Tekshirish uchun savollar:
Elektron o’quv-uslubiy majmua nima?
Elektron o’quv-uslubiy majmualardan o’quv jarayonida foydalanishning ahamiyati nimalardan iborat?
Elektron o’quv-uslubiy majmualarning tuzilishi?
Elektron o’quv-uslubiy majmualarni yaratishga qo’yiladigan talablar?
Elektron o’quv-uslubiy majmualardan o’quv jarayonida foydalanish uslubiyotini yoriting?
4.4. Mutaxassislik fanlari bo’yicha mashg’ulotlarni o’qitish metodikasi
Dars – hozirgi zamon o’quv – tarbiya jarayonida ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda asosiy ta’lim shakli hisoblanadi. O’tkazilgan dars o’quvchilarni ham, o’qituvchilarni ham qanoatlantirish uchun javob berish kerak. Ayrim olingan biron-bir dars predmet kalendar dasturidagi o’z o’rniga ega bo’lishi, maqsadi aniq belgilangan bo’lishi kerak. Dars o’tish jarayonida shakllantirilishi lozim bo’lgan bilim, malaka va ko’nikma(BKM)lar alohida aniqlanishi lozim. Shu bilan birga mazkur dars davomida BKM larning erishiladigan darajasi ham belgilanishi maqsadga muvofiqdir. Darsda ishlatiladigan uslublar, vositalar turkumi aniq bo’lishi oldindan begilanishi maqsadga muvofiqdir. Darsga qo’yiladigan didaktik talablardan yana biri – beriladigan o’quv materiali tizimli ravishda osondan-qiyinga, oddiydan-murakkabga, o’quvchilar yosh xususiyatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshirilishi kerak.
Darsga qo’yiladigan tashkiliy talablar:
- kalendar rejalashtirish asosida dars o’tkazishning ishlab chiqilgan aniq rejasi mavjud bo’lishi;
- darsning o’z vaqtida boshlanib, o’z vaqtida tugashi;
- darsning mantiqiy izchilligi, tugallanganligi;
- darsni tashkil etishda turli-tuman vositalardan, o’quv-texnik, axborot-kommunikatsion texnologiyalaridan, jumladan kompyuter texnikasidan, ko’rgazmali qurollardan foydalanishni ko’zda tutish.
Darsning tarkibiy tuzilishi o’rganilayotgan materialning mazmuniga, darsda foydalaniladigan ta’limning usullari va uslublariga, o’quvchilarning tayyorlanish hamda rivojlanish darajasiga, o’quv jarayonida darsning o’rniga bog’liq bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |