D. B. Abduraximov, D. E. Toshtemirov mutaxassislik fanlarini o‘qitish metodikasi
Download 3.31 Mb.
|
2020-МФЎМ
- Bu sahifa navigatsiya:
- IHT va AKT xonalariga talablar
- AKT xonasini quyidagilar bilan jihozlash taklif etiladi
Sanitar-gigienik talablar;
Informatika va axborot texnologiyalari xonasi sanitar-epidemologik talablarga bo’ysunishi lozim. Sanitar-epidemiologik qoida va me’yorlari: «Shaxsiy elektron-hisoblash mashinalari va ularda ishlashni tashkil etishning gigienik talablari» IHT va AKT xonalariga talablar: Kompyuterli xonalar erto’la va binoning qavat yo’laklarida bo’lishi mumkin emas. Lekin ixtiyoriy etajdagi ixtiyoriy xonada joylashishi mumkin. Uning yonida shovqin–suronli xonalar bo’lmasligi kerak. Bir ishchi joyiga kamida 6 m2 maydon va 4 metrli balandilikdagi xonaning 24 m3 hajmiga ega bo’lishi kerak. Agar xonani balandligi 4 metrdan kam bo’lsa, u holda ishchi joyining maydonini ko’patirish taklif etiladi. Polning yuzasi tekis, tozalash va ho’l latta bilan artishga qulay, hamda antiseptik xususiyatga ega bo’lishi lozim. Xonada kamida 18 m2 maydonlik va ikki eshiklik laborant xonasi bo’lishi lozim. Laborant xonasi (130 x 75) o’lchamlik ishchi stoli va seyf bilan jihozlangan bo’lishi kerak. AKT o’quv xonalari tabiiy va sun’iy yoritishga ega bo’lishi kerak. Xona devorlarini bo’yash uchun och-yashil, och-ko’k, och-kulrang tonlarni olish mumkin. Shuningdek devorlarni och sariq yoki och-fil suyagi ranglarini tanlash mumkin O’quvchilar uchun ishchi o’rinlar sinfni to’latishga bog’liq ravishda 9, 12, 15 bulishi mumkin. O’quvchilarning va o’qituvchining stoliga ulangan elektr quvvatlari statsionar va ko’rinmas bo’lishi kerak. Elektr shiti o’qituvchiga bir onda elektr manbasini o’chirishga imkoniyat beradigan bo’lishi lozim. ShK va boshqa texnikalarni elektr tarmog’iga faqat erga ulangan rozetkalarga ulash talab etiladi. AKT xonasini quyidagilar bilan jihozlash taklif etiladi: Informatika va o’quv predmetlarining alohida bo’limlarini o’rganish uchun o’quv dsturlari to’plami ; ShK orqali o’qitishda individual yondashuvni amalga oshirish, mustaqil ishlarni va mashqlarni tashkil etish uchun vazifalar; O’quv-uslubiy, ilmiy-ommabop, ma’lumotnomalik adabiyotlar komplekti; Texnika xavfsizligi bo’yicha o’quvchilarni kirish va davriy instruktsiya qiladigan jurnali; Har bir ishchi o’rinda KT foydalanish jurnali; Mashinalarni buzulishi va ta’mirlash jurnali; Namoyish etiladigan jadaval va o’quvchilarning ishlarini ko’rsatish uchun o’quv-axborotli stendlar; Birinchi yordam aptechkasi; Yong’inni o’chirish vositasi (yong’in xavfsizligini ta’minlash uchun xonada 2 ta uglekislotali OU-2 turdagi olov uchirgich bo’lishi kerak); Xonadagi jihozlarni ruyxati. Download 3.31 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling