O’qitishda o’quvchilarning ongliligi va faolligi tamoyili o’qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o’quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo’llash uslublarini ongli va faol egallab oladigan, ularda ijobiy tashabbuskorlik va o’quv faoliyatida mustaqil, tafakkur, nutq rivojlanadigan bo’lsin.
O’qitishdagi onglilik tamoyili o’quvchilarning o’z o’quv ishlarining aniq maqsadlarini aniq tushunishlarini, o’rganilayotgan fakt, hodisa, jarayonlarni va ular o’rtasidagi bog’lanishni tushungan holda o’zlashtirib olishlarini, olingan bilimlarni amaliy faoliyatda qo’llay olishlarini bildiradi.
O’quvchilarning faolligi ularning nazariy materialini egallab olishlarida va sinfda, laboratoriyada topshiriqlarini bajarishlarida namoyon bo’ladi.
O’quvchilarning shaxsiy, o’ziga xos (individual) imkoniyatlarini hisobga olish tamoyili. Har bir o’quvchi o’zining shaxsiy (jismoniy, ruhiy va b.) xususiyatlariga egaki, ular uning o’quv faoliyatiga katta ta’sir etadi. Pedagogning bu xususiyatlarni o’rganish va hisobga olishi o’qitish sifatini oshirish va har bir o’quvchining ijobiy qobiliyatlarini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi.
O’quvchining kuchli va ojiz tamonini bilib olishga, uning qiziqishlari, tafakkuri, nutqi, xotirasi, diqqati, xayoliga xos bo’lgan xususiyatlarni o’rganishga, uning fe’l-atvori va irodasini yaxshi bilib olishga harakat qiladi, o’quvchilarning hayotiy va mehnat tajribalarini, ularning faoliyati xususiyatlarini o’rganadi.
Bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishning puxtaligi tamoyili. Egallangan bilim, ko’nikma va malakalarning kelgusida ilmiy bilimlar tizimini o’zlashtirib olishda asos bo’lib xizmat qilishi uchun, ular puxta o’zlashtirilgan, yaxshi mustahkamlangan bo’lishi va o’quvchilarning xotirasida uzoq vaqt saqlanishi kerak. Puxtalik tamoyilining talablari shulardan iborat bo’lib, bularga rioya qilmaslik o’quvchilarning o’zlashtirmasligiga, o’qishda orqada qolishga sabab bo’ladi. O’qitish tamoyillari bilan bir qatorda o’qitishning asosiy qoidalari ham bo’lib, ularga quyidagilar kiradi: tushunarlidan-tushunarsizga; yaqindan-uzoqqa; osondan-qiyinga; aniqdan-mavhumga; umumiydan-xususiyga.
Masalan, informatika o’qitishda o’quv-bilish faoliyatni tashkil etish va amalga oshirish ma’lum uslublari, ya’ni o’qitishning umumdidaktik uslublari (M.N. Skatkin va I.Ya.Lerner bo’yicha): axborot-retseptiv, reproduktiv, muammoli bayon etish, evristik, tadqiqiy va sh.k. uslublari foydalaniladi.
1. Axborot – retseptiv metod. Bu uslubdan boshlab darsda bilish jarayoni boshlanadi. Ta’lim beruvchi axborotni beradi, ta’lim oluvchilar uni qabul qiladilar, eslab qoladilar, fikr yuritadilar, eslab qoladilar. Axborotni boshlang’ich manbai kitob, o’quv qo’llanma, ko’rgazmali qurol va vositalar xizmat qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |