D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet11/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

Tekshirish uchun savollar:



  1. Kompyuter, axborot, axborot izlash, axborot texnologiyalari, kompyuter texnologyalari tushunchalarini ta’rifini keltiring.

  2. Axborotni taqdim etish, axborotni himoya etish deganda nimani tushunasiz?

  3. Texnologiya va uning asoisy belgilari nima?

  4. Texnikaning vazifasi nima?

  5. Axborot texnologiyalari vosita va uslublari o’ziga nimalarni oladilar?

  6. Texnik vositalar majmuasi nima?

  7. Texnik majmuani boshqarish vositalari nialardan iborat?

  8. Tashkiliy-uslubiy ta’minot deganda nima tushuniladi?

  9. Jamiyatni axborotlashtirish degani nima?

  10. Axborot texnologiyalari o’zining rivojlanishida necha bosqichlarni bosib o’tgan? Ularni sanab o’ting.

  11. Kompyuterlashtirish, informatika, ta’limni kompyuterlashtirish, ta’limni informatikalashtirish deganda nimalarni tushunasiz?

  12. Kommunikatsiya, kommunikatsion texnologiyalar va axborot kommunikatsion texnologiyalar tushunchalarini ayting.

  13. AKTning ta’limdagi asosiy ustivorliginimada deb o’ylaysiz?

  14. AKTning ta’limdagi asosiy kamchiiklari nimalardan iborat?

  15. AKT ni o’kuv jarayonida qo’llashda qanday muammolar kelib chiqishi mumkin?



1.3. Ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning metodik jihatlari

Hozirgi kunda jamiyatni axborotlashtirish muammosiga hukumat tomonidan alohida e’tibor berilmoqda. Bunday e’tibor, ayniqsa O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kompyuterlashtirishni yanada rivojalntirish va AKT ini joriy etish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2002 yil 6 iyundagi Qarorlari qbul qilinishida boshlandi.


Vazirlar Mahkamasining ushbu olamshumul qarorida Axborotlashtirishning milliy tizimini shakllantirish, iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini, kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etish hamda ulardan foydalanish, fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-ehtiyojlarini to’liqroq qondirish, jahon axborot hamjamiyatiga kirish hamda jahon axborot ashyolaridan bahramand bo’lishni kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishda umumiy ta’lim maktablari, kasb-hunar kollejlari, akademik litseylar va oliy ta’lim muassasalariining ta’lim jarayoniga zamonaviy kompyuter va axborot texnologiyalarini egallashga asoslangan ilg’or ta’lim tizimlarini kiritish; AKT sohasida, birinchi navbatda dasturiy vositalarni, ma’lumotlarning axborot bazalarini ishlab chiqish, respublika, tarmoq va mahalliy AK tarmoqlarini shakllantirish, kompyuter va telekommunikatsiya texnikasini ishlab chiqish sohalarida ishlash uchun yuqori malakali mutaxassis kadrlar tayyorlashni tashkil qilish masalalari kompterlashtirish va AKT larini rivojlantirish hamda ularning zamonaviy tizimlarini joriy etishning birinchi galdagi eng muhim vazifalari qatoriga kiritilgan.
Axborot-arabcha “axbor” so’zidan olingan bo’lib “xabar” degan ma’noni anglatadi. Inson hayotini axborotsiz tasavvur qilish qiyin. Talabalar tomonidan turli fanlardan bilim olish ham ularning axborotga bo’lgan talabini qondirishning bir shakli hisoblanadi. Axborotlarni kundan kun sayin ortib borishi, ularni jamiyatimizni taraqiyotida qo’llanish sohasining kengayishi turli fanlarni paydo bo’lishiga olib keldi. Jumladan, kibernetika, informatika va AT fanlarini shular qatoriga kiritsa bo’ladi.
Informatika fani paydo bo’lganiga nisbatan uncha ko’p vaqt o’tgani yo’q. Shu kungacha olimlar orasida informatika fani o’zining uslublarini o’rganadi degan tortishuvlar mavjud. Hattoki olimlarni ba’zilari orasida informatika fan sifatida mavjud bo’lmasligi zarur, desa boshqalari uni eng yuqori fundamental fanlar qatoriga chiqarmoqchi bo’ladilar. Hozirgi kunda umumiy o’rta ta’lim maktablarining 5-9 sinflarida “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari”, o’rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasaslari (akademik litsey va kasb-hunar kollejlari)da, “Informatika” va “Axborot texnologiyalari” fanlari, Oliy ta’lim muassasalarida “Informatika, axborot texnologiyalari” fani o’qitiladi. Umumiy o’rta ta’lim maktablarida “Axborot texnologiyalari” alohida fan sifatida o’qitilmaganligi (bu fan “Informatika va hisoblash texnikasi asoslari”ning mazmuniga kiritilganligi) tufayli bo’lsa kerak, ba’zi uslubchi-olimlar “Informatika” bilan “Axborot texnologiyalari” fanlarini nima bilan shug’ullanishini chalkashtiradilar. Shuning uchun Ushbu masalalariga oydinlik kiritish maqsadga muvofiqdir.

Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling