D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet16/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

Team WARE Office http://www.teamw.com/teamware/products/ twvoffice. htm - elektron aloqa, o’quv graffikalarni tuzish, munozaralar, hujjatlarni saqlash va izlash.
TEAMate http://www.mmb.com/ - hujjatlarni ishlab chiqish va foydalanishda hamkorlik qilish, guruhiy masalalarni echish jarayonini boshqarish tizimi.
WebShare http://www.radnet.com/Webshare/main_webshare.html - munozaralar, axborotlarni izlash va saqlash, o’quv grafikalar tuzish.
8. Teleanjumanlar (audio anjumanlar, audio grafik anjumanlar, video anjumanlar, kompyuterli anjumanlar).
Ta’lim muassasalarida maxsus jihozlar asosida kabi, kompyuter tarmog’i orqali tovush, grafik, video va matnlarni uzatish asosida teleanjumanlarni o’tkazish hozirgi kunning talabidir. O’quv anjumanlarning asosiy turlari texnologik tomondan kompyuter tarmoqlarining multimediasini rivojlantirish mobaynida yaqinlashsalarda, lekin didaktik tomonidan o’zaro alohida farqlarini saqlaydilar.
Umuman har bir teleanjumanlarning har bir turida masofadan turib o’qitishning maxsus metodlari shakllanadi.
Ohirgi paytlarda o’qitishda foydalaniladigan barcha turlari orasida kompyuterli anjumanlar (elektron aloqa, shuningdek yuqorida eslatilgan Web texnologiyasi asosida o’tkaziladigan kompyuterli sinxron va asinxron anjumanlar) keng tarqalmoqda.
Axborot texnologiyasi tez rivojlanayotgan va keng tarqalayotgan bir paytda e’tiborimizni o’quv-tarbiya jarayoniga yangicha yondashgan holda qaratmog’imiz lozim. Ta’lim tizimida yangi axborot texnologiyalarini qo’llash:

  • yangi pedagogik uslub va usullarni rivojlantirishga;

  • o’qituvchilar o’zlarining oldida turgan masalalarni hal etish stilini o’zgartirishga;

  • pedagogik tizim tuzilishini o’zgartirishga olib keladi.

Bu esa o’z navbatida pedagogik jarayonni tashkil etish va boshqarish bo’yicha o’ziga xos masalalarini keltirib chiqaradi.
Zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalar texnologiyalari asosida o’qitish metodlarini to’rt guruhga ajratish mumkin:

  • o’z-o’zini o’qitish uslubi;

  • “bittasi-bittani” pedagogik uslublari;

  • “bittasi-ko’pni” o’qitish;

  • kommunikatsiya asosida “ko’plar-ko’plarni” o’qitish.

O’quv-tarbiya jarayoniga yangi axborot kommunikatsion texnologiyalar asosida yangi pedagogik texnologiya faoliyatini kiritilishi hozirda qo’llanilayotgan an’anaviy ta’lim tizimini tubdan o’zgartiradi. Bularni quyidagilarda ko’rish mumkin:
a) Texnologik asoslari tezlikda rivojlanayotganligi tufayli kurslar (darslik, qo’llanmalar)ni ishlab chiqish faoliyati qiyinlashadi. Bu o’qituvchi, uslubchi va olimlardan pedagogik ishlash usullari bo’yicha yangi maxsus malakalarini talab etadi. Bundan tashqari zamonaviy axborot texnologiyalari o’quv materiallarni ishlab chiqish sifati uchun qo’shimcha talablar qo’yadi.
b) An’anaviy o’qitish tizimining markaziy figurasi o’qituvchidir. Yangi axborot texnologiyasini ta’lim tizimda qo’llash sekin-asta o’quv jarayonida asosiy og’irlik faol qatnashuvchi o’qituvchiga tusha boshlaydi. O’qituvchining asosiy pedagogik faoliyati – o’quvchi faoliyatini muvaffaqiyatli ushlab turishga qaratiladi ya’ni o’qituvchi o’quvchining o’quv axborotlarini oson o’zlashtirishga qo’maklashuvchi bo’ladi.
v) Yangicha o’qitish sinfdagi o’quvchilarga yakka tartibda faol va jadal ta’sir etishni ta’minlaydi. An’anaviy o’qitishda esa o’qituvchi va o’quvchi orasidagi teskari aloqa umumlashgan holda (barcha o’quvchilar bilan) amalga oshiriladi.
Shunday qilib, ta’lim tizimida axborot texnologiyalarini foydalanish, ya’ni yangi pedagogik texnologiyani kiritilishi, o’quvchi va o’qituvchi faoliyati, ularning darsdagi o’rni va vazifalarini keskin o’zgarishiga olib keladi. Shu bilan birga darsni samaradorligi ortadi, o’quvchilar bilimlarni o’zlarining kuchi, qobiliyati va materialni qabul qilish sur’atiga asosan qabul qilishi va ularni mustaqil ravishda o’zlashtirishiga olib keladi.



Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling