D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslari
Tekshirish uchun savollar:
O’zbekiston Respublikasi VMning axyuborotlashtirshga oid qanday Qarorlarini bilasiz? Axborotlarni kun sayin ortib borishi nimalarga olib keldi? Iqtisodiy faoliyat agrar jamiyatda, sanoat jamiyatda va axborotli jamiyatda nimalar bilan aloqador? Agrar jamiyatda, sanoat jamiyatda va axborot jamiyatlarida asosiy ishlab chiqarishni chegaralab turadigan omil nimalardan iborat deb o’ylaysiz? Ta’lim muassasalarida qo’llanilayotgan asosiy texnologiyalarning turlarini sanang. Audikassetalar, videokassetalar va videokliplar, telefon, radio va televidenie, elektron aloqa va kompyuterli o’qitish dasturlari ta’limda qanday foydalanilmoqda? Ta’limda WWW (Word Wide Web), teleanjumanlar (audioanjumanlar, audiografik anjumanlar, videoanjumanlar, kompyuterli anjumanlar)dan foydalanish mumkinmi? Bo’lsa qanday? Zamonaviy kompyuterlar va telekommunikatsiyalar texnologiyalari asosida o’qitish metodlarini necha turdan iborat? O’quv-tarbiya jarayoniga yangi AKT asosida yangi pedagogik texnologiyani kiritilishi an’anaviy ta’lim tizimini tubdan o’zgartirishini nimalarda ko’rish mumkin? 1.4. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning didaktik asoslari Ta’lim tajribasi zamonaviy sharoitlarda maqbul o’qitish tizimlarini tuzish, o’quv jarayonini loyihalash, axborotlarni olish, o’zgartirish, uzatish, saqlash va foydalanishga yo’nalirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini foydalanish zaruratini isbotlamoqda. Axborot – pedagogik texnologiyalari (APT) quyidagi elektron – didaktik vazifalarga asoslanadi: - qabul qilinayotgan o’quv axborotlarni tushunish va fikrlashni ta’minlaydigan, tasavvur va tushunchalarni shakllantirish; - o’qitish vositalari bilimning bevosita manbasi, ya’ni aniq axborotni tashuvchilari bo’lganligidan axborotlilik; - o’kitish jarayonini engillashtiradigan, maqsadga eng kam kuch, vaqt sarflagan holda erishishni ta’minlaydigan kompensatorlik; - o’qitish jarayonini o’tishni, namoyish etishni, mustaqil ishni, bilimlarni uzviyligini tashkil qilishga qulay sharoitni qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan, adaptivlik (moslanuvchanlik); - ob’ekt va hodisalarni butunning qismi kabi qarashga imkoniyat beradigan integrativlik. Umumiy vazifalar qatoriga shuningdek, faolityani, harakatlarni, amallarni va quyilgan uslubiy maqsadga erishish ham, o’quv faoliyatning mustahkam (tashqi) motivatsiyasini shakllantiradigan motivatsion ham aniq ko’rinishlarini ta’minlashga yo’naltirilgan qurol-aslaxalik (asbob) vazifalar kiradi. Ko’pgina qilingan tadqiqotlarga (.X. Zaynutdinova, G.V. Ivshin, D.F. Lazarev, V.V. Serikov, A.Yu. Uvarov, S.G. Shapovalenko va boshq.) asosan o’qitishning elektron vositalarini yaratish va foydalanish muammosini hal etishning ikki: pedagogik va axborotli kabi pedagogik yondashuvlarni ajratish mumkin. Pedagogik yondashuv o’quv jarayonida turli didaktik maqsadlarni (o’rab turgan borliqni tasavvur qilish tabiati, o’quv-bilish faoliyatning turli ko’rinishlarini tashkil etish, motivatsion, o’quv-tarbiyaviy va nazorat-korrektsion va boshqa vazifalarni) amalga oshirish zaruratiga asoslangan. Axborotli yondashuv esa aniq pedagogik texnologiyalarini foydalanishda bilish, intellektual rivojlanish jarayoni kechishi hosil bo’ladigan o’ziga xos ta’lim muxitini yaratishga yo’naltirilgan. Oliy ta’lim muassasalarida axborot-pedagogik texnologiyalarni foydalanish asosida zamonaviy ta’lim jarayonini qurish o’rganishning bosh muammosi quyidagilardan iborat bo’lgan oliy ta’lim didaktiskasining yangi sohasi - elektron didaktikani tiklanishi va rivojlanishi uchun asos bo’ladi: elektron ko’rinishda tasvirlash maqsadga muvofiq bo’lgan o’quv predmet bo’limlari va o’qitish bosqichlarini ajratish; mo’ljallangan vazifalarni hisobga olgan holda darslikning ma’ruza va amaliy qismini ishlab chiqish; elektron tizimni loyihalash, yaratish va samarasini baholash; ta’lim natijalarini umumiy baholash. APTning rivojlanishining asosiy tendentsiyasi o’zining aniq ko’rinishi tashkiliy va bevosita didaktik talablarda namoyon bo’ladi. Tashkiliy talablarga: APTning maqsadli o’rnatilishi va uning umumiy tashkiliy aniqligi (mantiq) – boshining o’z vaqtidaligi va faoliyatning aniq ko’rinishiga o’rnatishlarni yaratish, har bir bosqichning imkoniyatlarini maksimal foydalanish, o’qitishning maqbul tempi, mantiqiy bir tekisligi va tugallanganlik, o’quvchilarning ongli predmeti; mashg’ulotlarni tashkiliy qurish va o’tkazish usullarining turli-tumanligi; o’quv-ko’rgazmali qo’llanmalarni va o’qitishning texnik vositalarini ratsional foydalanishni kiritish mumkin. Mashg’ulotga quyiladigan didaktik talablar o’qitish tamoyillariga rioya etishga olib keladi. Aniq mashg’ulotda tamoyillarning birligi o’quv masalalarni aniq qo’yish va ularni ketma-ket echish; mazmunni maqbul ajratish, bilish faolligini rivojlantirishga va o’qituvchi rahbarligida mustaqil bilim olishga qaratilgan o’quv ishi, uslublar, usullar va vositalarning shaklini tanlashni ta’minlaydi. O’ziga bevosita o’qituvchi bilan jonli muloqat etish jozibaliligiga qaramay, ana’naaviy ma’ruza, odatda, o’rganilayotgan predmetning barcha aspektlarini qamrab ololmaydi. Uning bosh maqsadi - unda qaralayotgan holatlarni asoslash uchun zarur bo’lgan axborot berishdan iborat. U talaba, odatda kutubxonalarda saqlanaadigan darslik yoki ilmiy nashrlardan iborat bo’lgan axborotning boshqa manbalariga yo’llovchi bo’lib xizmat qilishi kerak. Bunga analogik ravishda APT talabalarga materialni interfaol tartibda o’rganish imkoniyatini berib, kirish mumkin bo’lgan ixtiyoriy axborot manbasi, masalan Internet tarmog’i bilan aloqani ta’minlaydi. APTni foydalanishning yana bir muhim ustivorligi bevosita o’qitish jarayonida tavsiya etilgan kurslarning mazmunini o’zgartirish imkoniyatini mavjudligidir. APT didaktikada qabul qilingan tamoyillardan farqli alohida pedagogik tamoyillar asosida amalga oshadi. Ular qatoriga, dastavval, verbal muloqat tamoyili, o’qitishga shaxsga yo’naltirilgan yondashuv tamoyili; talabalarning o’zlarini tashkil etish tamoyili; «o’qituvchi-talaba» tizimida interfaol o’zaro ta’sir qilish tamoyili va boshqa tamoyillarni kiritish zarur. Ta’limga AKT kirib kelishi, pedagogika fanining asosiy holatlarini o’zgartiradi. Zamonaviy AKT vositalarining ta’lim tizimda foydalanishda pedagogikaning asosiy xarakteristikalarda bo’ladigan o’zarishlarni jadval ko’rinishida keltiramiz. Jadval
Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling