Mavzu: Materialshunoslik asoslari zanglash va himoya. Reja


Download 19.31 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi19.31 Kb.
#1481862
  1   2   3
Bog'liq
Materialshunoslik asoslari zanglash va himoya.


Mavzu: Materialshunoslik asoslari zanglash va himoya.


Reja:



  1. Zanglash va himoya-manzarali qoplamalar.




  1. Nometall ashyolar va ularni tibbiyotda ishlatilishi.




  1. Termoplastik ashyolar.



Zanglash deb, ashyoning tashqi muhit ta ’sirida yemirilishiga aytiladi. Metallar va ulardan tayyorlangan buyumlaming zanglashi kimyoviy hamda elektr kimyoviy boMadi. Nometall (organik va sintetik) ashyolarning zanglashi (korroziyasi) mikroorganizmlar ta’sirida vujudga keladi va mikrobiologik korroziya yoki biokorroziya deb ataladi. Mikrobiologik korroziyaning asosiy amaliy boshlanishiga mog‘orli zamburugMar, ba’zida esa bakteriyalar ham sabab boMadi. Uglerod va azotli ashyolar — mog‘orlanish manbayidir, biroq shunday mog‘orlar ham mavjudki, fenollar va kauchuk mahsulot - larni parchalanishi natijasida hosil boMgan qoldiqlar mog‘orlar ko‘payishiga asos boMadi. Mog‘orlar ta ’sirida organik ashyolar buziladi, ulardan tayyorlangan mahsulotlar esa metall ashyolarning ham kimyoviy korroziyasiga olib kelishi mumkin. Bu esa elektr texnika buyumlari,masalan, paxta-qog‘oz yoki ipak o ‘rama — to ‘qimachilik simlar uchun xavflidir. Mikrobiologik korroziya oqibatida izolatsiyaning elektr mustahkamligi keskin pasayadi (uning elektr simlar qarshiligi kamayadi), to ‘xtashlar va qisqa tutashuvlar sodir boMadi. Kimyoviy korroziya — turli kimyoviy moddalaming metallga ta ’sirida uning sirtida kimyoviy qo‘shilmalar, ya’ni korroziya ozuqalarining hosil boMishi natijasi. Masalan, uglerodli poMatdan tayyorlangan buyumlami zang bosadi, bu zang esa temiming gidrooksididir; mis buyumlar va ularning qotishmalari mis oksidi hamda tuzlari bilan qoplanadi. Vaqti o‘tib, barcha metall ashyolarni u yoki bu darajada zang bosadi. Bundan tashqari, tibbiy buyumlar yiring, qon ko‘rinishidagi tajovuzkor korroziya muhitlari va korroziya jarayonlarini jadallashtiradigan boshqa jarayonlar bilan tutashadi. Demak, buyumlardan foydalanish muddatini uzaytirish uchun ularni korroziyadan saqlash zarur. Shu maqsadda turli qoplamalar ishlatiladi. Faqat nodir metallar va ayrim zanglamas poMatlar qo‘shimcha qoplamaga muhtoj emas. Metallni korroziyadan himoya qiladigan qoplama bir vaqtning o‘zida manzarali deb ham hisoblanadi. M etalldan tayyorlangan tibbiy buyum lam i va ularning qismlarini korroziyadan asrash uchun qoplamalaming 3 ta turi ishlatiladi: metall, nometall anorganik va nometall bo‘yoqli va lakli qoplamalar. Metall qoplamalar. Uglerodli poMatlar va jezdan yasalgan tibbiy asboblarni korroziyadan saqlash uchun ular nikel va xrom yoki har ikkalasi bilan ham bir vaqtning o ‘zida qoplanadi. Qoplama yaltiroq yoki jilosiz boMishi mumkin. Oxirgi yillarda jilosiz qora xromli qoplama kengroq ishlatilmoqda. Nam muhitda foydalaniladigan asbob-uskunalarning qismlari qalay yoki rux bilan jez qismlari bevosita qalay qatlami bilan qolganlari esa oldindan nikel qatlami (3 mm) va mis (10 mm) bilan qoplanadi. Dezinfeksion kameralarda foydalaniladigan formalin va boshqa aralashmalar ta ’siriga beriladigan dezinfeksion jihozlaming qismlari 42 mkm. gacha rux qatlami bilan qoplanadi. Ayrim asboblar (traxeotomik naychalar, ko'zoynaklarning gardishlari va boshqalar) ni qoplash uchun nodir metallar — kumush va oltindan foydalaniladi. Bo‘yoqli va lakli nometall qoplamalar. Tibbiy jihozlar, apparatura va asbob-uskunalami korroziyaga qarshi himoyalashda va manzarali ishlov berishda nometall qoplamalar — lak-bo‘yoq va qobiq qoplamalar keng ishlatiladi. Lak-bo‘yoq qoplamalar — bo‘yaladigan sirtga surilgan lafe-bo‘yoq ashyolarining bitta yoki bir nechta qatlami. Qobiqli qoplamalar sirasiga buyum sathiga yopishtiriladigan qobiq qoplamalar kiradi. Tibbiy apparatura va asbob-uskunalar sirtlarining asosiy qismi, garchi tibbiy apparatura asboblari qobiq bilan qoplash asta-sekin ishlab chiqarishga joriy etilayotgan bo‘lsa-da, lak-bo‘yoq qoplamalar yordamida himoya qilinadi. Qoplama ashyoiari mahsulotdan foydalanish sharoitlari hisobga olingan holda tanlanadi. Davolash muassasalarida foydalaniladigan asboblaming barcha qoplamalari vodorod oksidning 3 % li yoki yuvish vositalari qo‘shilgan xloraminning 1 % li eritmasi bilan sterillanadi. Ochiq havoda foydalaniladigan asbob-uskuna uchun suvga chidamli qoplamalar ishlatiladi. Atrof-muhitning bir necha 10 daraja yuqori haroratda qiziydigan yoritkichlarning tashqi sathi termochidamli emallar bilan qoplanadi. Kursilarni ko'tarish mexanizmlarining suv tizimlarida ishlatiladigan mineral moylar solingan, aloqaga egali, kursilar va boshqa qismlaming taglarini oqlash uchung moyga chidamli qoplamalar ishlatiladi. Elektr apparatlarga qoplama sifatida elektr izolatsiya qoplam alar qo‘llaniladi. Emallash himoya qoplamalaridan biri hisoblanadi. Emallash. Emal — shisha ko‘rinishidagi aralashma bo‘lib, ayrim tabiiy ashyolar (qum,bo‘r, loy, dala shpati deb ataluvchi — bura, natriy gidrokarbonat, potash va boshqalar) ga bo'yoqlar qo‘shish yo‘li bilan olinadi. Po‘lat va cho‘yan buyumlar emal bilan qoplanadi. Buyumning sathi emallashdan oldin yaxshi tayyorlanadi: tekislanadi, tozalanadi va yog‘sizlanadi. Emallangan buyumlami tayyorlash jarayoni ularning sirtiga emal qatlamini surish va keyin kuydirishdan iboratdir. M azkur ish 2—3 marta takrorlanishi mumkin. Bo‘yoqlar tarkibiga bog‘liq holda emallangan buyumlarning turlicha ranglarini hosil qilish mumkin: oq rangdan qorajigarranggacha. Odatga ko‘ra, tibbiy buyumlar uchun och rangli emallar tanlanadi.



Download 19.31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling