini psixologiya, pedagogika, biologiya va boshqa fanlar bilan aloqasini ko’rsatish. O’quv vazifalar: Magistrantlarni o’qitish uslubiyoti fani bilan aloqador asosiy dalil va hodisalar bilan tanishtirish; mutaxassislik fanlarini o’qitish uslubiyotini informatika, axborot texnologiyalari, psixologiya, pedagogika va boshqa fanlar bilan aloqasini ko’rsatish; magistrantlarda ilmiy dunyoqarashni rivojlantirish. Reja: Tashkiliy qism. Mashg’ulot maqsadini qo’yish. «Bolalarni informatikaga o’qitish osonmi?» mavzusida munozara. Kursning umumiy tavsifi. Xulosa. Mashg’ulot turi: ma’ruza. Mashg’ulotnig davomiyligi: 2 soat. Adabiyot: Lapchik M.P. Metodika prepodavaniya informatiki: Ucheb. posobie dlya stud. ped. vuzov \ - M.: Izdatelskiy tsentr «Akademiya», 2005. Sofronova N.V. Teoriya i metodika obucheniya informatike: Ucheb. posobie \ -M.: Vissh. shk., 2004. Tashkiliy qism (magistranlarning salomlashishi, tanishuv, yo’qlama qilish). Mashg’ulot maqsadini qo’yish (bugun mashg’ulotda biz mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi predmeti nimani o’rganadi va uning informatika o’qitiuvchisini tayyorlashdagi o’rni, shuningdek ushbu kursning maqsadi va vazifalarini o’rganamiz) “Yoshlarni informatikaga o’qitish osonmi?” mavzusi bo’yicha munozara. Har bir yangi kursni o’rgana borib, biz ko’pincha o’zimizcha: «Nima uchun?», «Uni o’rganish kompetentlik mutaxassis bo’lishimizda uni o’rganish nima beradi?» kabi savollar beramiz. Kursning «Informatika o’qitish uslubiyoti» nomidan, u o’ziga xos xususiy uslubiyotni tashkil etishi va informatikani predmet sifatida o’rganishni o’ziga oladi. O’zimizga o’raganish zaruratini aniqlash uchun, quyidagi savollarga javob berib bilishga harakat qilaylik: «Mutaxassislik fanlarini o’qitish metodikasi» fani nima uchun o’quv rejaga kiritilgan? Ushbu kurs qanday fan va predmetlar bilan aloqador? Talabalarni o’qitish uchun o’qituvchi qanday sifat, ko’nikma va malakalarga ega bo’lishi lozim? Munozara mobaynida quyidagi xulosalarni shakllantirish kerak: kursni kiritilishi o’quvchilarni axborot jamiyatida o’zaro ta’sir etish, ta’limda va jamoat hayotida axborot texnologiyalarining ahamiyati ortib borishi tufayli ijtimoiy sharoitlarning o’zgarishi bilan bog’liq. «Informatika o’qitish uslubiyoti» fani ko’pgina fan va predmetlar bilan aloqador; o’qituvchi o’quvchilarning tushunchalarni shakllantirish ko’nikmalarini tashkil etish bilan ham, rivojlantiruvchi va o’qitish dasturlari bilan ishlashni ham egallagan bo’lishi lozim. Muhokamadan so’ng o’qituvchining sifatlar modelini tuzush mumkin. Kursning umumiy xarakteristikasi. 1985 yili umumta’lim maktablariga alohida «Iformatika va hisoblash texnikasi asoslari» predmetini kiritilishi pedagogika fanning yangi sohasini shakllanishiga start berib, uning ob’ekti informatikaga o’qitishdan iborat bo’ldi. Ilmiy mutaxassisliklarni rasmiy sinflashtirishiga mos ravishda, zamonaviy bosqichda jamiyatning qo’ygan informatikaga o’qitishning qonuniyatlarini tadqiq qiladigan peadgogikaning ushbu bo’limi hozirgi kunlarda «ta’lim va tarbiya nazariyasi va uslubiyoti (informatikaga; ta’lim turlari bo’yicha: maktabgacha, umumiy ta’lim maktabi, o’rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim turlarini, informatikani mustaqil o’rganishni, o’qitishning masofali shaklini olishi lozim)» nomini oldi. Sanalgan har bir soha ilmiy pedagogika oldida o’zining muammolarini qo’ymoqda. Bizni ko’proq umumiy hrta ta’lim maktab va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida informatikani o’qitish qiziqtiradi. Informatika ta’lim va tarbiya nazariyasi va uslubiyoti hozirgi paytda jadal rivojlanmoqda. Undagi ko’pgina masalalar yaqinlarda paydo bo’lib, hanuzgacha o’zining chuqur nazariy asosini ham, uzoq tajribasini ham olgani yo’q. Informatikani o’qitish uslubiyoti umumiy maqsadlar bilan birgalikda o’zining oldiga quyidagi masalalarni qo’yadi: Informatikani o’rganishning aniq maqsadini aniqlash; umumta’lim predmetining mazmuni va uni o’rta ta’limdagi o’quv yo’nalishidagi o’rnini belgilash; umumiy ta’lim maktablari va o’qituvchi-amaliyotchiga davlat tomonidan oldiga quyilgan maqsadlarga erishishga qaratilgan o’qitishning eng maqbul uslublari tashkiliy shakllarini ishlab chiqish va taklif etish; Informatikaga o’qitishning barcha vositalarini ko’rib chiqish (o’quv, qo’llanmalar, dasturiy vositalar, texnik vositalar va sh.k.) va ularni o’qituvchining ishlash amaliyotida qo’llash bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Boshqacha aytganda, informatikani o’qitishda ham umum ta’lim maktabning boshqa fanlarinin o’qitish uslubiyotidagi kabi asosiy masalalarning: informatikaga nima uchun o’qitish kerak? nimani o’rganish kerak? informatikaga qanday o’qitish kerak? kabi ana’naviy uchlikdagi savollar qo’yiladi. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling