D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4. Evristik uslub
- Tadqiqiy uslub
2. Reproduktiv uslub – ta’lim beruvchi savoli yoki topshirig’i asosida o’rganilayotgan materialni ta’lim oluvchilar qayta ishlaydilar. U bilan ular ta’lim beruvchi bayoni orqali yoki kitob, o’quv qo’llanma yordamiga tayanadilar.
3. Muammoli bayon uslubi – ta’lim beruvchi muammo tanlaydi, o’zi echadi lekin bunda uning echimi yo’l ko’rsatadi. Biroq ziddiyatlarni ta’lim oluvchilarga tushunarli qilib beradi. Echish yo’lidagi harakatlarni ya’ni qanday fikr yuritishni ochib beradi. Bu uslubni vazifasi shundan iboratki ta’lim beruvchi ilmiy bilish namunalarini muammoni ilmiy echishni “bilim embriologiyasi”ni ko’rsatadi. Ta’lim oluvchilar bu harakatlarni ishonchliligini nazorat qiladilar, uni mantig’ini fikriy kuzatishadi, butun muammoni echish bosqichlarini o’zlashtiradilar. 4. Evristik uslub ijodiy faoliyatni bo’laklab o’zlashtirish malakasi muammoli topshiriqlarni echishni alohida bosqichlarini egallash ta’lim oluvchilarni butun masalani echishga o’rgatish uchun, ularni har bir echim bosqichlarini mustaqil bajarishga o’qitish zarur bo’ladi. Birinchi holatda – muammoni ko’rish, hujjatlarga tasvirlangan isbot yoki hodisaga rasmga savollar qo’yishni taklif qilish, ikkinchi holatda – isbot qilish, uchinchidan ko’rsatilayotgan dalillardan xulosalar chiqarish, to’rtinchidan tahlillarni aytib berish, beshinchidan echimni tekshirish rejasini tuzish. Tadqiqiy uslub ijodiy faoliyatning asosiy o’qitish uslubi bo’lib hisoblanadi. Bu uslub, uning oddiy variantlarida ham muammoli masalani to’liq echishda uning kerakli bosqichlaridan mustaqil o’tishda ta’lim oluvchidan maxsus tayyorgarlikni talab etadi. Mashg’ulotlarni tashkil etish shakllari — frontal, individual va guruhiy yoki boshqacha sinflashtirishda ma’ruza, suhbat, so’rov, sayohat, laboratoriya ishi, praktikum, seminar va sh.k. lardan iborat bo’lishi mumkin. Psixologiya sohasida erishilgan yutuqlar turli yoshlardagi sinflarda mashg’ulotlarni tashkil etishda hisobga olinadi. «EHM bilan tanishuv» yoki «Grafik muharrirni o’rganish» kabi bir mavzu bo’yicha mashg’ulotlar quyi, o’rta va yuqori stinflarda turlicha tashkil etiladi. Nafaqat vazifalar, balki mashg’ulotlarni o’tkazish shakli, o’qituvchining darsdagi o’zini tutishi ham turlicha bo’ladi. Informatika o’qitish uslubiyotini ixtiyoriy fan bilan aloqasini o’rnatish mumkin. Informatikani o’qitish zamonaviy darajada turli ilmiy bilim sohalaridagi ma’lumotlarga asoslanadi: biologiya (odam, boshqa tirik organizm kabi biologik o’zini-o’zi boshqariladigan tizimlar), tarix va jamiyatshunoslik (jamoat ijtimoiy tizimlari), o’zbek tili (grammatika, sintaksis, semantika va boshq.), mantiq (fikrlash, formal amallar, rost, yolg’on), matematika (son, o’zgaruvchilar, funktsiyalar, to’plamlar, beligilar, amallar), psixologiya (qabul qilish, fikrlash, kommunikatsiya). Informatikaga o’qitishda falsafani (dunyoning tizimli-axborot tasvirini o’rganishda dunyoqarashli yondashuv), filologiyaning (matn muharrirlarni o’rganish, sun’iy intellekt tizimlari), matematika va fizikaning (kompyuterli modellashtirish), naqqoshlik va grafikaning (grafik muharrirlarni, multimedia tizimlari) va hokazolarning muammolariga mo’ljallanishi zarur. Shunday qilib informatika o’qituvchisi o’z bilimini doimiy ravishda to’latib boradigan keng irodali odam bo’lishi lozim. Yakunlar Demak, quyidagi savollarga javob bering: Nima ob’ekti informatikaga o’qitishdan iborat bo’lgan pedagogika fanining yangi sohasini shakllanishiga start berdi? informatikaga o’qitish uslubiyoti o’z oldiga qanday asosiy vazifalarni qo’yadi? Ixtiyoriy maktab predmeti uslubiyoti oldiga qo’yiladigan asosiy masalalarning ana’naviy uchligi nima? informatikaga o’qitish uslubiyoti predmeti qanday fanlar bilan aloqador? O’yga vazifa: konspekt tuzish (Lapchik M.P. Metodika prepodavaniya informatiki: Ucheb. posobie dlya stud. ped. vuzov G’ - M.: Izdatelskiy tsentr «Akademiya», 2005 str.31-41 ) Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling