D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Ta’limni axborotlashtirish, uning tavsifi va asosiy tushunchalari
Tekshirish uchun savollar:
Mutaxassislik fanlarini uqitishning maqsadi nimadan iborat? Kursning umumiy xarakteristikasini aytib bernig. Informatika o’kitish uslubi deganda nimani tushunasiz? O’zbekistonda «Informatika va hisoblash texnikasi asoslari» predmeti qachondan beri o’qitila boglangvn? Informatikaga oid dastlabki darsliklar haqida nima bilasiz? Dastlabki milliy darslik qachon paydo bo’lgan va ularda qatnashgan mualliflar kimlar? Didaktikaning qanday tamoyillarini bilasiz? Ularning mazmuni haqida tushincha bering. O’qitishning faollik, nazariyaning o’qitish amaliyoti bilan bog’liqligi, ko’rgazmalili va tushunarli bo’lishi tamoyillarini tushuntirng. O’qitishning namunalardan foydalanish, didaktik reduktsiya va ilmiylik tamoyillarining mazmuni qanday? O’qitishning tarbiyalovchi, muntazamlilik va izchilik tamoyili, ongliligi va faolligi tamoyillarini tushuntirib bering. O’quvchilarning shaxsiy, o’ziga xos (individual) imkoniyatlarini hisobga olish hamda bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishning puxtaligi tamoyillarini qanday tushunasiz? Informatika o’qitishda o’quv-bilish faoliyatni tashkil etish va amalga oshirishning qanday uslublari, ya’ni o’qitishning qanday umumdidaktik uslublaridan foydalaniladi? O’qitishning umumdidaktik uslublarini sanang va ularning mazmunini tushuntiring. 1.2. Ta’limni axborotlashtirish, uning tavsifi va asosiy tushunchalari Odamzodning o’z rivojlanishini barcha bosqichlarida va barcha faoliyat sohasida, shu jumladan, ta’lim jarayonida ham uning oldida doimiy ravishda axborot to’plash, uni qayta ishlash va axborot bilan almashinish masalalari turgan. Tabiiyki, shu sababli ta’limning axborot ta’minoti – axborotni qandaydir tashuvchilarda uni akslantirish shakl va usuli yaratilgan. Etarlicha uzoq vaqtlar mobaynida bunday ta’minot tashuvchisi va olingan axborotni to’plashi, uni qayta ishlashi va uzatishi uchun, odamning miyasi, tili va eshitish kabi organlari asosiy qurol bo’lib xizmat qilgan. Kompyuter (ingl. computer —«hisoblagich») — berilgan, ochiqlikda aniqlangan o’zgaruvchi amallar ketma-ketligini, ko’proq sonli hisoblarni bajara oladigan qurilma yoki tizim. Dunyoga kompyuterning kirib kelishi, bu holatni tubdan o’zgartirib, oqibatda axborot, axborot texnologiyalari, axborot kommunikatsiya texnologiyalari, informatika, iformatikalash, kompyuterlashtirish va ta’limni kompyuterlashtirish kabi tushunchalarning paydo bo’lishiga sababchi bo’ldi. Axborot — (lat. informatio — tushuntirish, baën qilish) — shartli signal (belgi)lar ërdamida shaxslar, predmetlar, dalillar, voqealar, hodisalar va jaraënlar haqida ularni tasvirlash shaklidan qat’iy nazar uzatiladigan va saqlanadigan ma’lumotlar. Axborot izlash – bu u yoki bu so’rov bo’yicha saqlanayotgan axborotlardan ma’lumotlarni tanlash jarayoni. Odatda, so’rovlar saqlanayotgan axborotning tartiblanganligini hisobga oladilar. Axborotni taqdim etish — bu aniq masalalarni echishda ma’lumotlarni olish (uzatishda)dan yoki saqlash (izlash)dan keyingi foydalanish uchun qulay shaklga keltirish jarayoni. Axborotni uzatish — aniq masalalarni echish uchun ma’lumotlarni zarur taqdim etish shaklda uzatish jarayoni. Axbortni himoya qilish — bu ma’lumotlarni qanday bo’lsa, shundayligicha saqlash, shuningdek, unga kirishni chegaralash jarayonlaridir. Texnologiya (yunoncha techne – τέχνη — san’at, mahorat va logos – λόγος-tushuncha, ta’limot) - qandaydir mahsulotni olish uchun (ta’limda - o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berishda) ketma-ket qo’llaniladigan bir necha amallarning ratsional (turg’un) birlashmasi. Texnologiya uslubiyotning mantiqiy va amallik ishlab chiqiladigan o’zagi sifatida qabul qilinishi mumkin. Texnologiya belgilari: maqsadni qo’yish, pedagogik tizimlarni baholash, muqobillik asosida reja va dasturlarni yangilash, amallik komponentalar, faoliyatni tashkil etishning vositalari va usullari, jarayon samaradorligining doimiy o’sishi, salohiyatli ishlab chiqiladigan pedagogik natijalardir. Texnologiyaning bu shakldagi atamasi qadim zamonlardan foydalanilgan. Hozirgi kunlarda ko’pincha so’zlashuvda texnologiya atamasini inglizcha Know How (nou-xau) - bilaman qanday (bajarishni) so’z birikmasi bilan almashtiradilar. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling