D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi


Download 3.31 Mb.
bet21/122
Sana13.11.2023
Hajmi3.31 Mb.
#1769646
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   122
Bog'liq
2020-МФЎМ

Pedagogik ta’sir natijalari




- darajasi (sifat jihatdan ham, son jihatdan ham) ko’pincha ma’lum qilishdan past, eng kamida teng darajada aloqa qiluvchilarning aksi sifatida bilim, ko’nikma va malakalarni egallash;
- individni qo’yilgan maqsad va vazifalarga mos tarbiyalash.

- individning salohiyatini ochish, rivojlantirish, uning imkoniyatlari va qobiliyatlarini bilishga, ijodiy tashabbusga joriy etish, ularni doimiy takomillashtirish;
- ongini rivojlantirish;
- bilimlarni mustaqil taqdim etish va olish ko’nikmalarini shakllan-tirish;
- o’rganilayotgan qonuniyatlarni «mikroixtiro» qilish qobiliyatla-rini shakllantirish;
- estetik tarbiyalash;
- o’quvchi va o’qituvchilarning o’quv faoliyat madaniyatini, axborot mada-niyatini tarbiyalash.




Axborotlashtirish bu insoniyatning barcha tomonlariga faoliyatning intellektual ko’rinishlari ta’siri ahamiyati va o’rnini oshishi bilan bog’liq bo’lgan ob’ektiv hodisadir. Bunda ta’limni axborotlashtirish jamiyat axborotlashtirishini muvaffaqiyatli rivoj-lanishining asosiy shartlaridan iborat. Bu jarayon o’quv peadgogik oliy ta’lim predmetlariga ta’sir etadi. Turli tuman bo’lganligidan, o’quv-biluv faoliyatni faollashtirishning barcha vositalarini xarakterlashni iloji yo’q. Ushbu vositalarning axborot jarayonini jamiyatdagi oshayotgan ahamiyatini hisobga olgan holda oxirgi majmuasini ko’rib chiqamiz.


Axborotlashtirish o’qitishning yangi axborot texnologiyalari (O’YaAT)ga tegishli.
O’YaAT vositalari dasturli-apparat imkoniyatdariga ega bo’lib, ularni joriy etish quyidagilarni ta’minlaydi:
• interfaol tartibda ishlash;
• yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (YaAKTV) ning alohida vositalari bilan foydalanuvchi orasida teskari aloqa o’rnatish;
• o’rganilayotgan jarayonlarni ko’rgazmali qilish;
• turli jarayonlar va ob’ektlarning modellarini ekranda akslan-tirgan holda boshqarish.
Yuqorida aytganlardan talabalarni tayyorlash jarayonida O’YaAT foydalanishning ustivor yo’nalishlarini ajratishga imkoniyat beradi.
Talabalarni interfaol o’qitish tizimida O’YaAT bilan bog’langan omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: talabalarda kasbiy qiziqishni mavjudligi; mashg’ulotlarni o’tkazishning ijodiy tabiatda bo’lishi; talabalarga ijobiy xis-tuyg’ulik ta’sir etishi, uning ijodiy faoliyati sharti, muammoli o’qitish tamoyilini joriy etish sharti sifatida.
O’quvchilarning o’quv-bilish faoliyatiga O’YaAT va ularning vositalarini qo’llashdagi asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
axborotli-ta’limiy vazifasi. O’YaAT vositalari sifatida kompyuterlarni, videotexnikani va imitatsion-modellashtiradigan tizimlarni foydalanish deb tushunadigan bilimlarni taqdim etish, yangi ilmiy-uslubiy bilim va pedagogik ko’nikmalarni egallash, ilg’or texnologiyalarni tarqatish vositalari qaraladi.
♦ barcha O’YaAT larni hisobga olgan holda o’qitish uslubini ishlab chiqish va o’qitish jarayonini loyihalash bilan bog’liq bo’lgan shakllantiruvchi vazifasi. Bu vazifa DVP, slayd-filmlar va talabalarni o’zaro nazorati asosida joriy etiladi.
♦ teskari aloqani tashkil etish uchun bilimlarni nazorat qilish, ekspert-o’qitish tizimi, amaliy masalalarni muloqotli echish, dasturlashtirilgan vazifalarni foydalanishni ko’zda tutgan nazoratli-to’g’rilovchi va tashxisli vazifasi;
♦ bevosita bo’lajak o’qituvchilarning ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish (integrallashtirilgan DVP, immitatsion-modellashtiruvchi tizim, ijodiy tabiatdagi vazifalar) bilan bog’liq tadqiqotli vazifasi;
kommunikativ – muloqot va o’zarota’sir tartiblarini tanlashni muvofiqlashtiradi.
amaliy darajada – yagona axborot fazoni yaratish va rivojlantirish talabiga ko’ra talabalarni kasbiy-pedagogik tayyorlashga mos holda;
pedagogik darajada – talabalarni tayyorlash axborot texnologiyalarini foydalanish va ularni qo’llash shartlariga asoslangan pedagogik vositalar majmuasi bilan;
psixologik darajada – bo’lajak mutaxassislarning fikrlash xususiyatlari, ijodiy fantaziyasi bilan;
uslubiy darajada – bo’lajak o’qituvchilarni kompetentligini rivojlanishiga yosh faoliyatli yondashuvi, o’ziga zarur jihoz, vosita va uslublarni olgan uslubiy yondashuvlarni o’qitishning aniq shartlariga adekvatligi bilan;
metodologik darajada - kontseptsiya, tamoyil va o’qitish uslublarini mazmunga adekvatligi bilan.
O’qitishning axborot texnologiyalari quyidagi ilmiy-pedagogik imkoniyatlarga ega:
1. Funktsional:
• auditoriya bilan ishlashning ham, har bir o’quvchi bilan individual ishlada ham zarur ishlash tartibini ta’minlash qobiliyati;
• tasvir va ovoz sifati (o’lchami, yoriqliq, keskinlik va sh.k.);
• ishlash davomiyligi (xodimlar soni yoki kompyuterda ishlash vaqti).
2. Estetik:
• tasvirlarning to’laligi;
• tasvirlarning uyg’unligi.
O’qitishning axborot texnologiyalari bevosita o’quvchilarning faolligi va mustaqilligi, tizimlilik va ketma-ketlilik, tushunarlilik, bilimlarni egallashning mustahkamliligi, o’qitishda jamoaviy o’quv ishni individul yondashuv bilan birga olib borishni birlashtirish, o’qitishda abstrakt fikrlashni hayotiylik bilan birlashtirish kabi didaktik tamoyillarni qanoatlantiradi. Kompyuterni foydalanilgan o’qitishning o’ziga xos tamoyillaridan biri moslanuvchanlikdir.
Axborot texnologiyalari majmuasi quyidagi texnik-pedagogik shartlarni qanoatlantiradi:
• foydalanishning oddiyligi;
• yuqori ishonchlilik va ishda xavfsizlik;
etarlicha yoritilganlik;
• boshqarishning zarur vositalari bilan ta’minlanganlik;
• axborot materiallarini saqlash uchun zarur ji xihozlar bilan ta’minlanganlik;
• universallik – ixtiyoriy predmetni o’rganishda foydalanish imkoniyati;
• tasvirlar etarlicha yoritilgan, uzatilayotgan axborotlar(nutqli va matnlik)ni sinxronligidagi namoyish ob’ektlarini ta’minlanishi;
• ishlatishning qulayligi va statsionar ulanish (zarur jihozlar maxsus auditoriyalarda o’rnatilgan);
• yaxshi qorong’ulashtirilgan, axborotlarni qabul qilish uchun etarli darajadagi ekranlar;
• ixtiyoriy mavzunni ma’ruza yoki mashg’ulotlar mobaynida tezgina almashtirish imkoniyati;
• o’ziga jalb etadigan omillar sonining minimalligi:
• katta «xotira» mavjudligi va dasturlarni almashtirish imkoniyati;
• mustaqil ravishda individual o’qish imkoniyati.
Ta’lim mazmunidan kelib chiqqadigan tamoyillarni e’tiborga olib, o’qitish dasturlarini ajratish mezonlarini o’rnatilgan: majmuaviylik, yuqori ilmiy-amaliy qiymatlilik, dasturlarning mazmunini o’quv reja va dasturlariga mosligi, osonligi, algoritmlashtirish, maqbullik, validlik, ishonchlilik, relevantlik mezonlardir.
Eng yuqori didaktik samarardorlik o’qitish dasturlari quyidagi besh turda namoyon bo’ladi: o’qitish dasturlari (O’D), o’qitish elementlariga ega bo’lgan nazorat – o’qitish dasturlari (NO’D), ) nazorat dasturlari (ND), axborot-o’qitish dasturlari (AO’D) va tadqiqot dasturlari (TD).
O’YaAKT o’quv jaryoniga qo’llanilishi natijasida o’qitishning individualligi ta’minlanadi, talabalaraing mustaqil ishlash darajasi shuningdek, o’qitish sifati vaqtni sarfini iqtisod qilish orqali ko’tariladi, mashg’ulot xis-tuyg’ulik va intellektual to’liqlikda o’tadi.



Download 3.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   122




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling